Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Модeль А 01.8 Модeль С 01.1



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə45/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Модeль А 01.8 Модeль С 01.1


49- rasm. “Roll Tex” firmasining tekshirish-o`lchab ko`rish mashinalari

Zamonaviy tekshirish-o`lchab ko`rish mashinalari cho`zmasdan gazlamalarni o`ramidan ochish va uni o`ram qilish, nuqson topishni avtomatlashtirish, gazlamalarni o`ramidan ochish va o`rash tezligini boshqarish (0-75 mG`min), uzunasini avtomatik o`lchash, o`lchamlarni avtomatik yozish qurilmalaridan, shuningdek kompyuterlar va turli xil hisoblash vositalari bilan ta'minlangan.


“Bullmer-werk” ( Germaniya), “Calaton” (Shvetsiya), “Nortekx” va “Shelton” (Angliya) firmalarida zamonaviy tekshirish-o`lchab ko`rish mashinalari ishlab chiqilmoqda.
Ular turli tuman bo`lganlari bilan ishlash mexanizm va vositalari bir xildir:

  • gazlamalarni o`ramidan ochish va uni o`ram qilish qurilmasi yoki gazlamani bukib taxlash qurilmasi;

  • ko`rish ekranigacha bo`lgan yo`naltirish valiklari;

  • nishab ko`rish ekrani;

  • gazlama uzunasini o`lchash vositasi;

  • ko`rish ekranidan keyingi yo`naltirish valiklaridan iborat.

Gazlmalarda nuqson topishni avtomatlashtirish tayyorlov-bichish sexida tez moslanuvchan ishlab chiqarish tizimini ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi.
Sifati tekshirilgan gazlamalar rulon qilib o`raladi va sifati tekshirilgan gazlamani saqlash zonasiga o`tkaziladi. Bu erda gazlamalar yakka yoki guruh holda saqlanadi. Gazlamalarni saqlash uchun turli xil qurilmalar ishlatiladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin.
1-guruh - statsional qurilmalar:
oddiy taglikli, supaga taglik, tokchali javon, ari uya javon,
archasimon javon.
2-guruh - harakatlanuvchi yacheykalari bor qurilmalar:
elevator, baraban tipidagi mexanizatsiyalashtirilgan javon.
Gazlamani saqlash uchun uskuna tanlashda gazlama to`plarini saqlash, qidirib topish va tashish usullarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatini, gazlamalarni qanchalik yaxshi saqlanishi, binolarni sathi va hajmidan foydalanish koeffisiyentini oshirish imkoniyatini nazarda tutish kerak.
Gazlama to`plari bir biriga tegmay, har qaysisi bittadan alohida kajavaga solib saqlanadigan elevatorlarda gazlamalar juda yaxshi saqlanadi, chunki elevator harakati vaqtida gazlama to`plarini sirtqi qavatlari bir biriga tegmagani uchun, ular hech qanday deformatsiya bo`lmaydi.
Tokchali javonlarda gazlama 3-4 yarusda saqlanadi. Gazlamalarni javonlarga joylashtirishni mexanizatsiyalashtirish uchun ko`tarish-tashish qurilmalaridan foydalaniladi. TShP-89 erda yuradigan panshahasimon shtabeler gazlamalarni tashishga va donalab saqlanadigan javonlarga joylashtirishga mo`ljalangan. Ko`p yarusli javonlarga gazlamalarni joylashtirish, tushirib olish va tashish uchun shtabeler-kran OL-0,25 va OP-0,5 ishlatiladi. Bundan tashqari osma shtabeler-kran PP-0,25, PP-0,5 lardan foydalanish mumkin.
Shunday qilib, gazlamalarni donalab saqlash uchun avtomatlashtirilgan vertikal berk elevatorni qo`llashda, gazlamlarni saqlash bilan bog`liq bo`lgan hamma operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish va avtomalashtirish mumkin bo`ladi.
Bunda sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash uchun quyidagi vositalar qo`llaniladi:

  • sifati tekshirilgan gazlamalarni elevatorning tashish aravachasiga joylashtirish uchun yotqizgich;

  • gazlama to`plarini tekshirib-o`lchash zonasidan elevatorgacha tashish uchun avtomatik boshharmali aravacha-yuklagich;

  • bo`sh kajavalarni borligini bildiradigan masofali signalizatsiya vositasi;

  • gazlama to`plarini yuklangan aravachalarning adreslash vositasi;

  • yuklanish tugaganini bildiradigan masofali signalizatsiya vositasi;

  • aravachalarni dastlabki holatga avtomatik ravishda keltirish vositasi;

  • elevatordan yukni tushirishni boshqarish pulti;

  • gazlama to`plarini gazlamani xillash bo`limiga o`tkazish uchun tasmali transportyor.

Elevatorlarning afzalligi:

    1. To`plarning saqlash, qidirib topish va tushirish mexanizatsiyalashtiriladi va avtomatlashtiriladi.

    2. Binoning sathi va hajmidan foydalanish koeffisiyentti oshadi.

    3. Gazlamalar deformatsiya bo`lmaydi, chunki gazlama to`plari bir-biriga tegmaydi.

Kamchiligi:

  1. Elevator katta joy talab etadi.

  2. Elevatorning foydali hajmi javonning foydali hajmidan kamroq bo`ladi.

Ari uya javon gazlamalar to`pini donalab saqlashga mo`ljalangan. Bu javonlarni qo`llashda gazlamalarni yuklash, tushirish va tashish to`la mexanizatsiyalashtirilgan. Javonlarning katakchalari shtabellar yordamida to`ldiriladi.
Baraban tipidagi mexanizatsiyalashtirilgan javonning uchi zich joylashgan to`rtburchak katakchalardan iborat. Bu javonlarni harakatlanish tugmacha yordamida bajariladi. Barabanni hohlagan tomonga aylantirish mumkin. Gazlamalar to`pini javonlarga joylashtirish ko`p jismoniy kuch talab qilmaydi.



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə