Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə36/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №19 (2 soat)
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI VA SEX PLANINI TUZISH
Reja:
1. Sex planini tuzishga qo‘yiladigan talablar.
2. Asosiy va qo‘shimcha oqimlarni joylashtirish.
3. Asosiy va qo‘shimcha o‘tish yo‘llari belgilash.

TSexning ishlab chiqarish okimlarida ishchi o‘rinlarini joylashtirishda boshqa cheklanishlar ichida kuyidagilarga amal qilish kerak:


- maxsulotni kiritish amalga oshirilayotgan ishchi o‘rinlarni bichimlarning kelib tushish joyi oldida joylashtirish kerak, ularning chikishi amalga oshiilayotgan joyni tayyor maxsulatni topshirish joyiga yakin joyda joylashtirish kerak. Kiritish va chikarish joylarini tsexning turli burchaklarida yoki bir-biridan mumkin qadar uzoqroqda joylashtirish kerak:
- agregatlar uzunligi 35 m dan ortiq bo‘lganda ko‘ndalang o‘tish joylarni 1,5+2m kenglikda loyixalashtirish kerak. Bu o‘tish joylari barcha agregatlar uchun bir chiziqda joylashtiriladi.
- konveyerli okimlarda agregatlar uzunligi 35-40m bo‘lsa o‘tish ko‘prikchani qo‘llash mumkin. Unga oqim uzunasidan bitta ish o‘rni ajratiladi. Bunda ko‘prikchaning yon devorlaridan qo‘shni ishchi o‘rinlargacha 0,3-0,4m ni tashkil etadi.
O‘stunlari bor binolarda agregatlar shunday joylashtiriladiki bunda ustunlar ko‘ndalang o‘tish joylarida va o‘tish ko‘prikchalarida bo‘lmasligi kerak. Agregatning ishchi o‘rinlari ustunlardan 0,2-0,4m dan kam bo‘lmagan masofada joylanishi kerak. Agar ustunlar ishchi stollar o‘rtasidagi joylar k
arshisida joylashgan xollarda ustunlardan ishchi o‘rinlargacha bo‘lgan

masofa 0,5 dan kam bo‘lmasligi kerak.


Ishlab chiqarish oqimdagi ish o'rinlarining tehnologik sxema bo'yicha tashkiliy operatsiyalarga mos tartibda joylashtirishdan so'ng, ishlab chiqarish oqimini sex maydonida joylashtirishga kirishiladi.
Sexning kengligini 18 m olish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish oqimlarini joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo'ylab o'tish yo'llari quyidagicha (5-rasmga qarang)
- Yon tomon devorlaridan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo'ladigan joygacha - 3,54.5 m;
- ishlab chiqarish oqimining yon tomonidan devorgacha- 1.11.2;
-ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo'l (asosiy o'tish yo'li ) sexining uzunasi bo'ylab - 2.53.0 m ;
-ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo'l (asosiy o'tish yo'lidan tashqari) sexning eni bo'ylab -1.52.5;
-ishlab chiqarish oqimidagi ish o'rinlari bilan tirgak ustunlar oraliqi - 0.20.4 m;
Bichiq va tayyor buyumni tashish uchun sex maydonida liftlar ko'zda tutiladi. Liftning o'lchami 1,5*1,5m, yoki 2,0*2,0 m ga teng.
Yuqoridagi talablarga rioya qilib, sexning kengligi belgilanadi va sexning uzunligi aniqlanadi. Ishlab chiqarish oqimiga buyumni tushirish va bitkazib chiqarish joyi borligiga qarab o'tish yo'llarini kengligi qabul qilinadi. O'tish joylarida ishlab chiqarish oqimga buyumni tushirish va bitkazib chiqarish o'rinlari bo'lganida o'tish joylari imkoni boricha kengroq qilib belgilanadi, bo'lmaganida esa torroq qilib belgilanadi.
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quydagilar beriladi:
- bajarilgan sex planiga qisqacha ta'rif;
- 1: 100 masshtabida vatman chizma qog`ozidan loyihalashgan sexning plani.
Sexning ihtisoslashtirilishiga qarab qo'shimcha tikib bitqazib chiqarish uchun tikuv buyum turlari tanlanadi va hisoblanadi. Natijalari 17- jadvalga tushiriladi.

Nazorat savollari.



  1. Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering.

  2. O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi?

  3. O’tish yo’llar kengligini ifodalab bering.

  4. Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering.

  5. Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi?




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə