To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov


Mavzu 3: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə54/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

Mavzu 3: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish.
Reja:
1.Auditirlik tekshiruvini rejalashtirish tartib
2.Auditirlik tekshiruvini rejalashtirish bo’limlari va bosqichlari
3. Auditirlik tekshiruvini reja asosida o’tkazish

O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solishning rivojlanish bosqichlari 

I - bosqich 

II - bosqich 

III - bosqich 

1992yil – 2000yil 

2000 yil – 2007 yil 

2007 yil – hozirga qadar 



Shuni ta’kidlash muhimki, ushbu Qonun xalqaro tamoyillarga yaqinroq talablariga o’z vaqtida to’liq javob bergan. Qonunda dastlab quyidagi tushunchalar aniqlashtirildi: audit, auditor, auditorlik tashkiloti, auditorlik xulosasi, auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Shu bilan birgalikda, ushbu qonunda auditorlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, Auditorlar Palatasi faoliyatining huquqiy asoslari, moliyaviy hisobotlarni auditorlik xulosasi bilan birgalikda chop etish talablari, auditorlik tekshiruvlarini o’tqazishdagi cheklovlar va boshqa masalalar o’z aksini topgan edi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan qonunga muvofiq va mustaqil nazoratning maqsadga muvofiqligini kuchaytirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga boshqaruv faoliyati, buxgalteriya hisobi va moliya sohasida malakali yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va xo’jalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish to’g’risida” 1993 yil 3 maydagi 198-sonli Qarori qabul qilindi. Ta’kidlab o’tish joizki ushbu qarorda har yili majburiyauditorlik tekshiruvidan o’tuvchi xo’jalik yurituvchi sube’ktlar turlari belgilab qo’yilgan edi. Shuningdek ushbu qaror Auditor (auditorlik firmasi) to’g’risida vaqtinchalik nizom va Auditorlar Palatasi to’g’risida vaqtinchalik nizom, auditorlik firmalari va auditorlarning jamoat tashkiloti faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun aniq ravshan asossifatida xizmat qiladi. Shular qatorida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1993 yil 17 iyunda 293sonli “Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi, bu esa auditorlik firmalarining faoliyatini tashkil etishga bo’lgan davlatning oshib borayotgan qiziqishidan dalolat berar edi. Shu bilan birgalikda, Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 1994 yil 19 apreldagi 215sonli Qaroriga asosan, Auditorlik faoliyatini litsenziyalovchi davlat organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi belgilangan edi. Mamlakatimizda auditorlik faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida yana birmuhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat auditorlik va axborot xizmatlari ko’rsatish agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to’g’risida”gi 1996 yil 25 apreldagi 161sonli Qarorining qabul qilinishi bo’ldi, bu esa o’z navbatida qimmatli qog’ozlarbozori qatnashchilari moliya-xo’jalik faoliyatida auditning rivojlanishi uchun muhim turtki bo’ldi. Auditorlik faoliyatini yagona tizim sifatida to’liq rivojlanishida navbatdagi qadamlardan biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 iyuldagi PF-1500 sonli “Respublikada bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi hisoblandi, shunga muvofiq Respublika Markaziy bankiga quyidagi vakolatlar berilgan edi: 
O’zbekiston Respublikasi banklari tizimiga kiruvchi banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirilishini nazorat etish; 
auditorlarga Respublika tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarida qatnashish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish; 
auditolik tashkilotlariga Respublika tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarini o’tqazish huquqini beruvchi maxsus sertifikat berish va boshqalar.



Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə