Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik


§. Lug‘atlarning ko‘zlangan maqsadga ko‘ra turlari



Yüklə 71,41 Kb.
səhifə14/15
tarix29.11.2023
ölçüsü71,41 Kb.
#138964
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik-fayllar.org

§. Lug‘atlarning ko‘zlangan maqsadga ko‘ra turlari
Lug‘atlar ko‘zlangan maqsadga ko‘ra dastlab ikki tipga bo’linädi:
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar. 2. Lisoniy (lingvistik) lug‘atlar.
1. Ensiklopedik lug‘atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shahar- lar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug’atlarda asosiy e’tibor tildagi so‘zlarga emas, balki shu so‘zlar yoki so‘z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi.
Ensiklopedik lug‘atlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi.
Universal ensiklopediyalar. Bunday lug‘atlarda ishlab chiqarishning, fan, adabiyot, tabiat, jamiyat va hokazolarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar, hodisalar va shu sohalarda tanilgan buyuk shaxslar (olimlar, ixtirochilar, yozuvchilar, shoirlar, davlat arboblari, qahramonlar, san’atkorlar) haqida ma’lumot beriladi. «0‘zbek... ensiklopediyasi» (14-jildlik, 1971 — 1980), shu künlarda yaratilayotgan «0‘zbek milliy ensiklopediyasi» (uning bir necha jildi nashrdan chiqdi) bunga misol bo‘ladi.
Sofia ensiklopediyalari. Bunday ensiklopediyalarda faqat bir sohaga oid materialiar beriladi: «Zoologiya ensiklopediyasi» (3 jildlik. Tesha Zohidov, 1960—1969), Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensiklopedik lug‘at (Q.Z.Zokirov, H.AJamolxonov, 1973) shular jumlasidandir.
Lisoniy lug‘atlarda so‘z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug‘atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to'plash maqsad qilinadi.
Lisoniy lug'atlar ham dastlab ikki turga — umumiy va xususiy (maxsus) lug‘atlarga bo'linadi.
Umumiy lug'atlarda umumtil birliklari, ularning ma’nolari va qo'llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug‘atlar bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli, izohli, izohsiz bo'lishi mumkin. «0‘zbek tilining izohli lug‘ati» (ikki tomli, 1981), «0‘zbekcha-ruscha lug‘at» (1959), «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (besh tomli, 1950—1955) va boshqalar shular jumlasidandir.
Xususiy (maxsus) lug'aüarda tilning lug'at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo'yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo'yicha tanlab izohlanadi. «Ruscha-o‘zbekcha fizik terminlar lug‘ati» (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), «Ruscha-o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati» (M.Sobirov, 1952), «0‘zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati» (A.Hojiyev, 1974), «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 2002), «0‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1978), «Imlo lug‘ati» (Olim Usmon, 1949), «0‘zbek tilining imlo lug‘ati» (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), «0‘zbek ismlari» (E.Begmatov, 1991), «0‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1984), «0‘zbek tili antonimlarining izohli lug'ati» (Sh.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.Shukurov, 1980), «Ruscha-o'zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati» (Q.Zokirov, M.M.Nabiyev, O'.Pratov, H.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda o'zbek tilida yana bir qator yangi lug'atlar yuzaga keldi: «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at-ma’lumotnoma» (N.Mahmudov,
, «0‘zbek ismlari» (E.Begmatov, 1991), «0‘zbek tilining etimologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 2000), «0'zbek tilining imlo lug'ati» (Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), «0'zbektili tasviriy ifodalarining izohli lug‘ati» (R.Rasulov, I.Umirov, 1997), Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati (A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, K.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Quronov, 2001), «Turkcha- o'zbekcha, o'zbekcha-turkcha lug‘at» (Nizomiddin Mahmud, Ertug'ul Yaman, 1993) shular jumlasidandir.
Tanlangan tillar miqdoriga ko‘ra lug‘atlar bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli bo‘ladi: «Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati» (H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimova, 1967) bir tilli; «Ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha geografiya terminlari lug‘ati» (H.H.Hasanov, 1964), «Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at» (N.T.Hotamov, 1969), «Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati» (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiyev, 0‘.Pratov, H.A.Jamolxonov, 1963), «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli; «Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati» (A.A.Asqarov, H.Z.Zohidov, 1964). «Botanikadan ruscha-o‘zbekcha .ensikopedik lug‘at»ga (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov) ilova qilingan «Botanik nom va terminlarning o'zbekcha-ruscha-lotincha so‘zligi» (201— 254- betlar) hamda «Botanik nom va terminlarning lotincha-ruscha- o‘zbekcha so‘zligi» (255—294- betlar), «Zoologiya ensiklopediyasi»ga (T.Z.Zohidov) ilova qilingan «Sutemizuvchilarning o‘zbekcha-lotincha- ruscha nomlari» (1960, 210—228-betlar) hamda «Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilaming o‘zbekcha-lotincha-ruscha nomlari» (1969, 195—226- betlar) esa ko‘p tilli lug‘atlardir.
Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. Shu sababli ular tarjima lug‘atlari deb ham yuritiladi.

Yüklə 71,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə