Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə57/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
ТЖЛ majmua LP

7- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: Ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasining tahlili
ISH MAZMUNI
1.Moslashtirish shartlarini hisoblash.
2.Moslik grafigini tuzish.
3.Tartib grafigini tuzish.
USLUBIY KO’RSATMA
Texnologik sxema tuzilgandan keyin ishlab chiqarish oqimidagi tashkiliy operatsiyalar vaqti qanchalik to’g’ri moslanganligini tashkiliy operatsiyalarni tuzishning shartlariga qanchalik rioya qilinganligi tekshirib ko’rish zarur.
Tashkiliy operatsiyalar vaqti qanchalik to’g’ri moljallanganini analitik va grafik usullar bilan tahlil qilinadi.
Analitik usuli:
a) butun ishlab chiqarish oqimdagi hamma tashkiliy operatsiyalarning bajarilish vaqtlarining umumiy yakuni, ishlab chiqarish oqim ma’romiga qanchalik to’g’ri moslanganligini esa ishlab chiqarish oqim operatsiyalarning moslik koeffisienti bilan tekshiriladi:

Bunda: Tb - bir butun buyumni tikib bitqazishga sarflanadigan vaqt:
Na - texnologik sxema bo’yicha ishlab chiqarish oqimida amalda ishlab turgan ishchilar soni.
Ishlab chiqarish oqimidagi hamma tashkiliy operatsiyalar vaqtlarining umumiy yakuni to’g’ri moslangan bo’ladi, agar Km birga nisbatan +1:2% farq qilsa yoki quyidagi chegara ichida bo’lsa:
a) qat’iy ritmli ishlab chiqarish oqimlar uchun – Km=0,99:1,01;
b) erkin ritmli ishlab chiqarish oqimlar uchun - Km=0,98:1,02.
Agar moslik koeffisienti birga nisbatan ±2% dan ortiq farq qilsa, dastlabki hisoblash uchun qabul qilingan ishlab chiqarish oqim ma’romiga aniqlik kiritish kerak bo’ladi.
Bunda moslik koeffisientini Km=1 deb olinib, ishlab chiqarish oqim uchun yangi ma’rom aniqlanadi, ya’ni:

Ishlab chiqarish dastlabki hisoblash uchun olingan ma’rom bo’yicha tashkiliy operatsiyalar tuzishda yo’l qo’yilgan operatsiyalar bajarilish vaqtidagi farqlarni to’g’irlab (moslab) olish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasidagi tashkiliy shartlarga qanchalik rioya qilinganligi to’g’risida jadval shaklda tahlil qilinadi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə