Toshkent axborot texnologiy



Yüklə 104,38 Kb.
səhifə4/11
tarix29.11.2023
ölçüsü104,38 Kb.
#139280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Andasbayeva Yulduz 2

2-savolga javob (bu yerda ikkinchi savolingizni javobini yozasiz)
Elektr tokidan himoya qilish vositalari necha guruhga bo‘linadi.

Elektr qurilmalami ishlatuvchi xodimning xavfsizligini ta’minlash uchun himoya vositalari qo‘llaniladi. Ular izolyatsiyalovchi, tusuvchi va saqlovchi vositalarga b o ‘linadi.Izolyatsiyalovchi himoya vositalari odamni tok o ‘tkazuvchi yoki yerga ulangan qismlardan hamda yerdan elektr jixatdan izolyatsiyalash ni ta’minlaydi. Ular asosiy va qo‘shimcha vositalarga bo‘linadi.Asosiy izolyatsiyalovchi, elektrdan himoyalovchi vositalar elektr qurilmaning ish kuchlanishiga uzoq muddat dosh berish va xodim kuchlanish ta’sirida bo‘lgan tok o ‘tkazuvchi qismlarga tegib ketganda uni tok shikastlashidan himoyalash xususiyatiga ega.


Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan E.X.V. quyidagi buyumlar kiradi: dielektrik qo’lqoplari, tezkor shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov qisqichlar, izolyatsiyalangan monter asboblari va kuchlanish ko’rsatkichlari. Eng keng qo’llanib kelayotgan rezinadan tayyorlangan dielektrik qo’lqoplari. Uni qo’llashdan oldin germetik holatini tekshirish kerak bo’ladi. Germetik buzilgan qo’lqoplarni qo’llash man etiladi.


Dastasi izolyatsiyalangan monter asboblarini kuchlanish ostida turgan kuchlanishi 220/380 V ga ega bo’lgan elektr uskunalarida qo’llanishi mumkin. Ko’pincha bir tomonli gayechniy kluchlar, otvertkalar, ombirlar, qisqichlar, pichoqlar qo’llanib kelinadi. Bularni barchasini dastalari plastmassadan tayyorlanishi talab etiladi, sababi bularda plastmassa asosiy himoya vositasi hisoblanadi.


  1. rasm. Izolyatsiyalangan monter asboblar.

Tok o’tkazuvchi qismlarda kuchlanishni bor-yo’qligini aniqlash uchun kuchlanish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Uni ishlash asosida aktiv tok o’tishi bilan neonli yoritqich yoritiladi. Kuchlanishni ko’rsatkichlarini tuzilishi bo’ladi; ikki va bir qutbli. Ikki qutbli ko’rsatkichlar kuchlanishi 220-500 V gacha ishlab chiqariladi va ularda ikkita shup bo’ladi. Ularni ishlatishida shuplari bir vaqtida ikkita fazaga tegib turish kerak bo’ladi. Bir qutbli ko’rsatkichlar avtoruchka shaklida ishlab chiqariladi. Uni ishlatish uchun shup bilan elektr uskunani tok o’tkazuvchi qismga tegib tursa boshqa barmoq bilan yuqori qismida joylashgan metalli kontakt bosiladi. Shu bilan birga tok odam tanasi orqali yerga o’tib ketadi. Ishlab chiqarish sharoitlarda bir qutbli ko’rsatkichlarni qo’llash man etiladi.


  1. rasm. Yuqori kuchlanish ko’rsatkichi.

а) sxemasi; б) umumiy qo’rinishi; 1- neonli yoritqichi; 2- kondensator; 3- kontakt uchi;
Izolyatsiyalovchi qisqichlarni trubkali saqlagich vositalarni ustida operasiyalarni o’tkazish uchun hamda bir qutbli ajratuvchilarni pichoqlariga qo’lqoplarni kiydirish va yechish uchun qo’llaniladi. Qisqichlar izolyatsiyasi plastmassadan tayyorlanadi.


  1. rasm. Izolyatsiyalovchi qisqichlari.

Izolyatsiyalovchi E.X.V. qo’shimcha bo’lib, dielektrik kalishlari (etiklar), rezinali gilamchalar, poyandozlar va podstavkalar qo’llaniladi.
Dielektrik etiklari va kalishlari inson oyog’ini tagidan izolyatsiyalash uchun qo’llaniladi. Elektr uskunani istalgan kuchlanishga ega bo’lgan etiklarni qo’llanishi mumkin, kalishlar esa faqat kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalarida qo’llaniladi.
Dielektrik gilamchalari va poyandozlar insonni tyagidan izolyatsiya qiladigan vositalar. Ularni yopiq elektr uskunadagi istalgan kuchlanishlarida qo’llanilsa bo’ladi.
Izolyatsiyalangan postavkalar ham insonni yerdan yoki poldan izolyatsiyalaydi. Elektr uskunani kuchlanishi 1000 V gacha bo’lsa, podstavkala farforli izolyatorsiz, kuchlanishi 1000 V dan oshiq bo’lsa, faqat farforli izolyatori bilan tayyorlanadi.

Yüklə 104,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə