To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə51/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA
MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HUZURIDAGI
TOVOQSOY
KO’P TARMOQLI TEXNIKUMI
5.32.06.01- Buxgalteriyahisobiva audit mutaxassisikasbibo’yicha

AUDIT” o’quvamaliyotidan


MA’RUZALAR MATNI
Ma’ruzlarmatni “Tabiiygumanitarvamaxsusfanlar” kafedrasining 10.11.2022 yil 5-son majlisida ko’rib chiqilib, Ped kengash muhokamasiga tavsiya etildi.
Tovoqsoy ko’p tarmoqli texnikumi Pedagogik kengashining 10.11. 2022 yil 5 sonli majlisida muhokama qilindi va ma’qullandi.

Mundarija

1Kirish



2 Аuditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari
3 OʼzbekistonRespublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari.
4 Аuditorlik tekshiruvini rejalashtirish.
5 Аuditorlik tekshiruvida muhimlilik va risk.
6 Pul mablaqlari auditi.
7 Аuditorlik tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini oʼrganish hamda baxolash.
8 Аuditorlik dalillar va auditorlik tanlash.
9 Аuditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi.
10 Аsosiy vositalar, kapital qoʼyilmalar va nomoddiy aktivlar auditi.
11 Tovar moddiy zahiralar auditi.
12 Ishlab chiqarish jarayoni auditi.
13 Hisob-kitoblar auditi.
14 Xususiy kapital shakllanishi va taqsimlanishi hamda taʼsischilar bilan hisoblashishlar auditi.
15 Moliyaviy natijalar auditi.
16 Ichki auditni oʼtkazish xususiyatlari.


Kirish
Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1993 yil 17 iyunda 293sonli “Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi, bu esa auditorlik firmalarining faoliyatini tashkil etishga bo’lgan davlatning oshib borayotgan qiziqishidan dalolat berar edi. Shu bilan birgalikda, Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 1994 yil 19 apreldagi 215sonli Qaroriga asosan, Auditorlik faoliyatini litsenziyalovchi davlat organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi belgilangan edi. Mamlakatimizda auditorlik faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida yana birmuhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat auditorlik va axborot xizmatlari ko’rsatish agentligini tashkil etishva uning faoliyati masalalari to’g’risida”gi 1996 yil 25 apreldagi 161sonli Qarorining qabul qilinishi bo’ldi, bu esa o’z navbatida qimmatli qog’ozlarbozori qatnashchilari moliyaxo’jalik faoliyatida auditning rivojlanishi uchun muhim turtki bo’ldi. Auditorlik faoliyatini yagona tizim sifatida to’liq rivojlanishida navbatdagi qadamlardan biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 iyuldagi PF1500 sonli “Respublikada bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi hisoblandi, shunga muvofiq Respublika Markaziy bankiga quyidagi vakolatlar berilgan edi: 
O’zbekiston Respublikasi banklari tizimiga kiruvchi banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirilishini nazorat etish;
auditorlarga Respublika tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarida qatnashish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish; 
auditolik tashkilotlariga Respublika tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarini o’tqazish huquqini beruvchi maxsus sertifikat berish va boshqalar.

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə