To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə68/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

GLOSSARIY

Aval – o‘tkazma veksel bo‘yicha to‘lov kafolatini beruvchi uchinchi yuridik shaxs.


Ajio – obligatsiyalarning tegishli muddatida (foizli to‘lovlar bilan bir qatorda) olinadigan qo‘shimcha daromad
Aktsiya – o‘z egasining aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aktsiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Aktsept o‘tkazma vekselni to‘lov kafolatini majburiyatini o‘z zimmasiga olish. Inglizcha “aktsept” o‘z moxiyatiga asosan “qabul qilindi”, “to‘layman” ma’nosini anglatadi. Aktsept yozma ravishda vekselning usti tomonida amalga oshiriladi.
Allonj – agar vekselda o‘tkazma yozuvlar uchun indossamentda joy etishmasa, tegishli yozuvlar uchun yopishtiriladigan qo‘shimcha varoq. Unda indossament vekselning o‘zida boshlanib allonjda tamon bo‘ladi.
Amerika optsioni – bu uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak sanada istalgan vaqtda ruxsat etiladigan shartnomadir.
Axborotni oshkor qilish – qimmatli qog‘ozlar bazarida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qat’iy nazar axborotdan foydalanishnini ta’minlash;
Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb xisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuasi amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish xamda qabul qilingan mablag‘’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
- to‘lovlarni amalga oshirish.
Bank vekseli – bu biror korxonaning mazkur bankda vekselda ko‘rsatilgan summada depozit qo‘yganini tasdiqlaydigan qimmatli qog‘ozdir
Brokerlik faoliyati – qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni topshiriq yoki vositachilik shartnomasi yoxud bunday bitimlarni bajarish uchun ishonch qog‘ozi ostida amal qiluvchi ishonchli shaxs yoki komissioner sifatida mukofot evaziga bajarishdir.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimatli qog‘oz;
Davlat qimmatli qog‘ozlari – O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
Depo hisobvarag‘i – deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisi;
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma – deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjat;
Depozitar operatsiyalar – hisobga olish registrlarida depozitariylar tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
Depozit sertifikati – bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Depozitariyning hisobga olish registrlari – depozitariyda qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan bnlgilangan yozuvlar tizimi;
Deponent – depozitariyda depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan shaxs;
Dividend – aktsiyalar bo‘yicha olinadigan daromad. Dividend, odatda, aktsiyadorlik jamiyatining foydasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar aktsiyadorlik jamiyati xisobot yili natijalariga ko‘ra katta foydaga ega bo‘lsa, unda katta dividend to‘lash imkoniyati bo‘ladi va aksincha. Agarda foyda mutlaqo bo‘lmasa, dividend to‘lanmasligi mumkin. Lekin, imtiyozli aktsiya bo‘yicha belgilab qo‘yilgan dividend aktsiyadorlik jamiyati xo‘jalik – moliya faoliyati natijalaridan qat’iy nazar to‘lab berilishi shart.
Dilerlik faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisiga doir bitimlarni o‘z nomidan va o‘z xisobidan muayyan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va (yoki) sotish narxlarini ochiqchasiga e’lon qilish yo‘li bilan ushbu qimmatli qog‘ozlarni e’lon qilishga narxlar bo‘yicha xarid qilish va (yoki) sotib olish majburiyati bilan amalga oshirishdir.
Dizajio – obligatsiyalarning o‘z qiymatidan past bo‘lgan kursda sotilishi.
Domitsilyatsiya – bu bironta uchinchi shaxsni veksel bo‘yicha to‘lovchi etib tayinlashdir.
Evropa optsioni – bu uning ijro etilishiga kelishilgan bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir.
Investitsiya aktivlari – qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘’lari va qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan boshqa mol – mulk ;
Investor – qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Indossament – qimmatli qog‘oz, veksel ustidagi ushbu hujjat bo‘yicha xuquqlarning boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi o‘tkazma yozuv.
Imtiyozli aktsiya – aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish xuquqini beradi va bu bilan boshqarishda ishtirok etish xuquqini bermaydi. Ularning imtiyozliligi, bir tomondan aktsiyadorlik jamiyati xo‘jalik faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, kafolatlanmagan dividendni olish imkoniyatidan, ikkinchi tomondan esa, aktsiyadorlik jamiyati tugatilgan vaqtda aktsiyalar qiymatini birinchi navbatda olish xuquqidan iborat.
Korporativ obligatsiyalar – ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
Noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar iushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;
Obligatsiyalar – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shahsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatga olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar;
Oddiy aktsiya – akdiyadorlar yig‘ilishida ovoz berish xuquqini beradi, u bo‘yicha olinadigan dividend miqdori esa, aktsiyadorlik jamiyatining yil davomidagi ish faoliyatini natijalariga bog‘liq va boshqa xuch narsa bilan kafolatlanmagan.
Optsionning ijro etilishi baxosi – bazis aktivining optsion shartnomasida kelishilgan narxi.
Remitent – o‘tkazma veksel bilan birga u bo‘yicha to‘lovni talab qilish xuquqini oluvchi dastlabki xaridor xisoblanadigan yuridik shaxs.
Rendit – obligatsiyalarning nominalidan farq qiladigan narxda sotilishi ko‘rsatkichi.
Sotish optsioni (rut) – o‘z egasiga kelajakda bazis aktivini qimmatli qog‘oz xosilasi shartlariga muvofiq sotish xuquqini beradi.
Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar – qimmatli qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish uchun kifoya qiladigan qimmatli qog‘ozlar;
Trassant – o‘tkazma vekselda veksel beruvchi yuridik shaxs.
Trassat – o‘tkazma vekselda to‘lovni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Fond birjasi – ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
Forfeyting – bu mol (tovarlarni) etkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha talablar qo‘yish xuquqini olish, ushbu talabga doir operatsiyalarni bajarish va uni inkasso qilish xatarini qabul qilishdir.
Xarid uchun optsion (Sall) – kelajakda qimmatli qog‘ozlar xosilasi tomonidan uning egasiga belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish xuquqini beradi.
Egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar – mulkiy huquqlarning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestri – ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati;
Emitent – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;
Emitentning optsioni – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini optsionda ko‘rsatilgan muddatda qatiy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag‘’lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qatiy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar;
Qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividentlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni xamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlar tizimi;
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari - qimmatli qog‘ozlar emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar;
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi - qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining mijozi (mijoz) – deponent yoki qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs;
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat - qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi;
Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar - qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi, ularni xadya qilish, meros qilib olish, ularni ustav fondiga kiritish va qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa aktlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar garovi;
Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers – o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qatiy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish - qimmatli qog‘ozlarni bitimlar tuzish orqali ularning dastlabki egalariga berish;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – depozitariylarda depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlash, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni xisobga olish va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati yagona tizimini taminlovchi davlat depozitariysi;
Qimmatli qog‘ozlarning muomalasi - qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar;
Qimmatliqog‘ozlarni nominal saqlovchi - qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan xolda boshqa shaxsning (qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning) topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobga olish va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi depozitariy;
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish – yuridik shaxsning fuqorolik huquqlarining obekti sifatida qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari;
Qimmatli qog‘ozlar egasi - qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Qimmatli qog‘ozlar egalari reestri – ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlarning nomi, miqdori, nominal qiymati va toifasi, shuningdek reestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan malumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxati;
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish;
Qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi – emitent va u chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi malumotlarni, shuningdek investorning qimmatli qog‘ozlar olish to‘g‘risidagi qaroriga tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari – o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar.


Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə