Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə47/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №23 (2soat)


MAVZU: GAZLAMALARNI BICHISH JARAYONI
Reja:

1.Bichuv sexida vazifasi.


2. Gazlamani to`shash usullari va uskunalari.
Bichish tsexi tajriba, tayyorlov va tikuv tsexlari, furnitura ombori, bosh mexanik bo‘limi bilan bog‘langan xolda ish olib boradi. Tayyorlov tsexidan gazlama to‘plarini va bichish uchun xujjatlarni oladi, tajriba tsexdan anzalarni, texnik xujjatlarni, gazlama sarfini va joylama nusxasini tayyorlab beradi, furnitura omboridan xar bir buyum turi uchun furniturani, bosh mexanik bo‘limidan texnik jixozlarni va extiyot qisimlarni oladi, tikuv tsexiga komplektlangan bichiqlarni tayyorlab beradi.
Bichish tsexida quyidagi texnologik operatsiyalar bajariladi:
-gazlama qavatlarini to‘shash.
-to‘shama sifatini tekshirish.
-to‘shama yuqori qavatida bo‘rlama bajarish yoki tayyor bo‘rlamani yozib, o‘chgan bo‘r chiziklarini tiklash.
-to‘shamani tamg‘alash.
-to‘shamani rasmiy xujjatlantirish.
-to‘shamani bo‘laklarga bo‘lish va asosiy katta buyum detallarini qirqib olish.
-buyum o‘rtacha va mayda detallarini tasma pichoqli bichish mashinasida qirqib olish.
-bichiklar sifatini tekshirish.
-bichiklarni komplektlash.
-buyum detallarini nomerlash.
-preyskurant yorliq va kalkulyatsion talonlarni chop etish.
-buyumni yo‘l varaqasini yozish.
-bichiq detallarini komplektlash va preyskurant yorlig‘i, kalkulyatsion taloni va yo‘l varakasi bilan bog‘lash.
- bichiqlarni saqlash va tikuv tsexiga uzatish.
Bichish tsexini tizimi tajriba va tayyorlov tsexlarining tizimlari bilan bog‘liq. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan texnologik operatsilar tarkibi bichish tsexida tanlangan tashkiliy-texnologik echimiga bog‘liq.
Bichish jarayonini o‘ziga xosligi gazlamalarni to‘shash va bichish jarayonlarini tashkil qilish shartlari doimiy bo‘lmasligidir, ya`ni gazlamalarni eni va uzunasi, to‘shamalarni uzunasi va balandligi, gazlamalarning sifati va ularning fizika- mexanikoviy xususiyatlari, ishlab chiqariladigan maxsulot soni. bir xil bo‘lmasligi. Bu sharoitlar tsexni bir tekista ishlashiga ta`sir etadi. Bichish jarayonini tashkiliy- texnologik echimini tanlashda kuyidagilarga etibor beriladi:

  • korxonaning quvvati;

  • ixtisoslashtirish darajasi;

  • gazlamlarning assortimenti va ularning fizika- mexanikaviy xususiyatlari;

  • andazalar joylashmalarini bajarish usullari;

  • to‘shamalarni bo‘laklarga ajratish va detallarni qirqib olish usullari;

  • ishlab chiqarish satxi;

  • bichish tsexini tayyorlov va tikuv tsexlariga nisbatan joylanishi.

Bichish texnologik jarayonini ratsional variantini tanlashda bichish tsexining ko‘p variantli xisoblari olib boriladi va ularning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlari taqoslanadi: mexnat unumdorligi, bitta bichiqni tayyorlashga sarflanadigan vaqt va uning tannarxi, ishlab chiqarish maydanidan foydalanish koeffitsienti va boshqalar. Bichish texnologik jarayonini loyixalash uchun dastlabki ma`lumot sifatida korxonaning ishlab chiqarish dasturi olinadi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə