Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə29/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Bootstrap hozirgi kunda eng ko‘p ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to‘liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o‘zingiz istagan sayt ko‘rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin.
Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to‘liq yuklab olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda esa Bootstrap to‘g‘risida tayyorlangan video darsni juda ko‘plab topish mumkin.
Bootstrap ilk «mobile first» framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko‘rinishiga qaratiladi. O‘zining moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi ekranlarda bir xil chiroyli ko‘rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end ustalarining ishini bir necha o‘n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML va CSS kodlarni to‘liq qo‘lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko‘rgandanoq bilib olishlari mumkin.
Bootstrap haqida to‘liq ma’lumotni tizimning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. U yerda framework ishlatilishi haqida yetarlicha tushuncha berilgan. Agar u yerda o‘rganish Siz uchun qiyinlik qilsa, Bootstrapning eng sodda darslarini w3schools saytining Bootstrap bo‘limidan topishingiz mumkin.
Bootstrap bilan ishlash ko‘nikmasini yaxshi o‘zlashtirganingizdan so‘ng u orqali sahifalar tayyorlab, internetda yaxshigina pul ishlab olishingiz mumkin. To‘g‘ri, juda ko‘p to‘lashmaydi, ammo 1-3 kunda bajarsa bo‘ladigan har bir loyiha uchun 50-100 dollar atrofida ishlab olishingiz mumkin.
Yii-Bootstrap Yiining maxsus kutubxonasi hisoblanib, yuqori sifatli widgetlarni o`z ichiga olgan. Yii-bootstrap forma komponentalari bilan bir qatorda foydalanuvchi uchun yengillik yaratuvchi komponentalarini o`z ichiga oladi. Bu widgetlarni yuklayotganingizda o`zi uchun tegishli bo`lgan jQuery kutubxonasini ham yuklab ishga tushadi.
Ushbu gipermurojaat orqali bootstrap kutubxonasini ko`chirib olish mumkin:
https://github.com/umar90/umar
Twitter Bootstrap texnologiyasiga asoslangan web-saytlar interfeysini yaratish uchun vizual tahrirlarni qaraymiz. Vizual tahrirlar web ishlab chiqaruvchilar va web dizaynerlar uchun kodlarni yozmasdan saytlar yaratishga imkon beradi. Shuningdek web sahifalarni ishlab chiqarish jarayonidagi har bir harakat natijasini real vaqt rejimida ko‘rish mumkin.
Biroq vizual tahrirlardan foydalanishdan oldin Twitter Bootstrap platformalarining asosiy tushunchalari bilan tanishgan ma’qul.
Ko‘plab web ishlab chiqaruvchilar web sahifalarni kodlar orqali bajarishni qulay hisoblaydilar.
Twitter Bootstrap texnologiyasiga asosan web sahifalar interfeysini yaratish uchun eng ommoviy vizual tahrirlarni qaraymiz.
Bootply – Twitter Bootstrap plotformalari yordami bilan web sahifalar yaratish uchun pulsiz vizual tahrir. Bootply tahririning qulayligi uni sozlash bo‘lib, u Bootstrap va jQuery rusumlarini tanlashga imkon beradi. Bundan tashqari Bootply Bootstrap platformasi bilan mos web sahifalar va turli kengaytmalarga bog‘lanishga imkon yaratadi. Shuningdek Bootply vizual tahrirning qiziq qulayliklaridan biri web sahifalar yaratishda kodlarni qo‘lda terish yo‘lining mavjudligi sinovdir (2.3.4- rasm).

2.3.4- rasm. Twitter Bootstrapning umumiy ko‘rinishi
Brix.io – Twitter Bootstrap platformalariga asoslangan bo‘lib, saytlar yaratish uchun onlayn vizual tahrirdir. U pulli uskunaariyadir, biroq 14-sinov versiyasidir. Brix.io tahririning asosiy xususiyatlaridan biri bir vaqtninshg o‘zida bir nechta loyihalar bilan ishlash mumkin.
Bundan tashqari Brix.io tahriri loyiha fayllarining ko‘rib chiqishga imkon beradi, ya’ni yangi HTML sahifalarni yaratadi, sahifaning mavzularini o‘zgartiradi, loyihaning CSS fayllarini tahrirlaydi, HTML sahifalarni kodlar yordamida tahrirlaydi va boshqalar(2.3.5- rasm).



2.3.5- rasm. The Bootstrap blogiga murojaat
DIVSHOT – bu web-xosting bo‘lib, statik web saytlarni joylashtirish uchun ishlatiladi(prednaznachen). DIVSHOTda statik web ilovalar ishlab chiqarish Bootstrap platformasida mavjud onlayn vizual uskunalar yordami bilan amalga oshiriladi(2.3.6- rasm).

2.3.6- rasm. Twitter Bootstrap boshlang‘ich fayli

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə