Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiy siyosatga kirish fani



Yüklə 10,94 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü10,94 Kb.
#156796
  1   2   3
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiy siyosatga kirish fani

Mavzu:Pul kredit siyosatining inflatsiya va iqtisodiy barqarorlikka ta’siri

Abdunabiyev Umarali

MEK-93

  • Reja
  • Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul-kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pulemissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
  • P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.

Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me'yorini o'zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o'z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo'ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo'lgan zaxiralarning eng quyi normasini o'rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta'sir etadi. Bu me'yor qanchalik yuqori bo'lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo'li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo'ladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko'pincha bir necha vosita birdaniga qo'llanilishi, ya'ni kompleks siyosat o'tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.

  • Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me'yorini o'zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o'z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo'ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo'lgan zaxiralarning eng quyi normasini o'rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta'sir etadi. Bu me'yor qanchalik yuqori bo'lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo'li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo'ladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko'pincha bir necha vosita birdaniga qo'llanilishi, ya'ni kompleks siyosat o'tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.

Yüklə 10,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə