Toshkent arxitektura qurilish instituti arxitektura fakulteti arxitekturaviy loyihalash fanidan



Yüklə 1,59 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#128563
12-21 Ismoilov TOLIB loyiha


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA FAKULTETI
ARXITEKTURAVIY LOYIHALASH FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: O`rta va ko`p qavatli turar-joy binolari
Bajardi:12-21guruh talabasi;Ismoilov Tolibjon
Tekshirdi: Abdujabborova M .
Toshkent – 2023
Turar-uy joy qurilishi yer yuzida juda katta tarixga egadir. Chunki, odamzot paydo bo`lgandan beri u o`zini tashqi muhit va ta`sirlardan: dushmanlar, yirtqich hayvonlar, sovuq va issiqdan saqlanish uchun uy-joy qurgan shuningdek, uy-joy odamni dam olishga va ishlashiga asosiy omil bo`lib xizmat qilgan. Vaqt o`tishi bilan uy-joyning vazifasi, funksiyasi takomillashib va kengayib borgan. Uy-joylar me`morchiligi jamiyatning sotsial sharoitiga, vaqtning ruhiga va boshqa shart-sharoitlarga moslasha borgan. U oddiy chayla yoki g`ordan bizning davrimizga kelib hozirgi zamon turar-uy joyiga, ya`ni hozirgi mavjud jihozlar bilan takomillashgan ob`yektga aylandi.
Shaharlardagi yashash hududlarining tanqisligi tufayli O`zbekiston Respublikasi viloyatlari markazlari, mamlakat poytaxti va Qoraqalpog`iston Respublikasi shaharlarida vaqt o`tishi bilan aholini urbanizatsiyalashgan (jamlangan) holda joylashtiradigan turar – joy binolarining asosiy tiplarini ko`p qavatli (liftli) yashash uylari tashkil eta boshlaydi. Bunday uylarning keng ko`lamda qo`llanishi yashash hududlaridan va injenerlik kommunikatsiyalaridan yetarli darajada samarali foydalanish imkonini beradi. Uylarning bunday tipi ya`ni ko`p qavatli turar – joy binolarining arxitekturaviy rejasining turli – tuman ekani, hajmiy – obrazli va konstruktiv yechimlari bo`yicha, Markaziy Osiyo regionida yetarlicha keng tarqalgan.
Bugungi maqolamizda dunyodagi eng ulkan turar-joy binolari haqida gapirmoqchimiz. Marhamat ular bilan tanishing.
432 Park Avenue
Park Avenue Nyu-Yorkda joylashgan. Qurilish muddati 2012-2015 yillar.
Me'mori Urugvaylik Rafael Vignoli.
Qavatlar soni - 85.
Shift balandligi - 3,84 m.
Xonalar soni 104 ta.
Arxitektura uslubida geometrik shakllarning ustunligiga asoslanadi.
Princess Tower
Ko'p sonli honalarni o'z ichiga jamlagan bino Dubayda joylashgan. U 2012 yilda qurilgan.
Balandligi - 414 metr.
Maydoni - 171,2 kvadrat metr
Qavatlar soni - 101.
Xonalar soni - 763.
Avtoturargohlar soni 957 ta.
Bino balandligi bo'yicha Dubayda 2-o'rinda, dunyoda esa 21-o'rinda turadi.
Burdj-Xalifa
Burj-Xalifa Dubayning turar joy binosidir. Turar-joy binosida uylardan tashqari mehmonxona, restoran va ofis xonalari mavjud.
Balandligi - 828 m.
Qavatlar soni - 163 ta.
Maydoni - 344 kvadrat metr
Qurilish qiymati 1,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Xonalar soni 700 ta.
1 kvadrat metr narxi - 38 ming dollar.
Antiliya
Hindistonning turar-joy binosi xususiy sanaladi. U Bombeyda Mukesh Ambani tomonidan qurilgan. Qurilish muddati - 7 yil. Uyda 6 kishi yashaydi.
Balandligi - 173 m.
Qavatlar soni - 27.
Mavjud 9 ta lift.
Maydoni - 37 ming kvadrat metr
Yerga ega bo'lgan uyning narxi - 2 milliard dollar.
Binoda yashash joylaridan tashqari, kinoteatr, basseyn va sport zali mavjud. Fotosuratda me'moriy uslublarning qiziqarli aralashmasi ko'rsatilgan. Binoda 600 kishi xizmat qiladi. Olti qavati avtoulovlarni to'xtash uchun mo'ljallangan. Har bir qavat bitta oila a'zosi uchun jihozlangan.
Karl Marks Xof
Avstriyaning poytaxti Vena shahrida joylashgan.
Me'mori- Karl En.
Qurilish yili - 1930 yil
Uzunligi - 1100 m.
Aholi soni - 5000 kishi.
Kvartiraning maksimal maydoni 60 kv.m.
Hududda tibbiy bo'limlar va ofis xonalari mavjud. Proletariatning Ring ko'chasida joylashgan. Karl Marks Xof - Venaning sayyohlik maskanidir.
Ko`p qavatli turar-uylarning katta guruhini umumiy tipologik xususiyat birlashtiradi – ularda asosiy xonadondan tashqaridagi vertikal kommunikatsiya vazifasini liftlar bajaradi. Lift bo`lgani bilan zinapoya o`rniga o`tmaydi, zinapoya vertikal yo`nalishda muhim rol o`ynaydi. Ko`p qavatli turar uy- joylariga 6 qavatdan 9 qavatgacha bo`lgan uylar kiradi. 9-16 qavatli turar-uylar baland qavatli uylar turiga kirib, eng yaxshi iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega hvmda, ularda yashash uchun yetarlicha yuqori qulay sharoit yaratish mumkin. Bunday qavatli uylar yirik va yirikroq shaharlarda, hamda turar-uy fondining yuqori zichligi iqtisodiy jihatdan zarur bo`lgan hududlarda quriladi.

E`tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə