Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik


Orfografiya haqida ma’lumot



Yüklə 71,41 Kb.
səhifə8/15
tarix29.11.2023
ölçüsü71,41 Kb.
#138964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik-fayllar.org

Orfografiya haqida ma’lumot
Orfografiya (grek. orthos — «to‘g‘ri» + grapho — «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, odam so'zida «d» ning yozilishi «d» grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga
101
mos, shu sababli bu so‘zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi. Savod so‘zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi: so'z oxiridagi «d» jarangsiz «t» ga o‘tadi {savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) — savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo‘shma so‘z komponentlarining qo‘shilib yoki ajratilib yozilishini, so‘z qismlarining satrdan satrga ko‘chirilishini, bosh va kichik harflaming qo‘llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo'lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.

Adabiy tilning og'zaki shaklida so‘z tanlash, gap tuzish va to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa,uning yozma shaklida orfografiya me’yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me’yorlarga amal qilish yozma nutq mazmunining to'g'ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy rolini mustahkamlashda buning o‘ziga yarasha ahamiyati bor.


§. Orfografiya prinsiplari
Orfografiya prinsiplari — orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo'lgan prinsiplar. Ularning quyidagi turlari bor:
Fonetik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko'ra so‘z yoki so‘z shakllari talaffuzdagi ko'rinishiga mos ravishda yoziladi. Masalan, tojik tilidagi tanur so'zining o'zbek tilida tandir deb, ruscha meniKa so'zining esa cho‘tka deb yozilishi shu so'zlarning o'zbek tilidagi talaffuz me’yorlariga (fonetik prinsipga) asoslanadi. Shuningdek, ek+gan, ek+guncha kabi so'z shakllari ham o'zbek yozuvi imlo qoidalariga ko'ra ekkan, ekkuncha deb (talaffuziga mos tarzda) yoziladi.
Quyidagi holatlarda ham fonetik prinsipga amal qilinadi:

ayrim otlarga egalik affiksi qo'shilganda: burun > burni, ko‘ngil > ko ‘nglim, og‘iz > og‘zing, o ‘g‘il > o ‘g‘lim kabi; .
ayrim sifatlardan fe’l yasalganda: ulug‘> ulg‘aymoq, sariq > sarg‘aymoq kabi;


qotmoq, achimoq, isimoq fe’llaridan sifat yasalganda: qot(moq) > qattiq, achi(moq) > achchiq, isi(moq) > issiq kabi;

son, ot, yosh, ong so'zlaridan fe’l yasalganda: son> sana, ot > atamoq, yosh > yashamoq, ong > anglamoq kabi;
ikki, yetti sonlariga «-ov» affïksi qo‘shilganda: ikki > ikkov, yetti > yettov kabi;
«-a» yoki «-ya» bilan tugagan fe’llarga «-v» yoki «-q» qo‘shilib ot yasalganda: tanla> tanlov, sana> sanov, so‘ra> so‘roq, bo‘ya> bö‘yoq, sayla > saylov kabi.
Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o'zlashtirilishini ham osonlashtiradi.
Fonematik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra harflar (yoki grafemalar) so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanadi. Chunonchli, kitob, omadso‘zlarining oxiridagi «b» va «d» fonemalari jarangsiz «p» (kitop) va jarangsiz «t» (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda «b» (kitob) va «d» (omad) harflari bilan yoziladi. j
O'zbek tilshunosligida «fonematik prinsip» tushunchasi XX asrning oxirrog'ida qo‘llana boshlandi, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib kelingan. Rus tilshunosligida yozuvning fon§maga tayanisni haqidagi dastlabki flkr 1928- yilda N.F. Yakovlev tomonidan aytilgan edi, ammo u bu fikrni orfografiyaga nisbatan emas, yozuvning o'zigä nisbatan bildiradi. Orfografiyaga nisbatan bu fikr birinchi marta 1930) yilda R.I.Avanesov va V.N.Sidorovlar tomonidan bildiriladi: ular imloning bu tamoyilini fonologik prinsip deb atashadi.
Rus tili imlosining fonematik xarakteriga oid nazariya esa dastlab I.S.Ilyinskaya va V.N.Sidorovlarning maxsus maqolasida ancha keng yoritilgan. Keyinroq bu prinsip A.A. Reformatskiy tomonidan shunday ta’dflanadi: «Yozuvning fonematik prinsipi shundan iboratki,unga ko‘ra har bir fonema qaysi pozitsiyada qo'llangan bo'lishidan qat’iy nazar o'ziga bi/iktirilgan harf bilan ifodalanadi».
Orfoepiya so'zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o'zak va qo'shimchalardan iborat so'/ formalarini to'g'ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo'limi ham orfoepiya deyiladi.
Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi — jonli tildagi turlicha talaffuz ko'rinishlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.. Masalan, o'zbek shevalarida bir so'z turlicha talaffuz qilinadi: yo'q-jo'q, ko‘z-go‘z, ota-ata, aka-oka, anor-onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo'shimchasi shevalarda -yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shakllarida qo'llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan.
To'g'ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham o'quvchi va talabalarda to'g'ri talaffuz ko'nikmalarining shakl la nt i ri 1 ish iga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.



Yüklə 71,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə