Journal of new century innovations



Yüklə 299,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.10.2023
ölçüsü299,09 Kb.
#127518
  1   2   3
101-103



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–32_Issue-2_Iyul_2023 
101 
DARVISHXON BOSHCHILIGIDAGI QO‘ZG‘OLON 
 
Aralov Jahongir Ne’matulla o’g’li 
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida 
ko’tarilgan bir qator qo’zg’olonlardan biri 1885-yilda Farg’onada bo’lib o’tgan 
Darveshxon boshchiligidagi qo’zg’olon va uning ahamiyatli jihatlari, shiddatli janglar 
hamda ozodlik uchun qilingan sa’y-harakatlar haqida so’z boradi. 
Kalit so’zlar:
Asaka qishlog’i, Mullaxo‘ja Nazirmirza, Chekto‘ra qishlog‘i, 
kapitan Bryanov, kapitan Glishanovskiy, podpolkovnik Deybner, Turkiston general-
gubernatori O.Rozenbax, Sutxona qishlog‘i. 
Podsho Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, 
ulug‘ davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy suratda mahalliy aholining 
o‘z milliy ozodligi, erki va insoniy haq-huquqlarini himoya qilish uchun muqaddas 
jangga otlantiradi. 
Rossiya hukumatining o‘tkazgan siyosatiga qarshi milliy ozodlik kurashlari juda 
ko‘p bo’lgan bo’lib, 1887—1897-yillar mobaynida Farg’ona, Samarqand va 
Sirdaryoda mustamlakachilar idoralariga qarshi 668 marta hujum bo‘lgan.
1897-1917-yillar orasida Turkistonda Rossiya imperiyasi bosqinchilariga qarshi 4922 
marta isyon bo’lgan[Misr o’gli Qodir. 537 b.]. Ana shu qo‘zg‘olonlar va milliy ozodlik 
kurashlaridan biri sifatida Darvishxon boshchligidagi qo’zg’olonni ham eslash joizdir. 
1885-yilda Farg‘ona vodiysida mustamlakachi hukumatga qarshi umumxalq 
qo‘zg‘oloniga tayyorgarlik ko‘rildi. Vodiyning bir qator joylarida qo‘zg‘olonga 
tayyorgarlik 
ko‘rish 
masalalari 
yashirin 
yig‘ilishlarda 
ko‘rilayotganidan 
mustamlakachi ma’murlar xabar topgan edilar. Shunday yig‘ilishlardan biri
1885-yil 16-avgustida Asaka qishlog‘ida Mullaxo‘ja Nazirmirza uyida bo‘lib o‘tadi[. 
www.uz.wikipedia.org. internet sayti.]. 
Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu 
yig‘ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o‘lkada milliy davlatni tiklash 
uchun mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi. 
Yig‘ilishda qo‘zg‘olon rejasi, uni o‘tkazish vaqti, qo‘zg‘olonga rahbarlik qiladigan 
shaxs kabi masalalar hal etiladi.
Qo‘zg‘olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To'ra ko‘rsatiladi. Bunga 
sabab bu vaqtda aholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga ancha tanilib 
qolgan edi. U Andijon uyezdi Qo‘rg‘ontepa volostiga qarashli Chekto‘ra qishlog‘i 
fuqarosi, qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo‘lib, Andijon va Qo‘qon 
uyezdlarida ancha katta yer mulkka ega bo‘lgan. Ammo shunga qaramasdan 



Yüklə 299,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə