To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov


Mavzu 8 :Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi Reja



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə59/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

Mavzu 8 :Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi
Reja :
1.Auditorlik tekshiruvi bosqichlari xaqida tushuncha
2.Auditorlik tekshiruvlari yakuniy bosqichlari
3.Auditor tekshiruvi haqida umumiy tushuncha
Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda hujjatlashtirishda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanishi zarur:



  • maxsus ishlab chiqilgan testlar;

  • rahbar xodimlar va buxgalteriya xodimlarining fikrlarini aniqlash uchun namunaviy savollar ro’yxati;

  • maxsus blankalar va tekshiruv varaqalari; bloksxemalar va grafiklar;

  • kamchiliklar ro’yxati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar.

O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’ri-sida»gi qonunida ichki nazoratga taaluqli qandaydir maxsus talablar yo’q. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baholashda ikkita omilga tayanadi

  • ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun ham bir xil - buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash;

  • auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat ho-latini ekspertiza qilish natijalarini aks ettirish zarur.

Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi auditni rejalashtirish, shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik, auditor tomonidan dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan ishlarning borishi to’g’risida ma’lum tasavvurga ega. Dastlabki dastur sifatida o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvining dasturi olinib, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimini dastlabki tahlil qilish va samarasizlik xavf-xatarini baholash natijalariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Auditorlik tekshiruvi dasturi moliyaviy hisobotdagi axborotlarning ishonchliligini tasdiqlashga qaratilgan amallar ro’yxatidan iborat. Har bir auditorlik amalining turi, o’tkazish vaqti va miqyosi aniqlanib, u moliyaviy hisobotning bir yoki bir necha ko’rsatkichlari bilan bevosita bog’liq. Auditorlik amallarining ettita asosiy turi mavjud: qayta sanash, kuzatish, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, nusxa ko’chirish va tahlil qilish amallari. Auditorlik amallarini o’tkazish vaqti turlicha bo’lishi mumkin: balans tuzgunga qadar yoki tuzilganidan so’ng. Bajariladigan amallar miqyosi ishlar hajmiga bog’liq bo’lib, ushbu amallarni safarbar qilish chog’ida bajarilishi mumkin.
Ichki nazorat tizimini baholashning navbatdagi maqsadi - bu uni takomillashtirish bo’yicha konstruktiv takliflar ishlab chi-qishdir. Auditor ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, o’z takliflarini mijozga taqdim etiladigan maxsus xatda bayon qiladi. Auditorlar ushbu takliflarni auditorlik tekshiruvining elementi sifatida rasman qabul qilib, ularni konsultatsiya xizmatlari qatoriga kiritmaydi. Berilgan takliflarga rioya qilish yoki qilmaslikni mijozning o’zi hal etadi. Takliflar bayon qilingan xat audit jarayoni yakunlanganidan so’ng yoziladi.



Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə