Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə56/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
ТЖЛ majmua LP

6- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: Ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasini tuzish
ISH MAZMUNI
1.Texnologik sxemani tuzishga qo`yiladigan talablar.
2.Asosiy moslashtirish shartlarini hisoblash
3.Bo’linmas operatsiyalar asosida tashkiliy operatsiyalarni tuzish.
4.Hisobdagi ishchilar sonini aniqlash,
5.Ishlab chiqarish normasihisoblash.
6.Ish haqini aniqlash.
7.Texnologik sxemani jadval ko`rinishida rasmiylashtirish.
8.Ko`p modelli oqimlar uchun asosiy moslashtirish shartlarini hisoblash.
9.Ko`p modelli oqimlar uchun texnologik sxemani tuzish.
USLUBIY KO’RSATMA
Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi (mehnat taqsimoti) ishlab chiqarish oqimining asosiy texnik hujjati hisoblanadi.
Texnologik sxemaga binoan ish o’rinlari, uskunalar ishchilar joy-joyiga qo’yiladi; ish o’rinlari asbob-uskuna, moslama va yordamchi materiallar bilan ta’minlanadi; texnologik jarayoni nazorat qilib boriladi; bajariladigan ish hisobga olinadi va ishchilarning ish haqi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi tashkiliy operatsiyalardan iborat. Tashkiliy operatsiyalar esa texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalardan tuziladi.
Har bir tashkiliy operatsiya uchun ixtisosi, razryadi, vaqt sarfi, ishchilar soni, ish haqi va asbob-uskuna ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish oqimida ish bir maromda bo’lishi uchun tashkiliy operatsiyalarning davom etish vaqtini ma’romga teng yoki karrali qilib moslanadi.

Tajribalarning ko’rsatishicha, tashkiliy operatsiyalar vaqtini moslash uchun, ularga sarflanadigan vaqt konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda +5% va erkin ma’romli ishlab chiqarish oqimlarda -5% : +15% ma’romga nisbatan farq bilan hisoblansa unchalik xato bo’lmaydi. Ushbu foiz hisobida berilgan ma’romga nisbatan farqni koeffisientga aylantirib formulaga kiritamiz:
tm.o.=(0.95:1.05) k
tm.o.=(0.95:1.15) k

Ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlarida tashkiliy operatsiyaga sarflanadigan vaqt (tm.o) bir vaqtning o’zida tikilayotgan fasonlar bo’yicha o’rtacha vaqtni belgilashi kerak. Shuning uchun:




Shularga asosan tashkiliy operatsiyalar vaqtini moslash sharti tikiladigan buyumlar sikli tushiriladigan ko’p fasonli konveyerli ishlab chiqarish oqimlar uchun quyidagicha ifodalanadi:

Erkin ma’romli ishlab chiqarish oqimlari uchun bu shart quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

Bunda: - birinchi, ikkinchi va hokazo modellar bo’yicha tashkiliy operatsiyaga sarflanadigan vaqt (s);
n - tashkiliy operatsiyadagi texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalar soni;
0.95 1.05 - ma’romga nisbatdan farq;
0.95 1.15
k- tashkiliy operatsiyani bajaradigan ishchilar soni;
c- siklga kirgan modellar (fasonlar) soni;
- ishlab chiqarish oqimining ishlash maromi, ya’ni takti (s).
Tikiladigan buyumlar siklli tushiriladigan ko’p fasonli sektsion konveyerli ishlab chiqarish oqimlarga ishchi konveyer lenta uyasidan mehnat predmetlarini olib, unga ishlov berib yana shu uyaga mehnat predmetini qaytarish kerak.
Shuning uchun tashkiliy operatsiyalar vaqtini moslash bir paytda yuqorida ko’rilgan asosiy hisob sharti bilan birga quyidagi qo’shimcha hisob shartini ham ko’zda tutish kerak:

Bunda:
Tashkiliy operatsiyaga fasonlar (modellar) bo’yicha maksimal sarflanadigan vaqt (s):
Lich - ish o’rnining qadami ;
 - ishlab chiqarish oqimining takti (s);
L - konveyer lenta uyasining qadami, (m);
taf - ish o’rnidagi turli mayda kamchiliklar (mashina naychasini o’zgartirish, ip uzulishi, igna sinish va hokazo) natijasida tashkiliy operatsiyalar sarf vaqtida yuz beradigan amaldagi farq. Bu farq:
a) qo’l ishlari uchun - 30-40 s teng;
b) mashina ishlari uchun -50-60 s teng;
Tashkiliy operatsiyalar sarf vaqtini qo’shimcha shartiga binoan, tikilayotgan ayrim fasondagi buyumlar uchun tashkiliy operatsiyani bajarish maksimal sarf vaqti konveyer lenta uyasini ishchi o’rnining chegarasida bo’lgan vaqtiga nisbatan kam yoki teng bo’lishi shart.
Tashkiliy operatsiyalarni tuzishda asosiy va qo’shimcha shartlardan tashqari quyidagi tashkiliy shartlarga rioya qilish zarur:
- kiyimlarni tikish texnologik tartibda bo’lib, tikish jarayonida ularni ish o’rinlariga qayta-qayta kelishiga yo’l qo’ymaslik (guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlarida ixtisoslashtirilgan ish o’rinlari bilan ta’minlash uchun texnologik tartibini buzulishiga yo’l qo’yish mumkin);
- razryad va ixtisos jihatdan bir xil va xarakterlari turdosh bo’linmas operatsiyalarnigina birlashtiriladi;
- texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalarni birlashtirishda, ishchining ishlash holati hisobga olinadi, ya’ni ishchining tik turgan yoki o’tirgan holda ishlashi.
Texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalarga birlashtirish juda murakkab ish hisoblanadi. Shuning uchun birlashtirish ishini yengillashtirish uchun texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalar kartotekasidan foydalanish ma’qul. Bunda har qaysi texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyaga bittadan kartochka to’ldiriladi. Kartochkalar har xil hajmda bo’lib, ulardan eng qulay o’lchami 7x10 sm.



Tartib Ishning
raqam ixtisosi

Bo’linmas operatsiyaning


nomi

Ishning Ish birligini


razryadi sarf vaqti

2-rasm. Texnologik kartochka


Ishning qaysi ixtisosiga qarab berilgan rangli kartochkalardan foydalanish mumkin, masalan:
a) tikish mashinalardagi oq rangli kartochka;
b) maxsus mashinalardagi – sariq kartochka;
c) qo’l ishlari – qizil kartochka;
d) preslash ishlari – ko’k rangli kartochka;
e) dazmollash ishlari – havo rangli kartochka.
Kartochkalarni texnologik tartibi bo’yicha stol ustiga teriladi va yuqorida chiqilgan shartlarga (asosiy, qo’shimcha hisob va tashkiliy shartlar) amal qilib, texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalarni tanlash yo’li bilan tashkiliy operatsiyalar tuziladi.
Laboratoriya mashg’ulotda ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasi (mehnat taqsimoti) jadval ko’rinishida beriladi .
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Asosiy va qo’shimcha hisob shartlarining hisobi.
Tashkiliy operatsiyalarni tuzish uchun tashkiliy shartlar bo’yicha qisqacha bayon.
Ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasini jadval shaklida tuzish va rasmiylashtirish.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

  1. Asosiy hisob shartini ifodalab bering.

  2. Qo’shimcha hisob shartini ifodlab bering.

  3. Tashkiliy shartlar nimalardan iborat.

  4. Tashkiliy operatsiya bo’yicha ish normasi bilan ish haqi qanday hisoblanadi?




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə