Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

IV BOB 
 
AHOLINING ISH BILAN OQILONA BANDLIGI 
 
4.1.Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat 
bozorining ta’siri 
 
Mehnatga qobiliyatli aholi oqilona bandligining shakllanishi 
faqat mehnat bozorining samarali rivojlanishida va iqtisodiyotning 
barcha sektorlarida tarkibiy islohotlar oʻtkazilishi asosida amalga 
oshirilishi mumkin
. Bular ortiqcha ishchi kuchining ommaviy ozod 
boʻlishi va ularni sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlariga va shaxsiy 
mehnat faoliyati sohalariga hamda shahar xalq xoʻjaligiga oqib oʻtishi 
xodimlar zaxiralarining shakllanishi va ularning bozor mexanizmlari 
asosida safarbar qilinishi va qayta taqsimlanishi jarayonini belgilab 
beradi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda «Oqilona bandlik» tushunchasi haqida 
turli xil nuqtayi nazarlar mavjud. Rus iqtisodchi olimi A.B. Naumov-
ning fikricha, “Oqilona bandlik” tushunchasi samarali toʻliq bandlik 
bilansinonim boʻladi. Umumiy koʻrinishda toʻliq bandlik ijtimoiy ishlab 
chiqarish sohasida mehnatga qobiliyatli aholining ish joylariga talabini 
butunlay qanoatlantirganligini bildiradi. Agar aholining ishchi joylariga 
talabi toʻla qanoatlantirilsa va ishchi kuchidan eng katta samara bilan 
foydalanilsa, unda aholi bandligi oqilona boʻladi [1, 41-b.]. Ukrain 
iqtisodchisi V.F.Onishenko ham xuddi shunday nuqtayi nazarni qoʻllab-
quvvatlab, ta’kidlaydiki, “Oqilona bandlik .... , toʻliq va samarali 
bandlikning birlashmasidir , .. . Oqilona bandlik oʻz ichiga quyidagilarni 
oladi: 1) aholining ijtimoiy foydali mehnatga ehtiyojini toʻliq 
qanoatlantirish; 2) ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni samarali 
muvofiqlashtirish; 3) ijtimoiy mehnat unumdorligining eng katta 
imkondagi darajasi va uning samaradorligi; 4) ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishining ma’lum darajasida aholining moddiy, ijtimoiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini imkoni boricha toʻliqroq qanoatlantirish” 
[2,41b.]. 
Mehnat bozorining rivojlanish sharoitlarida bu olimlarning 
oqilona bandlik – mehnatga qobiliyatli aholining doimiy ish joylariga 
talabini toʻliq qondiradi, degan fikrlariga qoʻshilish qiyin. Mehnat 


40 
bozori yoppasiga bandlikni ta’minlamaydi va raqobat asosida soni 
oʻzgarib turgan «doimiy» ishchi joylarini kafolatlamaydi. 
Fikrimizcha, 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə