93
2.19-rasm. Po‘lat kranosti to‘sini konstruksiyalari:
a – to‘sinlarni
temirbeton ustunlarga qotirish; b – bu ham po‘lat ustunlarga
qotirish; v – ilmoq (kryuk) yordamida relslarni to‘sinlarga qotirish; g –
bunda ham,
panjalar yordamida qotirish; 1 –
ustun tokchasi; 2 – po‘lat tasmadan (8x100mm)
yasalgan xomut; 3 – burchaklikdan ishlangan qotirish 4 – to‘sin to‘ri tayanch
qovurg‘asi; 5 – to‘sinlarni ust qismini ustunlarga qotiruvchi plankalar 6 – fasonka; –
bikirlik qovurg‘asi; 8 – to‘sin
yuqori tokchasi; 9 – ilmoq (kryuk); 10 – siquvchi
planka.
Temirbeton kran osti to‘sinlari
ko‘prik-kranlar
harakatlanadigan relslarni
tayantirish uchun xizmat qiladi. Kran osti to‘sinlari, shuningdek,
binoning uzunligi
bo‘yicha uning fazoviy birligini ta’minlaydi. Temirbeton kran osti to‘sinlari tavr-
trapesiya yoki qo‘shtavr shaklida tayyorlanadi. Bunday to‘sinlar ustunlar qadami 6 va
12 m, ko‘prik-kranning yuk ko‘tarishi 30 t gacha bo‘lganda qo‘llaniladi.
To‘sinlarning pastki qismi ustunning rafaqiga boltlarga tortish va payvandlash
orqali, ustki qismi esa ustunga (oldindan o‘rnatilgan po‘latga) payvandlash yo‘li bilan
mahkamlanadi. Yuk ko‘tarishi 10-30 t bo‘lgan kranlar ostiga R-43, KR-70, KR-80
markali relsiar qo‘llanilsa, 5-101 bo‘lganda esa R-38 ishlatilishi
maqsadga muvofiq
keladi. Bino chetlarida kranosti to‘sinlari ustiga kranni to‘xtatuvchi to‘siqlar
o‘rnatiladi.
94
Kran osti to‘sinining pastki qismi ustunlarga boltlar yordamida
mahkamlansa, ustki qismi to‘xtatuvchi fermalarga zichlanadi. Kran osti to‘sini
6-12 m uzunlikda, qo‘shtavr shaklida loyihalanadi. Ta’kidlash joizki, po‘latli
karkasning elementlarini konstruksiyasiyalash
qurilish konstruksiyalari
fanining metalli konstruksiyalar qismida to‘la o‘rganiladi.
Po‘lat fermalarning parallel tasmali. uchburchakli,
poligonal segmentli,
parabolik shakllari mavjud. Ular sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimiga
bog‘liq holda tanlanadi.