To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov


Mavzu 1: Auditning mjhiyati, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə52/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

Mavzu 1: Auditning mjhiyati, uning maqsadi va vazifalari


REJA:



  1. Auditning maqsadi

  2. Auditning vazifalari

Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:



  • axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;

  • noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorla-rining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;

  • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;

  • axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k.

Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.

Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.

Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.


Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə