Togʻay to’qimasi regeneratsiyasi



Yüklə 8,7 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,7 Kb.
#157970
1   2   3
Togʻay to’qimasi regeneratsiyasi-hozir.org

Hujayralararo modda
Hujayralararo modda - tolalar va asosiy moddadan tashkil topgan. Gialin tog`ayda II tip kollagen (xondrin) tolalar bo`lsa, elastik tog`ayda kollagen tolalar bilan bir qatorda elastik tolalar ham juda ko`p. Xondrin tolalarnilg tuzilishi asl biriktiruvchi to`qimanichg kollagen tolalarini eslatadi. Kollagen tolalarning nur sindirish qobiliyati asosiy moddanikiga taxminan teng bo`lgani uchun ular oddiy yorug`lik mikroskopi ostida ko`rinmaydi.
GIALIN TOG’AY TO’QIMASI
Gialin tog`ay ko`p uchraydigan tog`ay turidir. Embrion skeletining ko`p qismi voyaga yetgan organizmda esa qovurg`alarning to`sh suyagiga tutashish joyi, bo`g`imlar yuzasi va havo o`tkazuvchi yo`llar devori gialin tog`aydan tuzilgandir. U ko`kimtir rangi bilan farqlanadi.
Tog`ay tashqi tomondan biriktiruvchi to`qimaning yupqa qavati - perixondr bilan qoplangan (79 - rasm). Tog`ayning yuqori qavatidagi xondrotsit hujayralari xondroblast hujayralaridan ko`p farq qilmaydi, chuqurroq savatida esa tog`ay hujayralari asta-sekin kattalashadi. Xondrotsitning yuzasi tekis bo`lmay elektron mikroskopda ko`rinuvchi mikrovorsinkalari bor (80-rasm). Bu hujayralar yadrosi yumaloq bo`lib, xromatini kamdir. Sitoplazmasida kontsentrik sisternalar shaklida endoplazmatik to`r joylashganligi ko`rinadi.
Gialin tog`ay. Kekirdakdan tayyorlangan. Gematoksilin-eozin bilan bo`yal-
gan. 0b. 10. ok.10.
1 - togay ustki pardasi; 2 - yosh tog`ay hujayralar; 3 - izogen gruppa; 4 - oraliq asosiy
modda.
Xondrotsit. O`pka bronxidagi gialin tog`ay. Elektron mikrofotogramma.
1 - yadro; 2 - Golji zonasi; 3 - lipid tomchilari; 4 - glikogen donachalari; 5 - mitoxon- driyalar; 7 - donador endoplazmatik to`r; 7 - sitoplazmatik tolalar; 8 - vakuola; 9 - hujayraning arrasimon qirrasi; 10 -kapsula sohasi; 11 - asosiy modda; 12 - qo`shni xondrotsitning bir qismi (Rodindan).
ELASTIK TOG’AY TO’QIMASI
Elastik tog`ay quloq suprasida, hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog`aylarda), hiqildoq usti tog`ayida uchraydi. Ular sarg`ish rangli, xira bo`ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog`ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo`lib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi (81-rasm). Elastik tog`ay hujayralarining sitoplazmasida gialin tog`aydan farqli ravishda yog` va glikogen kam to`planadi (82-rasm). Hujayralararo moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to`rni hosil qiluvchi elastik tolalarni ko`rish mumkin. Bu elastik tolalar tog`ay ust pardasiga o`tib ketadi. Elastik tog`ayda ohaklanish kuzatilmaydi.
Elastik tog`ay. Quloq suprasidan tayyorlangan. Orsein bilan bo`yalgan.0b. 10, ok. 10.
1 - tog`ay ustki pardasi; 2 - yosh togay hujayralari; 3 - izogen gruppalar; 4 -oraliq asosiy modda; 5 - elastik tolalar.

Yüklə 8,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə