Tibbiyot instituti davolash ishi fakulteti farmatsiya mutaxassisligi


Biotsenoz agrosenoz va ekotizimdan qanday farq qiladi



Yüklə 57 Kb.
səhifə5/6
tarix25.03.2022
ölçüsü57 Kb.
#84731
1   2   3   4   5   6
5 mavzu ekalogiya

Biotsenoz agrosenoz va ekotizimdan qanday farq qiladi


Agrosenoz - bu inson o'z ehtiyojlari uchun yaratgan tizim. Biotsenozdagi turlarning tarkibi va organizmlar o'rtasidagi munosabatlar vaqt o'tishi bilan shakllanadi. Agrosenozda har doim sun'iy tanlov ustunlik qiladi. Odamlar ekinlarni yoki hayvonlarni etishtirish uchun sun'iy birlikni yaratadilar. Biotsenozlar tashqaridan faqat quyosh energiyasini oladi, agrosenozning mahsuldorligi har doim meliorativ, o'g'itlash orqali yaxshilanishi mumkin.

Biosenozda ekologik nisha tushunchasi.


 Turning biologik sistemasi ichidagi biotik munosabatlari va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi turning ekologik darajasi, yashash joyi- nishasi deb aytiladi. Bu terminni 1928 yili Jozef Grinnell birinchi bor ko’llangan. Agar organizmning yashash joyi bo’lsa, uni shu erdan topish mumkin bo’ladi; ekologik joy nisha-nisha tushunchasi ancha keng, u o’z ichiga organizmning tabiiy makonini, biosenoz ichidagi funktsional rolini (masalan, trofik yoki topik) va uning muhit omillariga (yorug’lik, harorat, namlik, mineral va organik moddalar) kabi o’ziga xos yo’nalishlarni qamrab oladi. Ekologik nishaning shu tomonlarini tubandagicha aloxida-aloxida ham ko’rish mumkin, ya’ni: makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy-nisha; trofik nisha (turlararo aloqalardagi turning yashash joyi), ko’p gomerli yoki giper xajmli nisha. Bulardan shu narsa kurinadiki, organizmning ekologik nishasida-organizm qayrda yashayotganligi va uning atrof muhitga bo’lgan umumiy talabi inobatga olinadi. Ekologik nishaning asosiy kontseptsiyasi turlar o’rtasidagi va turlar ichidagi farqni miqdor bo’yicha baxolashda katta ahamiyatga egadir. Ekologik nishaga (organizm joyiga) xarakteristika berishda nishaning eni, uzunligi va organizmning qushnilar bilan qushiladigan, aralashadigan joylari inobatga olinadi.

Biosenoz ichidagi turlarning bir xil, o’xshash funksiyaga va bir xil o’lchov nishasiga (joyiga, iqlimga) ega bulishini gildiya deb aytiladi. Xar xil jug’rofik zonalarda tur bir xil nishani (joyni) egallashiga ekologik ekvivalentlik deb aytiladi.

Biz yuqorida nomini tilga olgan olim Jozef Grinnell tushunchasi bo’yicha nisha bu turning tarqalish birligini ifodalashi bilan shu joy ichida turning tuzilishi va instinktiv chegaralarini belgilaydi; bir joyda identik ekologik nishada ikki turning bulishi mumkin emas. Olimlarning fikricha, ekologik nisha bu, turning mikro yashash joyi, Yu. Odum iborasi bo’yicha makondagi nishadir, lekin, nisha-organizmning «yashash joyi» ma’nosiga organizmning trofik xususiyatini ham qushish kerak.

Ekologik nishada organizmlar turli omillar bilan munosabatda bo’ladi, ularni organizm talab qiladi va ta’sirini sezadi, javob qiladi.

Turning yashash joyi uning «adresi» (manzilgoxi) bo’lsa, «nisha»-turning «kasbi»dir. Turning ekologik nishasini ta’riflash uchun: u nima bilan oziqlanadi, uni nimalar, kimlar eydi, u xarakatqilishga kobilmi, u biosenozning boshqa elementlarga qanday ta’sir ko’rsatishini bilish kerak. Organizmlar nishalari bo’yicha xar xil joyda turli darajada oziqlanadi, ya’ni o’simlik ildizlari bilan (1), ildizdan ajralgan moddalar bilan (2), yaprok (3), tana va poya to’qimalari (4), urug’ va mevalari (5,6) gul va gul cha nglari (7,8), sharbati (9) va kurtaklari (10) bilan oziqlanadi.

Ma’lumki, Er yuzining turli qismlarida va xar xil teritoriyalarida ekologik o’hshash turlar uchraydi. Masalan, O’rta Osiyo, Ximolay, Xindiqush yoki Avstraliya iqlimidagi o’simlik, daraxtlar va ularning biosenozlari bir-biriga o’hshashi, bir funktsiyani bajarishi mumkin, bu holat turlarning bir ekologik nishada ekanligini ko’rsatadi. Tasmaniyadagi xaltali bo’ri va Ovruponing oddiy bo’risi bir xil hayot kechiradi, bir tipda oziqlanadi va xar xil biosenozda bir xil funktsiyani(yirtqichlik)bajaradi.

Turlararo oʻzaro munosabatlar haqida umumiy tushuncha

Oʻzaro munosabatlar uchta asosiy guruhga boʻlinadi: raqobat, yirtqichlilik va simbioz. Keling, ularning har birini toʻliqroq koʻrib chiqamiz.




Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə