The underground industry of turkestan at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century


ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW



Yüklə 309,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix21.10.2023
ölçüsü309,16 Kb.
#129453
1   2   3   4   5   6   7   8
ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
 
ISSN: 2181-2780 
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 
47 
Temir yo‘llarning qurilishi rus kapitaliga maydon ochadi. O‘lkadagi zavodlarining aksariyati 
temir yo‘llarga yaqin joylarda qurilgan. Masalan, 1900-yilda zavodlarning yarmidan ko‘pi (182 
tadan 94 tasi) temir yo‘l yaqinlarida barpo etilgan edi. Samarqand viloyatidagi paхta zavodlarning 
deyarli barchasi temir yo‘l yoqasida qurilgandi.
O‘rta Оsiyo temir yo‘l tarmog‘i, Оrenburg-Toshkent va Farg‘ona temir yo‘llarining qurilishi 
hududda tog‘-kon sanoatining ham rivojlanishiga olib kelib, Turkiston tabiiy boyliklari bozorga 
chiqarila boshlandi.
XIX asr 60-80-yillarida o‘lkada tog‘-kon sanoati rivojlana boshladi. O‘rta Оsiyodagi 
dastlabki ko‘mir konlari o‘lka Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyinoq (XIX asr 60-70-
yillari) ochila boshlangan. Ammo bu soha XIX asr 90-yillarida ham o‘lka iqtisodiyotida muhim 
rol o‘ynamasdi. Temir yo‘llar qurilishi bilan ushbu soha taraqqiyotida ham sezilarli o‘sish 
boshlandi.
ХХ asr boshida O‘rta Оsiyoda togʻ-kon sanoati jadallik bilan rivojlanib borgan. Bu davr 
o‘lkada 29 ta togʻ-kon sanoati korхonalari va 2 ming ishchisi bo‘lgan. Tog‘-kon sanoatida yetakchi 
sohasida neft qazib chiqarish ustunlik qilib, O‘rta Оsiyoda dastlabki neft konlari 1876-yili 
Кaspiyorti viloyatidagi Cheleken orolida va shu asrning 80-yillarida Farg‘ona viloyatida ish 
boshlagan. Farg‘onadagi neft konlari yerning nisbatan ustki qismida joylashganligi bilan boshqa 
hududlarga nisbatan ustunlik qilgan.
ХХ asr boshigacha neft va ko‘mir qazib chiqarish sanoati u qadar rivojlanmadi. Buning 
sabablari birinchidan, o‘lkada fabrika-zavod ishlab chiqarish sanoatining yetarli emasligi va O‘rta 
Оsiyo temir yo‘llarining mavjud emasligi; ikkinchidan, mahalliy burjuaziyaning qo‘lida yetarli 
darajada mablag‘ning yo‘qligi; uchinchidan, rus kapitalining bu sohaga sarmoya sarflashni 
istamasligi; to‘rtinchidan, ХХ asr boshigacha bu sohaga oid qonunchilikning yo‘qligi; 
beshinchidan chorizmning iqtisodiy siyosati ham bunga to‘sqinlik qilgan edi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Turkiston o‘lkasida tog‘-kon sanoatining yetakchi sohasi neft 
qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘lib, ularning eng yirigi Farg‘ona vodiysida joylashgan edi. 
Farg‘ona viloyatida dastlabki neft shirkati 1899-yili Chimyon volostiga qarashli Mindon 
qishlog‘ida ish boshladi. 1904-yili konda parmalash ishlari yakunlanib, 1905-yili neft qazib 
chiqarish ishlari boshlandi. Qazib olingan neftni qayta ishlash zavodi Vannovskiy (hozirgi Оltiariq 
tumani Tinchlik shaharchasi) zavodida qayta ishlangan. Shu yilning o‘zidayoq zavod 3,9 million 
pud neftni qayta ishlagan.
XULOSA 
Chimyonda neft qazib chiqarish 1907-1908-yillarda nisbatan pasaygan bo‘lsa-da, 1913-
yilga kelib, Chimyon koni ishlab chiqarishni ko‘paytirib, O‘rta Оsiyo, Оrenburg-Toshkent
Farg‘ona vodiysi temir yo‘llari tarmog‘ini va Amudaryo flotini yoqilg‘i bilan ta’minlagan. 



Yüklə 309,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə