Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


SUPERSTRAT     ing.   superstratum.  Kelgindilar  tilining  yerli  aholi  tilidagi  izlari, ta’siri.  SUBSTRAT



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/145
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#82198
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145
tilshunoslikka kirish

 SUPERSTRAT
   
ing.
  superstratum.  Kelgindilar  tilining  yerli  aholi  tilidagi 
izlari, ta’siri. 
SUBSTRAT
   
ing.
  substratum.  Turli-tuman  hodisalarning  umumiy  asosi. 
Hodisalar  o’rtasidagi  umumiylik  yoki  o’xshashlikning    negizi.  Bir  tilning 
ikkinchi tildagi ta’siri, izi. Bir tilni boshqa til ta’sirida  o’rganish. 
URUG’ 
  O’zaro  qon-qardosh  bo’lgan  kishilardan  iborat  dastlabki  asosiy  
jamoa,  uyushma,  tashkilot.   Bir ota-bobodan, bir ajdoddan kelib chiqqan 
kishilar. 
QABILA
    sinfiy  jamiyatgacha  qarindoshlik  munosabatlari,    urf-odatlari,  til 
va hudud jihatdan  o’zaro bog’langan kishilar uyushmasi. 
XALQ 
 
ing.
 people. 
nem
. Volk. 
rus
. narod. Muayyan mamlakatning barcha 
aholisi, ijtimoiy birlik, etnik birlik. 
MILLAT
   
ing.
  nation.
  nem
.  Nation. 
rus
.  natsiya.  Tarixan  tashkil  topgan, 
madaniyati, tili, hududi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyl i-
gi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi. 
MILLIY  TIL
  
ing
. national language. 
nem
. Nationalsprache. 
rus
. natsional-
niy  yazik.   Bir millat kishilariga hos  bo’lgan aloqa vositasi. Bir millatga 
hos bo’lgan til. 
ADABIY  TIL
 
 ing.
 literary language. 
nem
. Literatursprache. 
rus
. literaturniy 
yazik.  Ummumxalq  tilining  qayta  ishlanib  normalashtirilgan  shakli.  U  har 
bir millatning ijtimoiy faoliyatida yozma va og’zaki tarzda xizmat qiladi. 
DIALEKT
 
  ing.
 dialect. 
nem
. Mundart. 
rus
. dialekt. Umumiy adabiy tildan 
ma’lum xususiyatlari bilan farq qiluvchi mahalliy sheva. 
SHEVA
   
ing
.  subdialect. 
rus
.  govor.  Umumxalq  tilining  ma’lum  hududga 
hos tarmog’i, mahalliy til, laxja. 
JARGON
   
ing
.  jargon,  lingo  cont. 
nem
.  Rotwelsch.  Faqat  ma’lum guruh 
kishilari tushuna oladigan shartli til, argo. 
ANALOGIYA
   
ing.
  analogy. 
nem
.    Analogie,  Angleichung.  o’xshatish,  
o’xshatma:  tildagi  bir-biridan  uzoq  hodisalarning  o’xshashligi  asosida 
o’zaro yaqinlashuvi. 
ANALOGIST
  narsa  bilan  uning  nomi  o’rtasida  muayyan  bog’lanish  BOR 
deb hisoblovchi olimlar, klassik falsafa vakillari. 


 
25 
ANAMALIYA
    o’xshamaslik,  umumiy  yoki  standart  qolipga  o’xshamaslik, 
mos kelmaslik. 
ANAMALIST
    narsa  bilan  uning  nomi  o’rtasida  muayan  bog’lanish  YOQ 
deb hisoblovchi olimlar, klassik falsafa vakillari.   

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə