Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Ish natijalarini xisobga olish va taxlil qilish



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə39/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Ish natijalarini xisobga olish va taxlil qilish
Modul tikuv oqimidagi master ish joyida o‘rnatish vazifasini bajaradi. Xar bir ishchiga turli xil operatsiyalarni biriktirish oldindan shakllangan tashkiliy-texnologik sxema asosida amalga oshiriladi. Amaldagi ishlab chiqarish xaqidagi operativ ma`lumotni kiritish masterga tanlangan vaqt oralig‘ida xar bir ishchini ish bilan ta`minlanganlik darajasini baxolash, ish xaqini xisoblash, olingan ma`lumotlarni buxgalteriya tizimiga uzatish imkonini beradi. Modul buyum quvvati xajmida bajarilgan texnologik operatsiyalar sonini mosligini nazorat qilish imkonini beradi.
Nazorat savollari.

  1. Qo’shimcha assortiment qanday tanlanadi?

  2. Qo’shimcha oqimdagi ishchilar qanday aniqlanadi?

  3. Qo’shimcha assortimentning jadvalida qanday ko’rsatkichlar kiradi?

  4. Tikuv sexida qo’shimcha assortiment qanday ko’rsatiladi?

  5. Qo’shimcha assortimentning asosiy ko’rsatkichlari qanday aniqlanadi?

MA`RUZA №21 (2 soat)
MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONINI
Reja:

  1. Tajriba sexi vazifasi.

  2. Tajriba sexini lo’yhalach

  3. Ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Tajriba tsexining asosiy vazifasi – modellarni ishlab chiqarishga o‘z vaqtida, sifatli tayyorlab berish (yangi modellarni yaratish va konstruktsiyasini tuzish, andazalarni, trafaret, joylashmalarni nurli nusxasini tayyorlash, model texnik xujjatini ishlab chiqish, gazlamalardan ratsional foydalanishni ta`minlash, yuqori unundorli texnologiyani ishlab chikish, yangi model namunasini va sinov partiyasini tikish, yangi asbob–uskuna va mexanizatsiya vositalarini sinovdan o‘tkazish, materiallarni sinash va xususiyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish). Qo‘yilgan vazifani echish uchun, tsexda qo‘llaniladigan asbob-uskuna turiga qarab, tajriba tsexining ishlab chiqarish jarayoni tuziladi. Bu tsexda barcha ishlar bosqichlarga bo‘linadi va ular tegishli gurux tomonidan bajariladi:



  1. Modelchi-konstruktorlar guruxi.

  2. Andazachilar guruxi.

  3. Normalovchilar guruxi.

  4. Texnologik guruxi.

  5. Gazlamalarni xususiyatini aniqlash laboratoriyasi.

TSexdagi barcha ishlar an`anaviy usulda, ya`ni qo‘lda, xisoblash texnikasini qo‘llamay va tikuv buyumlarni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlarini (SAPR) qo‘llab bajarish mumkin.
Modellarni ishlab chiqarishga tayyorlash an`anaviy usulini ko‘rib chiqamiz.
Tikuv korxonalarida rassom-modeler tomonidan zamonaviy moda yo‘nalishini va buyumga ko‘yiladigan talablarni xisobga olgan xolda yangi modellar yaratiladi. Rassom-modeler tomonidan kuyidagi ishlar bajariladi:

  • moda yo‘nalishini o‘rganish;

  • yangi model tasnifini tuzish ( mo‘ljallangan gazlama turi, modelni tavsiya etiladigan o‘lcham va bo‘yi va x.k.);

  • yangi model eskizlarini chizish va o‘xshash modellarni taxlil qilish;

  • eng maqbul modelni tanlash va model tejamliligini baxolash

  • ( texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xisoblamastan);

  • asos konstruktsiyasini tuzish usulini tanlash va modellash;

  • buyumning asosiy bo‘laklariga ishlov berish usullarini tanlash;

  • dastlabki andazalarni tayyorlash;

  • material tanlash ( avra, astar va qo‘shimcha);

  • maneken qomatiga mo‘ljallab buyumni bichish va tikish;

  • modelni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash;

  • yangi model namunasini Badiiy-texnik kengashda tasdiqlatish.

Ko‘p korxonalarda yangi model manekenga tikilmay, balki bir yo‘la o‘rtacha o‘lcham va bo‘y uchun tipoviy qomatga tikiladi. Unda rassom-modeler faqat yangi model eskizini yaratadi, texnik-konstruktorlar tomonidan buyumning o‘lcham va bo‘y o‘rtacha bo‘lgan kiyim uchun asos konstruktsiya tuziladi va namuna tayyorlanadi. Modelni loyixalashni bu usuli model -konstruktsiya deb ataladi. Yangi model konstruktsiyasini yaratish asos konstruktsiyani modellash yo‘li bilan erishiladi. Bunda unifikatsiyalashtirilgan detal va ishlov berish usullaridan keng foydalaniladi. Ba`zi kiyimlarni loyixalashda unifikatsiyalashtirilgan detallarni transformatsiyalash usulidan foydalaniladi. Bu usul bitta seriyadagi kiyimlarni tayyorlashda bir xil andaza va joylashmalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa model yaratishni barcha bosqichlarida sarflanadigan vaqtni tejashga olib keladi. Konstruktorlarning ishi faqat to‘g‘ri keladigan andazalarni tanlab olish va modellashtirishdan iborat bo‘ladi. Bu usul tipoviy loyixalash deb ataladi. Xozirgi vaqtda bu usuldan keng foydalanilmoqda.


Yangi modellar Modellar uyida yaratilishi mumkin. Unda korxonaga model namunasi bilan birga modelning texnik xujjati, asosiy o‘lcham va bo‘y uchun andazalar keladi. Model konstruktsiyasi korxonaning tajriba tsexida tekshirib ko‘riladi: texnik xujjatlar tekshiriladi, model konstruktsiyasi va texnologiyasi korxonada qo‘llaniladigan texnikani xisobga olgan xolda aniqlanadi, model namunasi Badiy kengashda tasdiqlanadi, sinov partiyasi tikiladi. Agar buyurtma katta bo‘lmasa sinov partiyasi tikilmay faqat model namunasi tikilidi.



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə