P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P



P. SULTONOV
EKOLOGIYA
VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA
QILISH ASOSLARI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
P.S.SU L T O N O V
EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI
MUHOFAZA QILISH ASOSLARI
O 'zbekiston Respublikasi Oliy va о 'rta maxsus
ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv vurtlari
uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
«.YIUSIQA» nashriyoti 
Toshkent 
2007


Q .G ‘A F U R O V
texnika fanlari doktori, professor
M .R U S T A M O V A
Respublika «Ekosan» xalqaro jamg'armasining
Namangan vilovat bo ‘limi direktori
Q a t’iy b u y u rtm a .
ISBN 978-9943-307-20-9
® 0 ‘zbekiston D a v la t ko n serv ato riy asin in g « M usiqa» n ashriyoti, 2007-y.


KIRISH
Tabiat o'ziga xos murakkab tizim bo'lib, inson va jamiyat uning 
hosilasidir. U tab iat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z 
ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq- 
ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o ‘zining hayot 
faoliyati davomida tabiatga o‘z ta ’sirini ko ‘rsatadi. Natijada tabiat 
uchun yod bo ‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar 
va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, 
qishloq xo'jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati 
tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy 
m uhitiga o ‘z ta ’sirini ko'rsatm ay qolmaydi. Yer yuzida aholi 
sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli 
taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis 
tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq 
foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo 
qiladi. N atijada tabiat va inson o ‘rtasidagi o 'z a ro m unosabat 
qonunlari buziladi. Bu qonunlaming buzilishi esa ertami-kechmi 
ekologik inqirozga olib keladi.
H o zirg i k u n g a kelib, b u tu n d u n y o d a g i ekologik h o lat 
k o ‘pchilikni birdek bezovta qilmOqda. Ekologik halokat k o ‘z 
o ‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish 
va mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalari 
dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi 
va o ‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson 
ekanligi m a’lum bo ‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, 
tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlar 
qaysi jamiyatda yashashlaridan q at’i nazar insonlaming ekologik 
savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog‘liq. Mustaqil 
respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining 
ekologik savodxonligini oshirish eng u stu v o r v azifalardan 
hisoblanadi. Ayniqsa, t a ’lim tizimining barcha bosqichlarida 
«Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari» fanini o'qitish 
muhim ahamiyatga ega.


M a’lumki, hozirgi kunda umumta’lim maktablarida, maxsus litsey 
va ixtisoslashtirilgan o ‘quv yurtlarida, shuningdek, oliy o ‘quv 
yurtlarida ekologiya fani o ‘qitilmoqda. Bu hoi ta’limning har bir 
bosqichiga mos keladigan darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratishni 
taqozo qiladi. Ekologiya fani nihoyatda ko‘p tarmoqlarni o ‘z ichiga 
oladi. Masalan, bioekologiya, geoekologiya, ijtimoiy ekologiya, inson 
ekologiyasi va hokazo. Ekologiyaning barcha sohalarini faqat ayrim 
soha mutaxassisi o ‘zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun hozirga 
qadar ekologiya bo'yicha yaratilgan darslik yoki o ‘quv qo‘llanmalari 
uning mualliflari sohasiga moslab yozilgan. Shuning uchun mavjud 
darslik va o'quv qo‘llanmalari aynan shu soha bo'yicha ta’lim oluvchi 
yoki shu soha bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun ayni 
muddao.
Ushbu darslik mualliflarning bir necha yillar davomida turli 
ta ’lim yo'nalishlarida bilim oluvchi talabalarga ekologiya fanidan 
dars berish jarayonlarida to'plagan materiallari asosida tayyorlandi. 
Uni yozish davomida respublikamizda chop etilgan ekologiyaga doir 
barcha darslik va o'quv qo'llanm alaridan, shuningdek, chet el 
adabiyotlaridan keng foydalanildi. Darslikda ekologiyaning barcha 
tarmoqlarini qisqacha yoritishga, talabalar maxsus ekologiyani to'la 
tushunib olishlari uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
asoslarini yoritib berishga harakat qilingan.
D a rslik 6ta bob va 34ta b o 'lim d a n ib o ra t. D a rslik d a
ekologiyaning umumiy masalalari, havo, suv, yer va biosferaning 
ifloslanishi, ifloslantiruvchi m anba va m oddalari, ifloslanish 
oqibatlari, ularni b artaraf qilish chora-tadbirlari, atrof-m uhit 
muhofazasini tashkil etish va uning huquqiy asoslari, xalqaro 
ekologik hamkorlik, ekologik tarbiya va ta ’lim masalalari yoritilgan. 
H ar bir mavzu mohiyatini ochib berishda avval dunyo bo'yicha 
m a ’lum otlar berilib, so 'ngra respublikam izdagi ahvol talqin 
qilingan. Shuningdek, darslikda fransiyalik professor Fransua 
Ramadening «Ekologiya asoslari» nomli kitobidan o'zbek tiliga 
tarjim a qilingan m a ’lu m o tlar va tu rli chizm alardan keng 
foydalanilgan.



Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə