“tiqxmmi” mtu yrk fakulteti 209-guruh talabasi Ro’ziboyev Akmaljon Davlat kadastr asoslari fanidan tayyorlangan Mustaqil ta’lim taqdimoti



Yüklə 3,75 Mb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#141810
  1   2   3   4
Taqdimot (1)

“TIQXMMI” MTU YRK fakulteti 209-guruh talabasi Ro’ziboyev Akmaljon Davlat kadastr asoslari fanidan tayyorlangan Mustaqil ta’lim taqdimoti.

Avtomobil yo’llari davlat kadastri

  • Avtomobil yo‘llari davlat kadastri (AYDK) “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
  • AYDK — bu avtomobil yo‘llari obyektlari, ularning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
  • Mavjud bo‘lgan va qurilayotgan avtomobil yo‘llari, maxsus inshootlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan avtomobil yo‘llarining boshqa obyektlari AYDK obyektlari hisoblanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Quyidagilar AYDKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari obyektlarini to‘liq qamrab olish; makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo‘llash; barcha obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
  • AYDKni yuritish avtomobil yo‘llari obyektlarini xatlash, hisobga olish, baholash bilan ta’minlanadi hamda davlat yer kadastri kadastr axborotlaridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
  • Bino va inshootlar davlat kadastridan AYDKga berilayotgan avtomobil yo‘llari obyektlariga tegishli bo‘lgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə