Toshke n t «MA’ n aviyat» 2009



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/53
tarix28.11.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#136922
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Ermaklari ko‘knor ekan.
So‘rsam dedilar «Bo‘rbaliq»,
Birmuncha echkilar ariq,
Kelsa kishi yeyar tariq,
Shom-u sahar tayyor ekan.
«Oq yer»din o‘tdim, boylari —
Oliy imorat joylari,
Mehmonsiz 
оЧкау
oylari,
Kelsa birov nochor ekan.
Ammo nazarda «Roshidon»
Firdavs bog‘idin nishon,
0 ‘ynab oqar obi ravon,
Sahni gul-u gulzor ekan.
Ma’yus bordim «Zohidon»,
Bir ko‘cha ketguncha do‘kon,
Sho‘x odami, ichmay piyon,
Mast, otasi bezor ekan.
Suvlar sepilgan so‘rilar,
Bo‘rlangan o‘choq-mo‘rilar,
84


Tab’ing mabodo choy tilar,
Damlashlari ishqor ekan.
«Oltiariq» qursin o‘shal,
Sellarda qoldim bir mahal,
BoMdim ivib yomg‘urda shal,
To‘n shilta, ho‘l ezor ekan.
Mingboshisi so‘finamo,
Tasbih-u bo‘ynida rido,
Cho‘qub qochar zog‘i alo,
Bir dog‘uli ayyor ekan.
Xayr-u saxo vajhiga kar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan.
Ko‘rdim chuqur «Chimyon» erur,
Yer ostida zindon erur,
Dushmanlari mehmon erur,
Bog‘i uning tutzor ekan.
«Vodil» rnaqomi dilfizo,
Ko‘chaIaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga, obishor ekan.
85


Chun shahridin chiqdim «Qudash»,
Ko‘ngul bo‘lib mahzun-u g‘ash,
Majnunsifat, devonavash,
Serchashma-yu kam chang ekan.
«Yayfan» agarchi xushhavo,

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə