To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov


Mavzu7 : Auditorlik dalillar va auditorlik tanlash Reja



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə58/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

Mavzu7 : Auditorlik dalillar va auditorlik tanlash
Reja :
1.Auditorlik dalillar haqida tushuncha
2.Auditorlik tanlashhaqida tushuncha
Faoliyat sohasini bayon qilishda auditor asosiy diqqat-e’tiborini ichki nazoratning alohida uchastkalariga qarata-di. Turli tarmoqlardagi ayrim muomalalar va schyotlarga nisbatan nazoratning kuchaytirilishi boshqalari uchun samarasiz bo’lishi mutlaqo ayon. Masalan, savdoda tovar zahiralarini nazorat qilish, amalda etarli darajada samarali bo’lib, ayni paytda sanoatda materiallarni nazorat qilish kassani nazorat qilishdan samarasiz bo’lishi mumkin.

To’g’ri yo’lga qo’yilgan ichki nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, natijada, noto’g’ri, befoyda qarorlar qabul qilish hamda zararlar vujudga kelishini imkon qadar kamaytiradi. Bu ko’zda tutilmagan xatolarga ham, ataylab qilinganlariga ham, to’lig’icha taalluqlidir. Buning ustiga ichki nazorat yaxshi yo’lga qo’yilganda tasodifiy xatolar oson aniqla-nadi, ataylab qasddan qilingan xatolar esa faqat puxta o’ylangan doimiy tekshiruv va mas’uliyatlarni taqsimlash tizimi yordamida bartaraf qilinishi mumkin.

Ko’plab mutaxassislar ta’kidlashicha, ichki nazorat tizimi faqat korxonada ichki nazorat ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgandagina yaxshi samara beradi, jamoatchilik taftish komissiyasiga yuklanganida esa yomon ishlaydi, boshqalar esa ichki audit ichki nazorat tizimi elementlaridan birigina xalos deb tasdiqlaydilar. (7. 8. 13)

Ichki nazorat tizimi- bu buxgalteriya hisobi va hisobo-tining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan, hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir.

Yaxshi tashkil etilgan ichki nazorat tizimi quyidagi elementlari bilan tavsiflanadi:



  • axborotlarni to’plash tizimi mavjud xatolarni o’z vaqtida aniqlaydi;

  • amaldagi mas’uliyat tizimi har qanday vazifani boshdan oxirigacha yakka o’zi amalga oshirishiga yo’l qo’ymaydi;

  • har qanday muomalalarni muvofiqlashtirish tizimi mavjud;

  • inventarizatsiya muntazam ravishda o’tkaziladi;

  • buxgalteriya hisobotlari va rejadan chetga chiqishlar tahlil qilinadi.
    Agar har kunlik ish ichki nazorat ostida bo’lsa, daromadlar ko’payadi. Kundalik ish ishonchli bo’lsa daromadni yo’qo-tish xavf-xatari ham pasayadi.

    Ichki nazoratning tuzilishi turli xil bo’lishi, korxona faoliyati, uning hajmi, EHM bilan jihozlanganligi, rahbariyatning shaxsan nazorat qila olish imkoniyatlari va ko’plab boshqa omillarga bog’liq.






Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə