89
karkasdagi yuklar esa
faxverkka berilmaydigan qilib, ulanish konstruksiyasi
amalga oshiriladi, ya’ni ulanish sirpanuvchi tayanch yechimida bajariladi.
Baland ishlab chiqarish inshootlarida faxverk ustunlarining ustu- vorligini
oshirish uchun kran osti to‘sinlari sathida yotiq shamol fermalari o‘rnatiladi .
Vertikal bog‘lanishlar sanoat binolari karkaslarining bo‘ylama yo‘nalishda
bikrligini ta’minlaydi.
Harorat va boshqa ta’sirlardan hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarini kamaytirish
va ularni konstruksiyasini elementlararo taqsimlanishini ta’minlaydigan
bunday
vertikal bog‘lanishlarni temperatura bloki o‘rtasida joylashgan ustunlar oralig‘iga
o‘rnatiladi. Bunda ustunlar qadami 12m va 18m bo‘lgan hol uchun esa “peshtoq”
(portal) ko‘rinishdagi bog‘lanishlar qo‘llaniladi.
Bog‘lanishlar soni shamol va kran tormoz kuchini katta kichikligiga,
yopma
konstruksiyasiga “stropil osti to‘sini yoki fermasini bor yoki yo‘qligiga qarab”,
ustunlar qadami, tom yopmasini turiga “tekis yoki nishabli” qarab belgilanadi.
Nisbatan past binolar (7-8m) ustunlari oralig‘iga (yer silkinishi kuzatilmaydigan
joylarda) vertikal bog‘lanishlarni qo‘ymasa ham bo‘ladi. Bog‘lanishlarni prokat
metallardan, shveller yoki burchakliklardan tayyorlanib, ular ustunlarga payvandlash
orqali yoki boltlar yordamida qotiriladi.