Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/54
tarix13.09.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#121753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
3028-сон 29.06.2018



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
TIJORAT BANKLARIDA KASSA ISHINI TASHKIL ETISH, NAQD PUL VA BOSHQA QIMMATLIKLARNI
INKASSATSIYA QILISHGA DOIR YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami
3028]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
yo‘riqnoma 
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/21-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi
16/21-sonli 
qaroriga
ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni
inkassatsiya qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
aylanma kassa
— bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni
qabul qilib olish, sanab-saralash, o‘rab-bog‘lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim
qilish uchun bank kassa tarmog‘ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;
bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar
mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi
kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;
bankomat 
— bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va
bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va
qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank
plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish
imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə