Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə38/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Xisobni bajarish
Tizimning bazaviy modul dasturiy ta`minotida texnologik operatsiya sarf vaqtini normalash va ish xaqini aniqlash bo‘yicha xisobni olib borish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Xisob natijalari buyumni tayyorlash vaqti va ishlov berish narxini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Qo‘llaniladigan formulalar, koeffitsientlar va xisoblanuvchi ifodaning ketma-ketligi qat`iy aniqlikda bo‘lmaydi va uni qisman o‘zgartirish mumkin.
Loyixa xujjatlarini shakllantirish
Tizim bosmaga berish va monitor ekranida tayyor texnologik xujjat («Texnologik operatsiyalar ma`lumotnomasi», «Uzelga ishlov berish usuli», «Texnologik operatsiya tavsifi», «Muxandislik ta`minot xaritasi», «Buyum tashqi ko‘rinishi tavsifi») formatida loyixalash natijalarini aks ettirish imkonini beradi. Turlar soni va xisobotni rasmiylashtirish chegaralanmagan.
Furniturani xisoblash moduli
Modul buyumni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan barcha iplar sarfini xisoblash vazifasini bajaradi. Xisobni bajarishda bitta texnologogik operatsiya uchun bir nechta ip turlarini (nomeri, tola tarkibi, rangi bo‘yicha) berish mumkin, bunda xar bir ip turining umumiy ip sarfidan ulushi ko‘rsatiladi. Xisobni bajarishda asbob-uskuna turi, paketdagi gazlama qavatlari soni, gazlama turi va texnologik yo‘qotishlarni xisobga olib, 1 sm chokdagi ip sarfini aniqlashda tarmoq me`yorlaridan foydalaniladi.
Tizimda shakllanuvchi xujjat boshqa materiallarning va furnituraning sarfi xaqidagi ma`lumotni o‘z ichiga kiritishi mumkin.
Ishlab chikarishni loyixalash jarayonining moduli
Tikuv oqimining asosiy xujjati - tashkiliy-texnologik sxemani shakllantirish-loyixalanayotgan buyum modelini tayyorlash bo‘yicha yaratilgan texnologik operatsiyalar ma`lumotnomasining bazaviy modulini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan rejimda tashkiliy-texnologik sxemaning bir nechta variantini shakllanishi va oqimdagi maqbul ishchilar sonini tanlash masalasi echiladi. Modul interaktiv rejimda to‘g‘rilash va tashkiliy operatsiyalarni shakllanish imkonini beradi. Olingan tashkiliy-texnologik echimni taxlil qilish uchun oqim ma`romi bilan tashkiliy operatsiyalarni bajarish vaqtining moslik diagrammasi qo‘llaniladi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə