Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Andazalarni joylashtirishda o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə42/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Andazalarni joylashtirishda o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish
Turli tikuv buyumlarni va modellarni ishlab chiqarish savdo tashkilotining buyurtmasiga asosan bajariladi. Andazalarni joylashtirishda o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish, bichish kartasini tuzish uchun solishtirma ulushi ko‘rsatilgan o‘lcham va bo‘ylar shkalasi asos qilib olinadi. Gazlamalardan tejamli foydalanish va to‘shama uzunasini kattalashtirish maqsadida tikuvchilik korxonalarida ko‘p komplektli joylashmalarni bajarish ma`qul. Bitta joylashmada kamida ikkita o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish jarayonini joylashmada o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish deyiladi. O‘lcham va bo‘ylarni joylashmalarda ratsional birlashtirish andazalar orasidagi chiqindilarni kamaytirishni, o‘lcham va bo‘ylar shkalasida ko‘rsatilgan solishtirma ulushlarini bajarish, to‘liq balandlikdagi va turli uzunlikdagi to‘shamalarni bajarishni ta`minlaydi. Tikuvchilik korxonalarini ish tajribasi asosan andazalarni joylashtirish uchun o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirishning kuyidagi usullari mavjud:

  • bir xil yoki ketma-ket o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish;

  • andazalarni satxi oshib boradigan tartibda birlashtirish;

  • tejamli tajribali joylashmalarni taxlili asosida.

Tavsiya etilgan usullardan qaysi birini ishlatish xar bir muayyan kiyimni ishlab chiqariladigan xajmiga bog‘liq. Kiyimni ishlab chiqariladigan xajmi kichik bo‘lsa, ketma-ket o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirgan ma`qul. Kiyim ko‘proq tikiladigan bo‘lsa andazalarni joylashtirishda bir xil o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirgan yoki andazalar satxi orta boradigan tartibda birlashtirgan ma`qul.
Erkaklar palto va kostyumlarida bir xil yoki ketma-ket o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish tavsiya etiladi. Ayollar paltolarida bir xil yoki ketma-ket o‘lchamlarni va bir xil bo‘ylarni birlashtirish ma`qul. Ich kiyimlarda bir xil yoki ketma- ket o‘lcham va bir xil yoki ketma-ket bo‘ylarni birlashtirgan yoki andaza satxlari orta boradigan tartibda birlashtirish ma`qul. 19- jadvalda ketma-ket o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish misoli, 20 jadvalda andazalarni satxi ortib boradigan tartibda joylashtirish misoli keltirilgan.
19- jadval
Ketma-ket o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish misoli



Birlash
tirma


t.r

O‘lcham va bo‘ylarni birlashtiri
lishi

O‘lcham va bo‘ylar

Solish
tirma ulushi, %

88

92

96

100

158

164

158

164

170

158

164

170

170

Shkaladagi solishtirma ulushi

5

5

10

20

10

10

25

10

5

1

92/164+96/164










x







x







40

Qoldiq




5

5

10

-

10

10

5

10

5

-

2

92/158+96/158







x







x










20

Qoldiq




5

5

-

-

10

-

5

10

5

-

3

92/170+96/170













x







x




20

Qoldiq




5

5

-

-

-

-

5

-

5

-

4

88/158+88/164

x

x






















10

Qoldiq




-

-

-

-

-

-

5

-

5

-

5

96/164+100/170



















x




x

10

Qoldiq




-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

Ja
mi




-

-

-

-

-

-

-

-

-

100

20- jadval
Andazalarni satxi ortib boradigan tartibda joylashtirish misoli



Andazalar satxi, sm2

O‘lcham va bo‘ylar birlashtirilishi.

Solishtirma ulushi, %

56418

88/158+88/164

10

57012

92/158+92/158

10

58504

96/158+96/158

10

58808

92/164+92/164

20

60352

96/164+96/164

20

60596

92/170+92/170

10

61292

96/164+96/170

10

63032

96/170+100/170

10

Jami




100

Ushbu usulda andazalarni birlashtirishda andazalar satxi oshgan sari joylashtirma uzunligi oshib boradi. Bu esa gazlama to‘pini xisoblashga engillik kiritadi, to‘shama balandligi maksimal bo‘ladi.


Uchunchi usul-bo‘yicha tajriba yo‘li bilan eng tejamli birlashtirmalar aniqlanadi, ammo bu usulda birinchi va ikkinchi usullarga qaraganda ko‘proq vakt sarf bo‘ladi. Bu usul doimiy tikiladigan assortimentlarda qo‘llaniladi.
Andazalar joylashmasini bajirish
Andazalar joylashmasini bajarish uchun ish o‘rinlari stollar bilan ta`minlanadi. Bu stollaning uzunasi 6000-7000 mm, eni 1600-1700 mm balandligi 800-850 mm bo‘ladi. Joylashmaning uzunasini o‘lchash uchun stolning yon tomonida chizg‘ich o‘rnatilgan. Stolning bir tominida qog‘oz rulonini ochish uchun qurilma, qarama- qarshi tomonida esa andazalarni vaqtincha saqlash uchun kronshteyn o‘rnatilgan. Stol ustida joylashmalarni bajarishga kuyiladigan talablarni xisobga olib joylashmalar bajariladi. Bajarilgan joylashmalar to‘shamaning ustki qavatiga bo‘rlama bajarish bo‘limiga yoki uning nusxasi bichish bo‘limiga yuboriladi. Joylashmalarning nusxasi kichkaytirilgan yoki 1:1 masshtabda qo‘lda yoki mexanizatsiyalashtirilgan usulda fotoapparat yoki PKU-3 elektrografik qurilmasi yordamida ko‘chiriladi va bo‘rlama bajarishda ishlatiladi. Bir xil kiyim juda ko‘p miqdorda tikiladigan bo‘lsa bo‘rlama trafareti tayyorlanadi.
Nazarot savollari

  1. Tajriba tsexi vazifalari.

  2. Tajraba tsexi strukturasi.

  3. Modellarni ishlab chiqarishga konstruktiv tayyorlash.

  4. Modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash.

MA`RUZA №21.2 (2 soat)
MAVZU: MODELLARNI KONSTRUKTIV VA TEXNOLOGIK TAYYORLASHNI AVTOMATLASHTIRISH. NORMA VA HISOB SERIYASINI ANIQLASH. BICHISH KARTASINI TUZISH.
Reja:

  1. Modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlashni avtomatlashtirish

  2. Norma va hisob seriyasini aniqlash

  3. Bichish kartasini tuzish.

Ishlab chikarishdagi konstruktiv va texnologik tayergarlikni avtomatlashtirish
SAPR – loyixalovchi mutaxassislarning fikrlash kobiliyatlarini EXM xotiralari bilan bevosita birgalikda ishlata oluvchi tashkiliy-texnikaviy tizimda ifodalaydi. Xozirgi vaqtda ishlab chiqarishni konstruktiv va texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlari qo‘llaniladi. Bu tizimlar to‘shash va bichish jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimlari bilan lokal bog‘lanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqadigan eng taniqli firmalari: “Investronika” ( Italiya), “Gerber Garment Technology” ( SShA), “Durkopp” ( Germaniya), “Lectra Syatems” ( Frantsiya), “Cybrid” ( Velikobritaniya), “Toray” va “ Juki” ( Yaponiya), “Pfaff” ( Germaniya), “Microdynamics” ( SShA).
Bir necha yillar mobaynida, tajribalarga asoslanib, qayd etilgan tizimlardan foydalanish davrida, ishlab chiqarishda yangi modellarni qo‘llash va ishlab chiqarishni engillashtiruvchi xar bir tizim juda qulay va samarali ekanligi xakida xulosaga kelish mumkin. Birok, ushbu tizimlar mamlakat korxonalaridagi loyixalash usullaridagi ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni xisobga olmay loyixalanganligi tufayli ulardan foydalanayotganda ayrim kamchiliklar aniklandi:
-apparat ta`minotiga butkul bog‘likligi tufayli, nisbatan arzon va qulay bo‘lgan boshqa moslamalar (digitayzerlar, plotterlar)dan foydalanib bo‘lmasligi natijasida apparat ta`minotidagi ayrim qismlarni ta`mirlashda qiyinchiliklarga olib kelishi ;
-xorijiy mutaxasislarni jalb etmay turib ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va tizimni kengaytirishda kiyinchiliklarga olib kelishi ;
-rus tilida ilova qilingan xujjatning qoniqarsizligi ;
-foydalanuvchi kadimiy interfeysni rus tilida berilmaganligi tufayli, tizimni o‘zlashtirishda va undan foydalanishda kiyinchiliklarga olib kelishi ;
-maxsulotlarni ishlab chiqarish va loyixalashda mamlakat texnologiyalaridagi ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni xisobga olib bo‘lmasligi ;
-tizim jamlamasini etkazib berishning qimatligi .
Shunga ko‘ra xorijiy SAPRlarni olish va amalda qo‘llash bilan birga Rossiya va yaqin xorijiy mamlakatning o‘z loyixalash tizimini tuzish ishlarini olib borish bo‘yicha izlanish va tajriba ishlari tez suratda rivojlandi. Ushbu ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi: litsenziyalangan SAPRlarni chikarishni o‘zlashtirish ; bichiklarni tayyorlash buyicha avtomatlashtirilgan xolda olib borishga asoslangan masalalarni chukur o‘rganish va izlanish, mualliflik ishlarini olib borish . Shunday qilib Rossiya va boshqa yaqin xorijiy davlatlarning firmalari VP “ Semenov ” va “ Falkom” ( Jukovskiy shaxri), AO “ Abris ” va OOO “ Komtens” ( Moskva), NFP “ Infokom” ( Xarkov), OKBM “ Evistor” ( Vitebsk) xam avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqmoqda. Ushbu kayd etilgan tizimlarni tuzishda modul printspidan foydalanilgan. Bu, ayrim ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan xar xil modullardan jamlanishini bildiradi. Xar bir modul alaxida - aloxida ishlashi mumkin va boshka modullar bilan alokador bo‘ladi.
Tizim tarkibiga SAPR dasturlarining ta`minoti va ish o‘rinlar kiradi:

  • rassom- modeler;

  • konstruktor;

  • andazachi;

  • andazalarni joylashtiruvchi;

  • normalovchilar ish o‘rinlari.

SAPR tarkibiga kuyidagi modullar ( tizim dasturlari) kiradi:

  • model eskizini chizish;

  • asos konstruktsiyasini tuzish;

  • konstrkutiv modellashtirish;

  • andazalarni tuzish;

  • andazalarni o‘lcham va bo‘ylar bo‘yicha ko‘paytirish ( gradatsiya);

  • andazalarni joylashtirish;

  • barcha gazlama turlarini sarf normasini aniqlash.

Xizmat ko‘rsatuvchi modullar:

  • ma`lumotlarni kiritish va shakllantirish;

  • xisoblash jarayonini boshqarish;

  • ma`lumot yig‘ish.

Barcha SAPR tizimlari lokal bog‘langan IBM / PC turidagi shaxsiy kompyutorlar va undan tashqarida joylashgan asboblardan tashkil topadi:
- ( digitayzer) andazalarni va ular haqidagi ma`lumotlarni kompyuterga kiritish qurilmasi;

  • grafopostroitel ( plotter) andazalarni va andaza joylashmalarini chizish, qog‘oz yoki kartondan andazalar komplektini qirqib olish uchun qurilma- ( 46- rasm).


a b v




g d e

46 - rasm. Digitayzer va plotterlar: MUTOH firmasining plotterlari a- RJ-900, b- AC-1000, v-AS-1880, g- SC-1300, d- GR1600 , e- ACCUGRID seriyali Numonics digitayzeri A90 3648


Tajriba tsexini loyixalash kuyidagi bosqichlarda olib borish tasiya etiladi:



  • tajriba tsexini tashkiliy texnologik sxemasini tuzish;

  • tajriba tsexini quvvatini xisoblash;

  • xisobdagi ishchilar sonini va kerakli asbob-uskuna sonini aniqlash;

  • ishchilar soni, asbob-uskuna va egallaydigan satxni ko‘rsatadigan umumlashtirilgan jadvalni tuzish;

  • tsex planini tuzish.

Sexni loyixalashda korxonada ishlab chiqariladigan assortiment va ularning quvvatini xisobga olingan xolda zamonaviy asbob-uskuna va moslamalar tanlanadi. Bunda fan va texnikaning yutuqlari va ilg‘or korxonalarning tajribalaridan foydalanilanib tsexning tashkiliy texnologik sxemasi tanlanadi. Tajriba tsexini quvvati bir yilda ishlab chiqarishga tayyorlanadigan modellar soni bilan aniqlanadi. Xozirgi sharoitda tajriba tsexini kuvvati shu korxonada tikib tayyorlanadigan buyumlar soni bilan bog‘liq emas. Chunki tajriba tsexi boshqa tikuv korxonalarga modellarni yaratib ishlab chiqarishga tayyorlab berishi mumkin.
Tikuvchilik korxonalarida avvalo savdo tashkilotlari buyurtmasiga va ishlab chiqarish rejasiga asosan talab qilinadigan modellar miqdori xisoblab chiqiladi. Buning uchun ishlab chiqarish rejasi va savdo tashkilolari bilan kelishib belgilangan buyurtmalar seriyasi xisobga olinadi. Buyurtmaning xajmi katta bo‘lmasa, unda buyurtma to‘liq bajariladi. Bunda buyurtma seriyaga teng bo‘ladi. Agar buyurtma katta bo‘lsa, unda u bir nechta seriyalarga bo‘linib bajariladi. Buyurtmani bo‘laklarga ajratib bajarish tizimi seriyali deyiladi. Seriyani xajmi tayyorlov va bichish tsexlarini ish xajmiga ta`sir etadi.
Seriya- bu savdo tashkilotining eng kichik miqdori. Seriyani xisoblash kuyidagi bosqichlar bo‘yicha olib boriladi:

  • o‘lcham va bo‘ylar shkalasini aniqlash;

  • seriya miqdorini xisoblash;

  • o‘lcham va bo‘ylar birlashmasini tuzish:

  • bichish kartasini tuzish;

  • tikish tartibini tuzish.

Seriya miqdori normal va xisoblangan bo‘lishi mumkin. Seriyadagi barcha to‘shamalarning balandligi texnik jixatdan iloji boricha bir xil darajada bo‘lsa uni normal seriya deyiladi. Seriyadagi to‘shamalarning balandligi texnik jixatdan to‘la bo‘lmasa, u xisoblangan seriya deyiladi.
Normal seriyadagi buyumlar soni kuyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sn= h*x*100/ y
bu erda: h – to‘shamaning texnik jixatdan mumkin bo‘lgan
balandligi, qavatlar soni;
x- joylashmadagi komplektlar soni ( agar joylashmada to‘liq komplekt andazalari joylashtirilsa x= 1,0, agar yarim komplekt andaza joylashtirilsa, unda x= 0,5 );
u- o‘lcham va bo‘y shkalasidagi ko‘rsatilgan foiz miqdorining eng
katta umumiy bo‘luvchisi.
To‘shamaning texnik jixatdan mumkin bo‘lgan balandligi (qavatlar soni) gazlama turiga bog‘liq bo‘lib 24- jadvalda ko‘rsatilgan.

24- jadval


Tushamaning texnik jixatdan balandligi

T.r.

Gazlama turi

Qavatlar soni

1

Yubqa movut gazlama

28-30

2

Kamvol gazlama

36-40

3

Drap

20-24

4

Dag‘al movut gazlama

18-20

5

Kostyumbop ip gazlama

50-60

6

Astarlik ip gazlama

100-120

7

Boshqa ip gazlamalar

80-100

8

Astarlik ipak gazlama

50-60

9

Plashchbop gazlama

70-80

10

Suniy ipak gazlama

35-40

11

Tabiiy ipak gazlama

40-50

12

Ko‘ylakbop jun gazlama

40-50

Quvvati katta bo‘lmagan korxona katta buyutmani olgan bo‘lsa, u chegaralangan vaqt oralig‘ida normal seriyaga teng buyumlarni tayyorlab berish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu xolda buyurtma xisoblangan seriyalarga bo‘linadi, ya`ni bunda to‘shamalar balandligi texnik jixatdan to‘la bo‘lmaydi.


Xisobdagi seriya kuyidagi formula bo‘yicha xisolanada.

Sx = M*n / Q


bu erda: M- bir kunda bir nomdagi tikiladigan buyumlar soni, ya`ni
ishlab chiqariladigan maxsulot soni;
n- shkaladaga xamma o‘lcham va bo‘ylarni tikib bo‘lish muddati;
Q- bir kunda tikiladigan modellar soni.
Xisobdagi seriyani normal seriyadan farqi qanchalik katta bo‘lsa, ishlab chiqarishning chiqindilari shunchalik katta bo‘ladi. Seriya miqdorini xisoblanganda normal va xisoblangan seriya miqdorlari taqsimlanadi. Agar xisoblangan seriya Sx >Sn bo‘lsa, unda qolgan xisob ishlari normal seriya bo‘yicha olib boriladi. Agar Sx < Sn bo‘lsa, unda xisob ishlari xisoblangan seriya bo‘yicha olib boriladi.
Tikuvchilik sonoatining ilmiy tekshirish instituti korxonalarining ish tajribasi asosida kuyidagi seriya miqdorlari tavsiya etiladi( 25 jadval).
25- jadval
Seriya miqdorlari

1

Jun gazlamadan tikilgan palto

1500-2500

2

Jun gazlamadan tikilgan kostyum

2000-3000

3

Ip gazlamadan tikilgan kostyum

5000-6000

4

Qo‘sh qavat gazlamadan tikilgan palto

3000-5000

5

Kurtka

6000-8000

6

Plashlar

4000-6000

7

Jun gazlamadan tikilgan ko‘ylak

2000-3000

8

Ipak gazlamadan tikilgan ko‘ylak

2000-3000

9

Ip gazlamadan tikilgan ko‘ylak

3000-10000

10

Erkaklar va o‘g‘il bolalar ko‘ylagi

8000-10000

Seriyani xisoblashda xar bir joylashma bo‘yicha bichiladigan buyumlar, joylashmaga asosan to‘shaladigan qavatlar soni, to‘shamalarning soni va ularning balandligi, shuniningdek bir kunda bichiladigan pachkalar soni aniqlanadi. Xisob natijalari xamda o‘lcham va bo‘ylarni birlashmalari asosida bichish kartasi tuziladi. Buyurtmani bajarishda bichish kartasi korxonaning barcha tsexlari uchun asosiy texnik xujjat xisoblanadi.Bichish kartasini tuzishdan avval kuyidagilarni belgilab olish lozim:

  • gazlamalarni to‘shash usuli ( o‘ngini o‘ngiga qaratib, o‘ngini pastga qaratib);

  • to‘shamaning texnik jixatdan maksimal balandligi;

  • birlashmadagi o‘lcham va bo‘ylar andazalarini komplektlari soni.

Seriyadagi xar bir birlashma bo‘yicha bichilish kerak bo‘lgan buyumlar soni kuyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Kb=Cx (n)*ai / 100,


bu erda: Cx (n) – xisob olib borilayotgan normal yoki xisobdagi seriya, dona;
ai - xar bir birlashmaning solishtirma ulushi,%.
Xar bir to‘shama bo‘yicha to‘shaladigan qavatlar soni kuyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Kn= Cx (n)*ri / 100,
bu erda: ri – birlashmadagi xar bir o‘lcham va bo‘yni solishtirma
ulushi, %.
Xar bir birlashma bo‘yicha to‘shamalar sonini aniqlash uchun qavatlar sonini to‘shamaning texnik jixatdan maksimal balandligiga bo‘linadi.
Nn= Kn / hmak ,
bu erda: Nn – to‘shamalar soni;
hmak - to‘shamaning texnik jixatdan balandligi.
Agar bo‘linma butun son chiqsa, unda to‘shamalar soni bo‘linmaga teng bo‘ladi, agar bo‘linma qoldiqlik chiqsa, to‘shamalar soni bo‘linmaning butun sonidan bitta kattaroq son olinadi. Masalan: 90/50=1,8. Bunda ikkita to‘shama bajariladi: bittasi-46 qavatli to‘shama, ikkinchisi-44 qavatli to‘shama. YOki bitta to‘shama texnik jixatdan maksimal balandligiga teng, ya`ni bizning misolimizda 50 qavat, ikkinchisi esa – 0,8 *50 = 40 qavat.
Bitta seriyadagi buyum bog‘lamini soni kuyidagicha aniqlanadi:
B n= Nn* R,
bu erda: B – bog‘lamlar soni;
R- birlashmadagi o‘lcham va bo‘ylar soni.
Bog‘lam – bu bitta to‘shamadan bichib olingan buyumning bitta o‘lcham va bo‘y detallarining to‘liq komplektidir. Shunday qilib, to‘shamadagi bog‘lamlar soni joylashmadagi andazalar komplektiga teng bo‘ladi.
26- jadval
Bichish kartasi

Joylashma tartib raqami

Joylashmadagi o‘lcham va bo‘ylar

Birlashmaning solishtirma ulushi



Birlashmadagi buyumlar soni



Joylashma bo‘yicha to‘shaladigan qavatlar soni

To‘shamalar soni va ularning balandligi

To‘shamadagi bog‘lamlar soni

Seriyadagi bog‘lamlar soni

Gazlamalarni to‘shash usuli

To‘shama qavatlarini o‘shash usuli

1

164-92-100+164-96-104

30

180

90

1x46
1x44

2
2

2
2

qulda

O‘ngini o‘ngiga qaratib

2

164-88-96+164-88-96

20

120

60

2x30



2

4

-«-

-«-

3

158-88-96

3

18

18

1x18

1

1

-«-

-«-






jami

100

Kb

Kn

Nn


B n







Bichish kartasi asosida bita seriyadagi to‘shamalar soni aniqlanadi va bu son bo‘yicha bir ish kuniga to‘g‘ri keladigan to‘shamalar soni xisoblanadi.


N kun = N j / t *η,
bu erda:
N j - seriyani bajarish uchun bichish tsexida to‘shaladigan to‘shamalarning umumiy soni;
t- seriyani bajarish muddati ( 3-10 kun);
η – nuqsonli gazlama qavatlarini bittalab to‘shab bichishni belgilovchi solishtirma miqdor koeffitsienti. η = 0,9-0,95
Barcha to‘shamalarning o‘rtacha balandligi kuyidagicha xisoblanadi:
h to‘p = S / Nn*R* η,
bu erda: S- seriya miqdori;
Nn- seriyadagi to‘shamalarning umumiy soni;
R- birlashmadagi o‘lcham va bo‘ylar soni.
Barcha xisoblar bichish kartasiga ( 26- jadval) tushiriladi.
Nazarot savollari

  1. SAPR ni qo‘llash natijasida echiladigan masalalar.

  2. Seriya tushinchasi va ularning turlari.

  3. Bichish kartasini tuzish.

  4. Tajriba tsexining texnologik jarayonini grafi asosida muxokama o‘tkazish.

  5. Ishning tashkil qilishning turli usulida tajraba tsexining asbob-uskunallari.

  6. Konstruktiv va texnologik tayyorgarlikgi avtomatlashtrish.

  7. Modellani ishlab chiqarishga tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy termin va tushinchalar.


Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə