Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Mehnat bozorida tartibga soluvchilarning harakatlari



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

2-rasm. Mehnat bozorida tartibga soluvchilarning harakatlari 
chizmasi.
 


30 
3.2. Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga 
solishdagi o‘rni 
 
Mehnat bozori munosabatlarini tartibga solish kompleks 
shartnoma tizimining qayishqoqligi, shuningdek, munosabatlari 
sohasida tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini roʻyobga chiqarish 
haqidagi keng yoyilgan to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lishdir
. Ayrim 
xodim muzokaralarda o‘zidan ancha kuchli sherigi – ish beruvchiga 
nisbatan yakka tartibda amalga oshiradigan xatti-harakatlari bilan 
qarshilik ko‘rsata olmaydi. Boz ustiga, jamoaviy shartnomaga ko‘ra, 
malakasi past hamda yetarli darajada yuqori unum bilan ishlay 
olmaydigan ishchi kuchining ish joyi muayyan muddatga saqlab 
turiladi. Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga 
erishish muhim ahamiyatga ega. Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat 
bozoridagi xo‘jalik subyektarining o‘zaro munosabatlaridagi mojaro-
larni uzicha bartaraf eta olmaydi. Chunki ushbu mojarolar asosini 
ijtimoiy manfaatlar, maqsadlar, intilishlar, talablardagi farqlar tashkil 
etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi manfaatlarni kelishib olish, bir 
qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish jarayonlarini 
ko‘zda tutsa-da, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish 
imkoniyatini ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma 
shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar asosida ijtimoiy va iqisodiy 
barqarorlikni ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, ya’ni 
ish tashlash yoki ishdan boʻshatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga 
majbur etadi. 
Kelajakda jamoaviy bitimlar, shuningdek, mehnat bozori faoli-
yatini, kadrlarni o‘qitish va malakalarini oshirish hamda o‘zgartirish, 
ularning ish haqi va ishsizlarni ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlarini 
tartibga solish masalalarini ham qamrab oladi. Shuni qayd etib o‘tish 
kerakki, asosan, jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va bevosita 
davlatning tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan 
ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal etilishi 
mumkin. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə