To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə66/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

Mavzu: 14 Moliyaviy natijalar
Reja:
1 Moliyaviy natijalar auditning me’yoriy xuquqiy asoslari.
2 Moliyaviy natijalar auditiningrejasi va dasturini tayyorlash .
3 Moliyaviy natijalarni shakillanishi va taqsimlanishi
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalarini o‘rganish va unga baho berishda moliyaviy natija ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Moliyaviy natija ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
-mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda;
-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda;
-umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
-soliq to‘languncha olingan foyda;
-sof foyda.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (ko‘rilgan zarar) ko‘rsatkichi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot (ish, xizmat) ko‘rsatishi bilan faoliyatiga baho berish, uni o‘rganishga yordam beradi. Ushbu ko‘rsatkichni taxlil etish orqali, korxonaning hisobot davridagi va kelgusidagi moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Mazkur moliyaviy ko‘rsatkich ya’ni mahsulot sotishdan olingan foyda moliyaviy hisobot №2 shakli bo‘yicha “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda” keltirilib, undagi ma’lumotlardan ichki va tashqi foydalanuvchilar bemalol foydalanishlari va tegishli xulosa chiqarishlari mumkin.
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan foyda, sotishdan olingan sof tuShum va ushbu mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi sifatida aniqlanib, korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish tannarxini imkoniyat darajasida kamaytirish ichki va tashqi omillarini izlash, topish, hamda ularni korxona xo‘jalik faoliyatiga tadbiq etish zaruriyatini Yuzaga keltinradi.
Bizga ma’lumki, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, xaridor talabini chuqur o‘rganish bilan birga, bozorni har tomonlama marketingini ham o‘rganish, o‘tqazish lozim. Aytaylik, bozorning faqat talabi o‘rganilib Shu talabdan kelib chiqib, taklif sifatida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqishdi. Ammo xuddi Shu taklif bilan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham bozorga chiqishlari mumkin. Demak, aniq ravshan ko‘rinib turibdiki, taklif etilayotgan mahsulot (ish, xizmat) nafaqat sifatining har tomonlama yaxshiligi, balki tannarxi arzonligi bilan ham ajralib turishi lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda-moliyaviy natijalar ko‘rsatkichining mohiyati korxona xo‘jalik faoliyatiga baho berish, uning kelgusidagi istiqbollarini rejalashtirish kabi tegishli xulosalarga tegishdi, hamda zaruriy qarorlar kabo‘l kilish, muhim chora tadbirlarni ishlab chiqib uni korxonaning kelgusidagi faoliyatiga tadbiq etish imkoniyatlarini yaratishidadir.Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining yana biri-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda bo‘lib, unga davr xarajatlari, hamda asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zaralar salbiy ta’sir ko‘rsatsa, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda-moliyaviy natija ko‘rsatkichining mohiyati Shundaki, mazkur ko‘rsatkichni o‘rganish taxlil etish orqali quyidagilar haqida tegishli xulosaga kelish mumkin.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davr xarajatlari (asosan ma’muriy boshqaruv xarajatlari) qay miqdorda, asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlar, hamda ko‘rilgan zaralar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar qancha miqdorga tengligi haqida ma’lumotlar olinadi. Bizga ma’lumki, davr xarajatlari uch qismga bo‘linadi:
1. Sotish xarajatlari;
2. Ma’muriy xarajatlar;
3. Boshqa operatsion xarajatlar.
Demak, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Yuqoridagi qismga bo‘linadigan davr xarajatlarining barcha moddalarini ham iloji boricha qisqartirish yo‘llarini topishga lozim bo‘ladi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar quyidagilar sifatida namoyon bo‘ladi:
-turli jarima, penya, hamda etkazilgan zararlarni qondirish bo‘yicha olingan daromadlar;
-o‘tgan yillardagi, ammo hisobot yilida aniqlangan foyda;
-asosiy fond va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
-tovar moddiy boyliklari (TMB) larini qayta baholash;
-davlat subsidiyalari sifatida olingan daromadlarni soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi;
-beg‘araz yordam sifatida olingan daromadlar;
-boshqa operatsion daromadlar.

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə