Til va nutq



Yüklə 488 Kb.
tarix21.08.2023
ölçüsü488 Kb.
#120787
Ta`lim jarayoning ko`rgazmali bo`lishi ta`lim samarasiga qanday



ANGREN UNIVERSITETI
Pedagogika va psixologiya yo`nalishi
PP 112-GURUH
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan
Mavzu: Ta`lim jarayoning ko`rgazmali bo`lishi ta`lim samarasiga qanday ta`sir ko`rsatadi MUSTAQIL ISH
Bajardi: Marasulova X.
Fan o’qituvchisi: Ishanqulov M. Irbutayev N.
Mavzu: Ta`lim jarayoning ko`rgazmali bo`lishi ta`lim samarasiga qanday ta`sir ko`rsatadi


Reja:

  1. Kirish

  2. Ta`lim jarayoning ko`rgazmali bo`lishi ta`lim samarasiga qanday ta`sir ko`rsatadi

  3. Ta`lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish

  4. O`quv jarayonida foydalaniladigan ta`lim vositalarining turlari



Kirish: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘ilqizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: «Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bolishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq». Qarang, qanday bebaho, oltinga teng so‘zlar!” deya ta’kidlashlari har birimizni quvontiradi.
Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, so'ngra ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bi r-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan -kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsrivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg`ulotlar yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, ma`nan yetuk, barkamol shaxslarga aylantiradi. Shuning uchun ham ta`lim muassasalaridagi ta`lim-tarbiya jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari -interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati va o‘rni beqiyosdir.
Ta`lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatli tomoni, shaxsni rivojlantiruvchi ta`lim- tarbiyani amalga oshirish imkoniyatining kengligidir. Innovatsion texnologiya ta`limga tizimli yondashuv asosida tadbiq etiladi hamda o‘quvchilarning yoshi, ruhiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi, ta`lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘nalishi, mazmuni, shakllari, usullari e`tiborga olinadi. Pedagogning bu jarayon tashkilotchisi, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va mahoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta`sir ko‘rsatish, bolani faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo‘llab, kafolatlangan samaralarga erishish qobiliyatini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda dars jarayonida turli xil ta’li vositalaridan foydalaniladi.


Bu vositalarning zaminida ko‘rgazmalilik o‘z o‘rnini topgan. Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:


- ko‘rgazmalilikning ta’lim oluvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
- namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha ta’lim oluvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi;
- namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi;
- tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;
- namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.
Avvalo, hamma vaqt shuni esda tutish zarurki, ko‘rsatma qo‘llanmani namoyish qilish — maqsad bo‘lmay, balki vositadir. Qo‘llanmani ko‘rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak. O‘rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan hollardagina ko‘rsatma qo‘llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi.
Ko‘rgazmali vositalardan eng ko‘p qo‘llaniladigani esa, o‘qitishning axborottexnika vositalaridir. AKT o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma hamda malakalarni o‘zlashtirishini osonlashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda o‘qituvchining o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalar berish, ularni mustahkamlash hamda tekshirib ko‘rish borasidagi mehnatini engillashtirish uchun foydalaniladigan axborot-texnik vositalar majmuasi tushuniladi. O‘qitishning axborot-texnika vositalari jumlasiga informatsiya berishda foydalaniladigan texnika (videoproektorlar, televizion, hamda kompyuter qurilmalari va shu kabilar) gina emas, balki tegishli texnika bilan birga foydalaniladigan o‘ziga xos informasiya uzatuvchilarning o‘zi (o‘quv kinofilmlar, dasturlashtirilgan topshiriqlar va shu kabilar) ham kiradi. Xulosa sifatida ta`kidlash lozimki, kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodni zamon talablari darajasida o‘qitish kelajakda barkamol inson, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalashdek murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal etish k o‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy mahorati, bilimdonligi, ijodkorligi, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishi va boshqarishiga bog`liqdir. Bugungi kunda ta’lim muassasalaridagi pedagoglarning asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o‘stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat. Shunday ekan, ta’limdagi zamonaviy o‘qituvchining asosiy maqsadi bola shaxsini sog‘lom va yetuk, kreativ fikrlaydigan, mustaqil izlanuvchan, zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan barkamol shaxs qilib rivojlantirishdir. Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir. Shunga ko‘ra, ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalarni zamon talabiga mos ravishda tashkillashtirish hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlagan tantanali marosimdagi nutqi. 2016 yil 8 dekabr
2. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maho rat.- Toshkent: TDPU, 2003.
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-Toshkent, 2008.
Internet ma’lumotlari:
4. www. ziyonet.uz
5. www.metod.ru
6. www.pedagog.ru
Yüklə 488 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə