Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni


-bob. Qayta sanash kassasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/54
tarix13.09.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#121753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
3028-сон 29.06.2018

6-bob. Qayta sanash kassasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash
86. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralash, qayta sanash, o‘rab-bog‘lash hamda ularning dastalari va
bog‘lamlarini shakllantirish maqsadida bankda qayta sanash kassasi tashkil etiladi.
Qayta sanash kassasining xonasi kassa tarmog‘ining boshqa xizmat xonalaridan alohida ajratilgan bo‘lib,
kirish eshigiga ichki tomondan qulflanadigan moslama va kuzatuv tuynukchasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
87. Qayta sanash kassasi kassirining ish joyi ishlash uchun qulay, naqd pullarni daxlsiz saqlanishi,
sanalayotgan naqd pullarni boshqa kassirning stolidagi pullar bilan qo‘shilib ketmasligi ta’minlanishini inobatga
olgan holda jihozlanishi hamda nazoratchi har bir kassirning faoliyatini nazorat qilib turishi uchun imkoniyat
yaratilgan bo‘lishi lozim.
88. Qayta sanash kassasining nazoratchisi qabul qilib olgan naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar
solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), shuningdek qayta sanash kassasi har bir kassiri tomonidan
saralanib-sanalgan va o‘rab-bog‘langan naqd pullarni alohida saqlash uchun qayta sanash kassasi qulflanadigan
metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
89. Tangalarni sanash mashinkasida qayta sanash uchun alohida xona yoki kabina ajratilishi va uning
devorlari hamda shifti shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
90. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash — qayta sanash kassasining sanoq brigadalari yoki
mustaqil ishlovchi kassirlar tomonidan amalga oshiriladi. Bank qayta sanash kassasida ish brigada usulida olib
borilsa, unda har bir sanoq brigadasi 7 tadan ko‘p bo‘lmagan kassirlardan tashkil topishi va har bir brigadaga
alohida nazoratchi boshchilik qilishi shart.
91. Bankda bir nechta sanoq brigadalari tashkil etilgan bo‘lsa, zarurat tug‘ilgan taqdirda, naqd pul
tushumlari solingan, ochilmagan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank ish kuni davomida bir brigadadan olinib,
a


ikkinchi bir brigadaga topshirilishi mumkin. Bunda naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini
(qoplarini) topshirayotgan sanoq brigadasi nazoratchining mazkur Yo‘riqnomaning 
19-ilovasiga 
muvofiq 176-
shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari bo‘yicha nazorat qaydnomasini old tarafiga
topshirilayotgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni va e’lon qilingan summasini qayd etgan hamda
oluvchi brigada nazoratchisiga imzo qo‘ydirilgan holda topshirilishi lozim.
92. Qayta sanash kassasida bitta brigada faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, dam olish vaqtida (tushlik vaqtida)
kassirlardagi naqd pullar umumiy metall shkaf yoki seyfda saqlanishi mumkin. Bunda har bir kassir qayta sanash
uchun o‘zi qabul qilib olgan naqd pul va boshqa qimmatliklarini alohida qop yoki qutichaga solib qo‘yishi shart.
Bunday hollarda qayta sanash kassasidagi metall shkaf yoki seyf ikkita kalit (brigada nazoratchisi va
kassirlardan birining kaliti) bilan qulflanib, nazoratchining plombiri bilan plombalanishi hamda metall shkaf yoki
seyfning qulflanishi va ochilishi brigadaning barcha kassirlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
93. Qayta sanash kassasining nazoratchisi kassirlar tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralash-
sanash, o‘rab-bog‘lash hamda bir-biriga topshirish, qabul qilish ishlari to‘g‘ri amalga oshirilayotganligini nazorat
qilib borishi lozim.
Bank qayta sanash kassasining muhri ham ushbu kassaning nazoratchisiga biriktirilgan bo‘lishi va uning
seyfida saqlanishi shart.
94. Bank ish kuni boshida qayta sanash kassasi nazoratchisi, kechki kassa xodimlaridan naqd pul
tushumlari solingan va bo‘sh sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olish vaqtida, kechki kassa pul omborining
oldidagi xonada boshqa kassa xodimlarining yoki begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
Kechki kassa pul omborining oldidagi xonada kechki kassa xodimlari mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida
ko‘rsatilgan ma’lumotnomani, 
16-ilovasidagi 
jurnalni hamda 
18-ilovada 
ko‘rsatilgan ma’lumotnomani, ularda
qayd etilgan ma’lumotlarning o‘zaro mosligini tekshirish uchun qayta sanash kassasi nazoratchisiga beradi.
Mazkur hujjatlarda qayd etilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut aniqlanmasa, qayta sanash kassasining
nazoratchisi mazkur Yo‘riqnomaning 
18-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomaning ikkala nusxasiga imzo qo‘ygan
holda kechki kassa kassiri va buxgalter-nazoratchisidan:
mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomani;
mazkur Yo‘riqnomaning 
16-ilovasida 
keltirilgan jurnalining birinchi nusxasini;
mazkur Yo‘riqnomaning 
18-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomaning birinchi nusxasini qabul qilib oladi.
95. Qayta sanash kassasining nazoratchisi, kechki kassa xodimlaridan haqiqatda qabul qilib olayotgan har
bir inkassatsiya sumkasi (qopi) raqamini hamda sumkalar (qoplar) umumiy sonini:
mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarga;
mazkur Yo‘riqnomaning 
16-ilovasida 
keltirilgan jurnalidagi ma’lumotlarga mos kelishini tekshirishi lozim.
Shuningdek, qayta sanash kassasining nazoratchisi naqd pul tushumlari solingan har bir inkassatsiya
sumkasini (qopini), mazkur Yo‘riqnomaning 
76-bandida 
belgilangan tartibda, birma-bir tekshirib qabul qilishi
shart.
96. Inkassatorlar guruhi tomonidan yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank ish kuni
mobaynida bank kassasiga topshirilsa unda, ushbu sumkalarni (qoplarni) qayta sanash kassasining nazoratchisi
va buxgalteriya bo‘limidan ajratilgan buxgalter-nazoratchi alohida xonada mazkur Yo‘riqnomaning 
72 — 77-
bandlari 
talablariga muvofiq qabul qilib oladi.
Bunda mazkur Yo‘riqnomaning 
16-ilovasida 
keltirilgan jurnali ikki nusxada to‘ldirilib, imzolanadi hamda
uning ikkinchi nusxasi qayta sanash kassasi nazoratchisining muhri bilan muhrlangan holda inkassatorlar
guruhiga beriladi. Ushbu jurnalning birinchi nusxasiga inkassatorlar guruhining uchburchak muhri bosiladi va
qayta sanash kassasi nazoratchisiga beriladi.
97. Bank ish kuni mobaynida inkassatorlar guruhidan alohida ajratilgan xonada qabul qilib olingan
inkassatsiya sumkalari (qoplari) bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 
18-ilovasidagi
ma’lumotnomani bir nusxada
to‘ldiriladi.
98. Qayta sanash kassasining nazoratchisi inkassatorlar guruhidan sumkalarni (qoplarni) qabul qilib
olayotgan vaqtda, qayta sanash kassasi kassirlarining ishini qayta sanash kassasida ishlamaydigan kassaning
boshqa xodimi yoki kassa mudiri (naqd pul tushumlari solingan sumkalarni (qoplarni) kassirlarga qayta sanash
uchun bermagan holda) nazorat qilib turishi lozim.
99. Qayta sanash kassasining nazoratchisi inkassatorlar guruhidan qabul qilib olgan naqd pul tushumlari
solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) temir shkafda (seyfda), yoki stolining tortmalarida qulflangan holda
saqlashi kerak.
100. Har bir sanovchi kassir bank ish kuni boshida o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini mazkur
Yo‘riqnomaning 
20-ilovasiga 
muvofiq shakldagi qayta sanash kassasi kassirining nazorat varaqasiga kiritib, uni
o‘z nomiga rasmiylashtirib oladi. Shundan so‘ng, nazoratchi har bir sanovchi kassirning oldiga alohida borib, 176-
shakldagi nazorat qaydnomasiga uning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda bittadan berilayotgan naqd
pul tushumlari solingan sumkaning (qopning) raqamini qayd etgan holda, ularga navbat bilan inkassatsiya
sumkasini (qopini) topshiradi.
Nazoratchining kuzatuvi ostida, kassir inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) plombalangan tizimchaning bir
tomonini qirqib sumkani (qopni) ochadi. Sumka (qop) ichidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni stoli ustiga
olganidan so‘ng, bo‘sh sumkani (qopni) nazoratchiga qaytarib beradi. Kassir naqd pul va boshqa qimmatliklarni
qayta sanashni yakunlaguniga qadar, sumkaning (qopning) plombali tizimchasini o‘zida saqlashi lozim.
101. Nazoratchi sumkani (qopni) kassirdan qaytarib olganidan so‘ng, undagi barcha naqd pul va boshqa
qimmatliklar kassir tomonidan olinganligini tekshirib ko‘radi. So‘ngra, sumkaning (qopning) ichki cho‘ntagidan
mazkur Yo‘riqnomaning 
14 -ilovasida 
keltirilgan ilova qaydnomasini oladi hamda ushbu hujjatni inkassatsiya
sumkasi (qopi) bilan birga o‘zida nazorat uchun olib qoladi.
102. Kassir naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralab va qayta sanab bo‘lganidan so‘ng, unga topshirilgan
inkassatsiya sumkasidan (qopidan) haqiqatda chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini
nazoratchiga ma’lum qiladi. Nazoratchi haqiqatda chiqqan summani inkassatsiya sumkasining (qopining)
mazkur Yo‘riqnomaning 
14 -ilovasida 
keltirilgan ilova qaydnomasini old va orqa taraflarida qayd etilgan
summalarga mos kelishini tekshiradi.
Kassir tomonidan ma’lum qilingan summa hamda mazkur Yo‘riqnomaning 
14 -ilovasida 
keltirilgan ilova
qaydnomasida qayd etilgan summa o‘rtasida tafovut aniqlanmasa, nazoratchi tegishli sumkaning (qopning)
ilova qaydnomasini kassirga imzo qo‘yish uchun beradi. Nazoratchi inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova
qaydnomasini kassirdan imzolatgan holda qaytarib olganidan so‘ng, mazkur Yo‘riqnomaning 
19-ilovasida
a
a
a


keltirilgan nazorat qaydnomasini tegishli katakchalariga, qayta sanash natijasida chiqqan naqd pullar
summasini hamda boshqa qimmatliklar summasini alohida qayd etib qo‘yadi.
103. Inkassatsiya sumkasiga (qopiga) haqiqatda solingan naqd pullar summasi va ushbu sumkaning
(qopning) ilova qaydnomasida qayd etilgan summa o‘zaro mos kelmasa, kassir va nazoratchi birgalikda, qayta
sanab bo‘lingan naqd pullarni, ilova qaydnomasining orqa tarafidagi naqd pullarning nominal qiymati bo‘yicha
ro‘yxatida qayd etilgan summalar bilan taqqoslab chiqishi, nazoratchi esa summasi mos kelmagan qiymatdagi
naqd pullarni qayta sanab ko‘rishi shart.
Nazoratchi naqd pullarni qayta sanab ko‘rganida ham inkassatsiya sumkasida (qopida) kamomad (yoki
to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar), ortiqcha pullar mavjudligi tasdiqlansa, kassir ushbu sumkaning (qopning)
mazkur Yo‘riqnomaning 
14 -ilovasida 
keltirilgan ilova qaydnomasini old tomonidagi dalolatnoma qismini
to‘ldiradi hamda kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Shuningdek, bankning qayta sanash kassasining
nazoratchisi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 
17-ilovasida 
keltirilgan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Qayta sanash jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektning vakili ham ishtirok etgan bo‘lsa, u ham mazkur
Yo‘riqnomaning 
17-ilovasidagi 
dalolatnomani hamda mazkur inkassatsiya sumkasi (qopi) ilova qaydnomasini
dalolatnoma qismida qayd etilgan yozuvlarni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Shundan so‘ng, qayta sanash kassasining nazoratchisi nazorat qaydnomasini tegishli katakchasiga
haqiqatda chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini qayd etadi.
104. Inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pullarni saralash va qayta sanash jarayonida qalbaki pul
mavjudligi aniqlanib, pulning qalbaki ekanligi nazoratchi va kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, mazkur
Yo‘riqnomaning 
81-bandida 
belgilangan zaruriy choralar ko‘rilishi lozim.
105. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pullarni qayta
sanash jarayonida ortiqcha pullar solinganligi aniqlansa, mazkur Yo‘riqnomaning 
17-ilovasidagi 
dalolatnoma
rasmiylashtirilib:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, yirik miqdordagi naqd pul tushumiga ega bo‘lgan mijoz
qoshida tashkil etilgan maxsus kassadan olib kelingan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) chiqqan ortiqcha
naqd pullar summasi, ushbu mijozning bankdagi (filialdagi) hisobvarag‘iga;
bankning bank binosidan tashqarida joylashgan chakana amaliyot kassalaridan olib kelingan inkassatsiya
sumkasidan (qopidan) chiqqan ortiqcha pullar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bank foydasiga
kirim qilinadi.
106. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan bankning kirim, chiqim yoki chakana amaliyot kassalari
kassirlari o‘rab-bog‘lagan naqd pul bog‘lamlari ham qayta sanalishi mumkin.
107. Bank kassirlari tomonidan o‘rab-bog‘langan naqd pul bog‘lamlari qayta sanalganida kassa xatoliklari
ya’ni, kamomad yoki ortiqcha pullar aniqlansa, mazkur Yo‘riqnomaning 
21-ilovasiga
 muvofiq 145-shakldagi naqd
pul bog‘lami, dastasi (qopchadagi tangalar) orasidan aniqlangan kamomad (shu jumladan, to‘lovga yaroqsiz,
qalbaki) yoki ortiqcha pullar bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bunda:
ortiqcha pullar aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtirilib (birinchi nusxa kunlik
kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa xatolikka yo‘l qo‘ygan banka jo‘natiladi), ortiqcha pullar summasi uni
aniqlagan bank foydasiga kirim qilinadi;
kamomadga yo‘l qo‘yilganligi aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi (birinchi
nusxa nusxa kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa xatolikka yo‘l qo‘ygan bankka, uchinchi nusxa
xatolikka yo‘l qo‘ygan bankning Bosh bankiga jo‘natiladi) va kamomad summasi xatolikka yo‘l qo‘ygan bank
kassiridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi (kamomad summasi dalolatnomani taqdim
etgan bankka naqd pulsiz hisob-kitob orqali to‘lab beriladi);
pul bog‘lamida qalbaki pul aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma to‘rt nusxada rasmiylashtiriladi,
dalolatnomaning to‘rtinchi nusxasi tuman (shahar) Ichki ishlar bo‘linmasiga jo‘natiladi. Aniqlangan qalbaki pul
bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 
81-bandi
talablariga muvofiq choralar ko‘rilishi lozim.
108. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullar
aniqlangan har bir holat mazkur Yo‘riqnomaning 
22-ilovasiga 
muvofiq qayta sanash kassasida aniqlangan kassa
xatoliklarini qayd etish kitobida qayd etib borilishi lozim.
109. Mijozning inkassatsiya sumkasiga (qopiga) naqd pul tushumlari bilan birgalikda tijorat banklarining
hisob-kitob cheklari ham solingan bo‘lsa, nazoratchi har bir hisob-kitob chekini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini
(imzolar mavjudligini, so‘z va raqam bilan yozilgan summalarning o‘zaro mos kelishini, ularni to‘lov uchun qabul
qilingan xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’ul xodimining imzosi mavjudligini) tekshirgan holda kassirlardan
qabul qilib olishi kerak.
Nazoratchi tijorat bankining hisob-kitob chekini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilgach, uni
topshirgan kassirning nazorat varag‘iga o‘z imzosini qo‘yib hamda o‘zining nazorat qaydnomasiga hisob-kitob
cheklari soni va summasini qayd etish orqali qabul qilib oladi.
Tijorat bankining hisob-kitob chekini rasmiylashtirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlansa, ushbu
hisob-kitob cheki, mazkur mijozga tegishli bo‘lgan bo‘sh inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solinadi. Ushbu sumka
(qop) ilova qaydnomasining orqa tarafiga tijorat bankining hisob-kitob chekini mijozga qaytarish sabablari qayd
etilib, kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Shundan so‘ng, ilova qaydnomasi ham sumkaga (qopga)
solinadi va uning og‘zi sanovchi kassir tomonidan plombalanadi hamda sumkaga (qopga) mijozning nomi va
hisob-kitob chekining summasi ko‘rsatilgan yorliq biriktirib qo‘yiladi.
110. Sanovchi kassirlarga berilgan inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklar
saralanib, qayta sanab bo‘linganidan so‘ng, ular mazkur Yo‘riqnomaning 
7-bobida 
belgilangan tartibda taxlanadi
va o‘rab-bog‘lanadi.
111. Bankning qayta sanash kassasidagi saralangan, sanalgan va o‘rab-bog‘langan naqd pullarni bank ish
kuni davomida kassa mudiriga topshirish zarurati tug‘ilsa, kassir topshirilayotgan summani o‘zining 175-
shakldagi nazorat varag‘ining old tomonida qayd etganidan so‘ng, kassa mudiri ushbu summadagi naqd
pullarni olganligini o‘z imzosi bilan tasdiqlagan holda o‘rab-bog‘langan naqd pullarni kassirdan qabul qilib olishi
mumkin.
112. Bank ish kuni oxirida kassirlardagi banknotlarning to‘liq dastasi, bog‘lamini yoki tangalarning to‘liq
qopchalarini shakllantirish uchun yetarli bo‘lmagan banknot va tangalar, qayta sanash kassasi nazoratchisining
ko‘rsatmasiga binoan, ularni jamlash hamda o‘rab-bog‘lash uchun bir yoki bir nechta kassirga topshirilishi
mumkin.
Bunda har bir kassir o‘zidagi naqd pul qoldiqlari summasini va uni qabul qilib olayotgan jamlovchi
kassirning familiyasi, ismi va otasining ismini, o‘zining 175-shakldagi nazorat varag‘ining old tarafiga qayd etgan
hamda jamlovchi kassirga imzo qo‘ydirgan holda naqd pullar qoldig‘ini topshirishi lozim.
a


113. Naqd pul qoldiqlarini jamlovchi kassir o‘zining 175-shakldagi nazorat varag‘ining orqa tarafiga, naqd pul
qoldiqlarini topshirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda undan qabul qilib olgan naqd pul
qoldiqlari summasini qayd etishi lozim.
114. Bank ish kuni oxirida qayta sanash kassasining kassirlari naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta
sanab bo‘lganlaridan so‘ng, nazoratchi:
har bir kassir tomonidan sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklarning umumiy summasini sanovchi
kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi qayd etilgan 176-shakldagi nazorat qaydnomasini tegishli
katakchasiga yozib qo‘yadi;
har bir kassir o‘zi sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklar umumiy summasini, o‘zining 175-shakldagi
nazorat varaqasida qayd etadi;
nazoratchi 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi ma’lumotlarni, aniqlangan kassa xatoliklari bo‘yicha
rasmiylashtirilgan, mazkur Yo‘riqnomaning 
17-ilovasiga 
muvofiq tuzilgan dalolatnomalarda qayd etilgan
summalarni inobatga olgan holda har bir kassirning 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etilgan yozuvlarga
o‘zaro mosligini tekshiradi;
aniqlangan kassa xatoliklarini inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasini dalolatnoma
qismida to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda aniqlangan kamomad yoki ortiqcha pullarni inobatga olgan holda
hisoblangan va 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summani, qabul qilingan
inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomasidagi yakuniy summalar bilan taqqoslab ko‘radi.
Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, qayta sanash kassasining har bir kassiri o‘zi qayta sanagan va o‘rab
bog‘lagan naqd pul va boshqa qimmatliklari summasini 175-shakldagi nazorat varaqasida hamda nazoratchining
176-shakldagi nazorat qaydnomasida to‘g‘ri qayd etilganligiga ishonch hosil qilgach, o‘zining 175-shakldagi
nazorat varaqasini hamda nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasini, shuningdek nazoratchi ham 176-
shakldagi nazorat qaydnomasini imzolaydi.
115. Qayta sanash kassasining har bir kassiri, qayta sanagan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini
o‘zining 175-shakldagi nazorat varaqasiga qayd etgan hamda kassa mudiriga imzo qo‘ydirgan holda naqd pul va
boshqa qimmatliklarni unga topshiradi.
Shundan so‘ng, nazoratchi har bir kassirdan 175-shakldagi nazorat varaqasini olib, qayta sanalgan naqd pul
va boshqa qimmatliklarni kassa mudiriga to‘liq topshirilganligini tekshiradi.
116. Qayta sanash kassasining nazoratchisi 176-shakldagi nazorat qaydnomasini, kassirlarning 175-shakldagi
nazorat varaqalarini, inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomalarini, shuningdek mazkur
Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomani, 
16-ilovasida 
keltirilgan jurnalni, 
17-ilovada 
keltirilgan
dalolatnomani, 
18-ilovada 
keltirilgan ma’lumotnomani kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri:
mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomada va 
16-ilovadagi 
jurnalda qayd etilgan
yozuvlarni o‘zaro taqqoslagan holda, inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank kassasiga to‘liq topshirilganligini
tekshirib ko‘radi;
aniqlangan kassa xatoliklari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 
17-ilovasiga 
muvofiq tuzilgan
dalolatnomalarda qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda, qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib
olgan naqd pullar summasini, nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi hamda 
18-ilovada
keltirilgan ma’lumotnomadagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Tafovutlar aniqlanmasa kassa mudiri mazkur Yo‘riqnomaning 
18-ilovasiga 
muvofiq tuzilgan
ma’lumotnomani imzolaydi hamda kassirlarning 175-shakldagi nazorat varaqalarini qayta sanash kassasining
nazoratchisiga qaytarib beradi va u nazoratchida 10 bank ish kuni mobaynida saqlanishi lozim.
117. Kassa mudiri mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida 
keltirilgan ma’lumotnomani, 
16-ilovadagi 
jurnalni, 
17-
ilovaga 
muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnomani, 
18-ilovadagi
ma’lumotnomani, 176-shakldagi nazorat
qaydnomasini hamda inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomalarini bank bosh buxgalteriga
(yoki uning o‘rinbosariga) topshiradi.
118. Bosh buxgalter (yoki uning o‘rinbosari) mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasida 
keltirilgan
ma’lumotnomada hamda 
16-ilovadagi 
jurnalda qayd etilgan yozuvlarni o‘zaro taqqoslab, inkassatorlar guruhi
tomonidan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank kassasiga to‘liq topshirilganligini tekshirib ko‘radi.
Shundan so‘ng, inkassatsiya bo‘limi tomonidan bosh buxgalterga mazkur Yo‘riqnomaning 
23-ilovasiga
muvofiq taqdim etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan inkassatorlar guruhi yig‘ib kelgan va bank kassasiga
topshirgan naqd pul tushumlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni, aniqlangan
kassa xatoliklari bo‘yicha 
17-ilovaga 
muvofiq tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan summalarni inobatga olgan
holda, nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi hamda 
18-ilovada 
ko‘rsatilgan ma’lumotnomadagi
yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Tafovutlar aniqlanmasa, bosh buxgalter 
18-ilovada 
keltirilgan ma’lumotnomani imzolaydi. So‘ngra, kunlik
kassa hujjatlariga tikish uchun naqd pul tushumlari solingan sumkaning (qopning) ilova qaydnomasini, 
15-
ilovadagi 
ma’lumotnomani, 
16-ilovadagi 
jurnalni, 
18-ilovadagi 
ma’lumotnomani, 176-shakldagi naqd pul va
boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari bo‘yicha nazorat qaydnomasini, 
23-ilovadagi 
ma’lumotnomani
kassa mudiriga topshiradi.
119. Shuningdek, bosh buxgalter (yoki uning o‘rinbosari) mazkur Yo‘riqnomaning 
17-ilovasiga 
muvofiq
tuzilgan dalolatnomaning ikkala nusxasini ham buxgalteriya bo‘limi xodimlariga topshiradi.
Buxgalteriya bo‘limi xodimlari 
17-ilovaga 
muvofiq tuzilgan dalolatnomaning birinchi nusxasi asosida,
inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati bo‘yicha tegishli hisobvaraqqa kirim qilingan summani to‘g‘rilash
uchun tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradilar va u buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yig‘majildiga
tikiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi esa, mijozning inkassatsiya sumkasidan (qopidan) aniqlangan kassa
xatoliklarini ma’lum qilish uchun mijozning (yoki uning vakilining) navbatdagi bankka tashrifida unga
topshiriladi.
120. Bankning buyrug‘iga asosan qayta sanash kassasining xodimlari dam olish kunlari ishlaganida, dam
olish kunlari kassirlar qayta sanalgan, o‘rab-bog‘langan naqd pul va boshqa qimmatliklarni o‘zlarining nazorat
varaqlarida qayd etilgan hamda kechki kassa kassiriga imzolatgan holda kechki kassa xodimlariga topshiradilar.
Kechki kassaning kassiri, qayta sanash kassirlaridan qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklari
umumiy summasini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etib qo‘yadi hamda keyingi bank ish kuni ertalab,
ushbu kitobga imzo qo‘ydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
121. Qayta sanash kassasining nazoratchisi bo‘shatilgan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), ular uchun
ajratilgan maxsus joyga (xonaga) inkassatsiya xodimlariga keyingi kunda topshirish uchun taxlab qo‘yadi. Bank
va inkassatsiya bo‘limi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vaqtda bo‘sh inkassatsiya sumkalarini


(qoplarini) qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan inkassatorlar guruhiga topshirish, mazkur
Yo‘riqnomaning 
24-ilovasiga 
muvofiq shakldagi inkassatorlar guruhiga topshirilgan bo‘sh inkassatsiya sumkalari
(qoplari) sonini qayd etish kitobida tegishli yozuvlarni qayd etish hamda inkassatorlar guruhi rahbarining
tasdiqlovchi imzosini qo‘yilishi asosida amalga oshiriladi.
Qayta sanash kassasining xodimlari dam olish kunlari ishlaganida, ushbu dam olish kunlari inkassatorlar
guruhiga bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayta sanash kassasining nazoratchisi topshiradi. Dam olish
kunlari qayta sanash kassasining xodimlari ishga jalb qilinmaganida, qayta sanash kassasining nazoratchisi, dam
olish kunidan oldingi oxirgi ish kunida kechki kassa xodimlariga, dam olish kunlari beriladigan bo‘sh inkassatsiya
sumkalarini (qoplarini) inkassatorlar guruhiga topshirilgan bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) sonini qayd
etish kitobida qayd etgan holda topshiradi.
Bunda inkassatorlar guruhi rahbari bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) kechki kassa xodimlaridan
mazkur Yo‘riqnomaning 
24-ilovasida 
keltirilgan kitobga qayd etilgan yozuvlarni o‘z imzosi bilan tasdiqlagan
holda, belgilangan tartibda qabul qilib oladi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə