Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

1.1.Omonim so‟zlar 
   Tildagi  ayrim  so‘zlar  shakliy  jihatdan,  ayrimlari  ma‘no  jihatdan,  bir  xillari  esa 
talaffuzi  jihatidan  o‘xshash  bo‘ladi.  Ayrim  so‘zlarning  ma‘nolari  esa  bir  –  biriga 
qarama – qarshi bo‘ladi. Ana shu xususiyatlarga ko‘ra so‘zlar quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi. 
      Omonimlar (grekcha omos bir xil, onomo yoki onumo onom degani – talaffuzi 
va yozilishi bir hil, ammo ma‘nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir: yuz  (ot) – yuz (son), 
tut (daraxt) – tut (harakat).  
      
Omonimlar bir xil so‘z turkumiga ham, har xil so‘z turkumiga ham oid bo‘lishi 
mumkin: ot – ism, ot – hayvon. Bunda ikkalasi ham bir so‘z turkumiga oiddir. Bir 
turkum  doirasidagi  omonimlar  qo‘shimchalar  qabul  qilganda  ham  omonimligini 
saqlab qolaveradi . 
        Omonimlar  va  ko‘p  ma‘noli  so‘zlarni  o‘zaro  farqlash  zarur.  Ko‘p  ma‘noli 
so‘zlar  qancha  ma‘noga  gea  bo‘lmasin,  bu  ma‘nolar  o‘zaro  bog‘langan  bo‘ladi. 
SHu hususiyat ko‘p ma‘noli so‘zni omonimlardan farqlaydi. Omonimlar boshqa – 
boshqa  so‘zlar bo‘lgani uchun ularning ma‘nolari o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmaydi. 
Ko‘p  ma‘noli  so‘zlar  ma‘nolari o‘rtasidagi  aloqa  uzilsa, omonim  vujudga keladi: 
kun    -  quyosh  (ko‘chma  ma‘no  ),  kun  –  sutkaning  quyosh  bilan  yoritiladigan 
yorug‘ qismi (ko‘chma ma‘no); dam – nafas (o‘z ma‘no), dam – bosqon (ko‘chma 
ma‘no  );  ko‘k  –  rang  (o‘z  ma‘no  ),  ko‘k  -  osmon  (ko‘chma  ma‘no).  hozirgi  bu 
so‘zlar  o‘zaro  omonimdir.  Omonimlarning  quyidagi  turlari  mavjud:  1)  leksik 


 
10 
(lug‘aviy  )  omonimlar  so‘zlar  o‘rtasidagi  omonimlikdir.  Soch  –  a‘zo,  soch  – 
harakat, oq – rang, oq – harakat.  
2)  frazeologik  omonimlar  iboralar,  ya‘ni  ko‘chma  ma‘noli,  tasirchanlikka  ega 
bo‘lgan  birikmalar  o‘rtasidagi  omonimlikdir:  boshga  ko‘tarmoq  –  e‘zozlamoq, 
boshga 
ko‘tarmoq 
– 
to‘polon 
qilmoq.                                                                                                              
3)  gramatik  omonimlar  ikki  xil  bo‘ladi:  a)  morfologik  omonimlar  qo‘shimchalar
4
 
o‘rtasidagi omonimlikdir: to‘kin dasturhon (sifat yasovchi ) – ekin (ot yasovchi); b) 
sintaktik  omonimlar  so‘z  birikmalari  yoki  gaplar  o‘rtasida  bo‘ladi  :  so‘z 
birikmalarinig  omonimligi:  yolg‘ondan  hayron  bo‘lmoq,  (yolg‘on  gapdan  hayron 
bo‘lmoq) - yolg‘ondan hayron bo‘lmoq (yolg‘ondakamiga hayron bo‘lmoq). 
     Til  birliklarining  ifoda  rejasida  teng  kelish  hodisasi  omonimiya  deyiladi.  Bu 
hodisa nafaqat so‘zlarda, balki, grammatik birliklarda ham uchraydi.  
      Talaffuzi  va  yozilishi  bir  hil,  lekin  ma‘nosi  har  xil  bo‘lgan  so‘zlar  leksik 
omonimlardir. 
       Masalan:  o‘t  (olov)  –  o‘t  (o‘simlik),  kamar  (qayish,  qo‘ndan  ishlangan 
belbog‘) – kamar (daryo, tog‘larda suv o‘yib ketgan chuqur joy) va hokazo. 
       Leksik  omonimlarning  ikki  hil  turi  mavjud:  1)  Omoifodalar  (omonimlar),  2) 
Omoshakllar (omoformalar). 
      Omoifodalar – shakli bir hil, ma‘nolari har xil bo‘lgan so‘zlardir. Odatda, ular 
bir  xil  so‘z  turkumiga  mansub  bo‘ladi,  shuning  uchun  omoifodalar  nutqda  turli 
qo‘shimchalar  bilan  qo‘llanganda  ham  omonimlik  hususiyatni  saqlab  qoladi. 
Masalan,  ot  (ism  ma‘nosida)  –  otim,  oting,  oti,  otni,  otga  tarzida  turlansa,  ot 
(hayvon ma‘nosida) ham aynan shunday turlanadi: otim, oting, oti, otni, otga. 
       Bunday  omonimlar  ba‘zan  har  xil  so‘z  turkumiga  mansub  bo‘lishi  ham 
mumkin. Buning uchu ular Grammatik shakllanish (qo‘shimcha olish) hususiyatiga 
ega bo‘lmaslik kerak. Masalan, albatta (ravish – albatta boraman) – albatta (modal 
so‘z  –  Albatta,  boraman)  yoki  balki  (zidlov  bog‘lovchisi)  –  balki  (modal  so‘z  – 
                                                 
4
 
A. G‘ulomova, M.Qodirova  ― Ona  tili  o‘qitish  metodikasi‖  Toshkent -2001 
  


 
11 
Balki,  kelmas).  Tabiiy  (sifat  –  tabiiy  tola)  –  tabiiy  (modal  so‘z:  Bu  gapni  sizga 
aytmasligi, tabiiy). 
       Omoshakllar  –  ayrim  grammatik  shakllardangina  (ya‘ni,  biror  qo‘shimcha 
olganda)  teng  keladigan  so‘zlardir.  Masalan:  soz  (ot,  musiqa  asbobining  nomi)  – 
soz  (sifat,  yaxshi),  burun  (ot,  kishi  organizmining  nomi)  –  burun  (payt  ravishi, 
ilgari), tut (ot, daraxt mevasi) – tut (fe‘l, ushla). Ko‘rinib turibdiki, omoshakllar har 
xil  so‘z  turkumlari  doirasida  yuzaga  keladi  hamda  qo‘shimcha  qo‘shilishi  bilan 
o‘zining omonimlik hususiyatini yo‘qotadi, chunki so‘zlar turkum jihatidan har xil 
bo‘lgani  uchun  turli  qo‘shimcha  oladi.  Omoshakllar  omoleksemalar  deb  ham 
yuritiladi.
  
        Omoshakllar ot va fe‘l,  ot va sifat, ot va ravish, son va ot, (qirq – son – qirq – 
marosim  nomi  ),  sifat  va  ot  (yupqa  –  sifat  –  yupqa  ovqatning  nomi  )  o‘rtasida 
yuzaga keladi. Albatta, tilimizda ot va fe‘l turkumiga mansub omoleksemalar ko‘p 
uchraydi.  
          O‘zbek tilida omonimlar ikkitadan tortib oltitagacha bo‘lishi mumkin. Tilda 
omonimlar quyidagi yo‘llar bilan yuzaga keladi: 
      1.  Tilda  azaldan  mavjud  bo‘lgan  so‘zlarning  ayrim  shakllari  tasodifan  teng 
bo‘lib qoladi. Masalan: ot, yoz, yong, yot, shim, qo‘y, osh, ter kabilar.  
      2.Bir  ma‘noli  so‘z  ma‘no  ko‘chish  oqibatida  ko‘p  ma‘noli  so‘zga  aylanadi, 
keyinroq, ma‘nolar o‘rtasidagi bog‘lanish unutilib bir so‘z negizida ikkita leksema 
paydo  bo‘ladi.  Kun  (quyosh)  –  kun  (sutka),  kengash,  sovuq,  issiq,  doira  va 
boshqalar.  
      3.Boshqa    tildan  o‘zlashtirilgan  so‘zlar  o‘zaro  shaklan  teng  bo‘lib  qoladi.  A) 
boshqa  tildan  kirgan  so‘z  va  o‘z  qatlamga  oid  so‘z:  bog‘    (mevazor,  tojikcha)  – 
bog‘  (tugun,  o‘zbekcha),  sham‘a  (imo-ishora,  arabcha)  –  sham‘a  (choy  quyqasi, 
o‘zbekcha), avra (kiyimning yuza tomoni, tojikcha) – avra (bosh ko‘zini aylantirib, 
o‘z so‘zini o‘tkazmoq, o‘zbekcha). 
      4. So‘z yasalishi natijasida omonimlar hosil bo‘ladi: otliq (ot mingan suvori) – 
otliq  (ismli,  nomli),  bo‘ydor  (bo‘yi  odatdan  ortiq)  –  bo‘ydor  (hidi  o‘tkir),  romchi 


 
12 
(rom  yasovchi  )  –  romchi  (folbin  ),    qirq  (son  )  –  qirq  (marosim  nomi)  va 
boshqalar.   
      Nutqimizda  omonimlarga  yondosh  bo‘lgan  omafon  va  omograf  sozlar  ham 
mavjud.  
      Omafonlar – talaffuzi bir xil yozilishi har xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan,  to‘n  
(kiyim ) – ton  (tovush toni ), to‘rt (son ) – tort (konditer mahsuloti). 
      Omograflar – yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, tok 
(uzum ) – tok (elektor toki ), tom (uyning tepa qismi ) – tom (jild ), ton (bo‘yniga 
olmaslik ) – ton (ohang ). 
       Omonimlarni  ko‘p  ma‘noli  so‘zlardan  farqlash  kerak.  Chunki  ularning  har 
ikkisi  shaklan  bir  hil  bo‘ladi  va  birdan  ortiq  ma‘no  ifodalaydi.  Farq  shundaki, 
omonimlar  shaklan  bir  hil  bo‘lgan  alohida  so‘zlar  bo‘lsa,  ko‘p  ma‘noli  so‘zlar 
aynan bir so‘zning turli ma‘nolaridir.  
        Omonimlar  badiiy  adabiyotda  tajnis  san‘atini  yaratishda,  askiya  va 
payrovlarda qo‘llaniladi.
 
 
Omonim – shakldosh so‘zlar 
Talaffuzi va yozilishi bir xil ammo ma‘nosi har hil bo‘lgan so‘zlar 
 
Yo rab ul shahdu shakar yo labdurur, 
Yo magar shahdu shakar yolabdurur, 
Jonima payvasta novak otqali, 
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur.     ( A. Navoiy) 
 
 
1. Yoki labdir-(birinchi misrada) 
2. Yalabdimikan-(ikkinchi misrada ) 
3. Yoylabdi (o‘qni)-(to‘rtinchi misrada) 
 
Tiyg‘i ishqi yarosidur butmagan, 


 
13 
Dardini har kimga aytib butmagan, 
Hajr sahrosida ohim o‘tidin, 
Onda gul yohud giyohe butmagan.        ( A. Navoiy) 
1. Bitmagan – tuzalmagan- ma‘noda 
2. Tugatmagan- ma‘noda 
3. O‘smagan- ma‘noda 
La‘lidin jonimg‘a o‘tlar yoqilur, 
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur, 
Men vafosi va‘dasidin shodmen, 
Ul vafo bilmanki qilmas yo qilur.              ( A. Navoiy) 
1. O‘t yoqiladi- ma‘noda (birinchi misrada) 
2. Qaddimni dol qiladi , egadi- ma‘noda (ikkinchi misrada ) 
3. Qiladi yo qilmaydi- ma‘noda (to‘rtinchi misrada) 
Yomonlikni tashlab yaxshilik sari o‘t, 
Chaman kibi sahroda ham ko‘karar o‘t, 
Bilib qo‘yki yoningda turgan do‘sting, 
Bir kun kelib yondirar misoli o‘t.                    ( A Navoiy) 
1. O‘sha tomonga o‘t- ma‘noda (birinchi misrada) 
2. O‘simlik, maysa- ma‘noda (ikkinchi misrada ) 
3. Olov- ma‘noda (to‘rtinchi misrada) 
 
Qil (soch tolasi) – qil (harakat) 
Qo‘y (hayvon) – qo‘y (fe‘l) 
Yoz (fasl) – yoz (fe‘l)  
Is (hid) – is (o‘rgimchak ini) 
Rasm (odat) – rasm (surat) 
Dam (nafas) – dam (hordiq) – dam (bosqon) 
Tush (pastga tush) – tush (pardoz ashyosi) - tush( uxlaganda ko‘riladi) 
Oshiq (ot) – oshiq (sifat) 
Och ( sifat)- och (fe‘l) 


 
14 
Yosh (ko‘z yoshi) – yosh ( umr o‘lchovi)

Tut (daraxt) – tut (harakat) 
Yuz (bashara) – yuz (son) 
Oq (rang ) – oq (harakat) 
Soch ( a‘zo) – soch (harakat) 
Omonimlar.  Omonimlar  talaffuz  va  yozilishiga  ko‘ra  bir  xil,  ammo  anglatgan 
ma‘nosiga  ko‘ra  turli  xil  bo‘ladi.  Omonim  so‘zi  grekcha  bo‘lib,  bir  xil  demakdir. 
Omonimlar,  asosan,  bir  so‘zdagi  ko‘p  ma‘nolilik,  turli  so‘zlardagi  fonetik 
o‘zgarishlar,  boshqa  tillardan  so‘z  o‘zlashtirish  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Masalan: 
sir – davlat siri, oynaning siri, kostrulning siri; ot – ism, hayvon, atama, fe‘l kabi. 
Omonimlar  badiiy  adabiyotda,  og‘zaki  nutqda,  ayniqsa,  askiyada  so‘z  o‘yini, 
qochiriq  ma‘nolarni  ifodalash  uchun  keng  qo‘llaniladi.  SHuningdek,  o‘zbek 
adabiyotida omonim so‘zlar qofiyasiga asoslangan tuyuq janri ham mavjud. 
Sinonimlar.  Sinonimlar  yozilishi  va  talaffuzi  jihatidan  turlicha,  anglatadigan 
ma‘nolari  esa  o‘zaro  yaqin  bo‘lgan  so‘zlardir.  Sinonimlar  tushuncha  ifodalashda 
bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsalar ham, ma‘no nozikligini ifodalashda bir-biridan 
farq qiladi. Masalan: odam, inson, kishi, kimsa, bashar, shaxs so‘zlarini har doim 
ham  biri  o‘rnida  ikkinchisini  qo‘llab  bo‘lmaydi.  Osmon,  ko‘k,  havo,  falak, samo, 
gardun  so‘zlari  ham  ma‘no  qirralari  va  qo‘llanish  uslubi  hamda  doirasi  jihatidan 
o‘zaro farqlanadi. Sinonim so‘zlar majmuiga sinonimik qator deyiladi. Sinonimik 
qatorni tuzishda ma‘nosiga ko‘ra betaraf bo‘lgan so‘z asos qilib olinadi. 
SH.Rahmatullaev tomonidan tuzilgan («O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» 
(Toshkent,  1984)  dan  tildagi  mazkur  birliklar  to‘g‘risida  ham  nazariy,  ham 
amaliyotda qo‘l keladigan ma‘lumotlar olishimiz mumkin.  
Olimning  ta‘kidlashicha,  bir  til  doirasida  so‘zlarning  shakliy  o‘xshashligi, 
metonimiyaga  uchrashi,  ma‘no  tarqqiyotida  o‘zgarishlar,  o‘sishlar  ro‘y  berishi, 
o‘zga  tillardan  birliklar  qabul  qilinishi  kabi  omillar  omonimlarning  yuzaga 
kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Masalan,  ushbu  lug‘atdan 
dam
  so‘zi  haqida  quyidagi 
ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz: 


 
15 
1. ot – 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə