Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 299,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü299,09 Kb.
#127518
1   2   3
101-103

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–32_Issue-2_Iyul_2023 
102 
Darvishxon o‘z manfaatidan xalq, vatan manfaatlarini ustun qo‘yib, milliy ozodlik 
harakatiga boshchilik qiladi[Shamsutdinov R…. 210 b.].
U qisqa vaqt ichida O‘sh, Andijon uyezdlari volost va qishloqlarida ko‘plab 
aholini qo‘zg‘olonga jalb eta oladi. Darvishxon boshliq qo‘zg‘olonchilar yangi 
Marg‘ilon shahrini Andijon va Qo‘qon bilan bog‘lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. 
Bu hodisa to‘g‘risida keyinchalik mustamlakachi hukumat vakillaridan biri «bu hodisa 
qo‘zg‘olon bo‘lishi muqarrar ekanligini ko‘rsatgan edi»[ Tillaboyev S. 12-13 b.] deb 
xotirlagan. 
Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ko‘lami tobora kengayib boradi. 
Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Shahrixon, Oltinko‘l, Jalolquduq, O‘sh uyezdining Novqat, 
Tutlik qishloqlari, Oqbo‘yra volosti, Marg‘ilon kabi joylar ham qo‘zg‘olon girdobiga 
tortilgandi. Qo‘zg‘olon shunchalik keskin tus oldiki, uni bostirish uchun 
mustamlakachi hukumat viloyatni turli joylariga, jumladan Andijon, O’sh va 
Marg‘ilon uyezdlariga harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo‘ladi. Vodiy bo‘ylab 
borgan sayin avj olayotgan Darvishxon rahbarligidagi qo‘zg‘olonni bostirish va uning 
rahbarlarini qo’lga olish vazifasi Andijon uyezdi boshlig‘i kapitan Bryanovga 
topshirilgandi[Shamsutdinov R…. 211 b.]. 
Uning ixtiyoriga O‘sh uyezdining boshlig‘i podpolkovnik Deybner, uning 
yordamchisi kapitan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy kuchlar yuboriladi. 
Qo‘zg‘olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi bor 17-
avgust kuni kechqurun to‘qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan Darvishxon 
boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar har tomonga chekinishga majbur bo‘ladilar. Shundan 
so‘ng Darvishxon Namangan tog’lari tomonida o‘z atrofiga 800 ga yaqin odam 
to‘plashga erishadi[. www.uz.wikipedia.org. internet sayti.].
Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon to‘g‘risida Turkiston general-gubernatori 
O.Rozenbax Rossiya harbiy vaziri P.S. Vannovskiyga yozgan xatida «qo‘zg‘olon 
viloyatning turli joylarida bir vaqtda boshlanishi va qo‘zg‘olonchilarning o‘g‘rilik va 
talonchilik qilmasdan, barcha aholini bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning to‘liq 
ma’noda amaldagi hukumatga qarshi qaratilganligini ko‘rsatadi... ular yomon 
qurollangan, oz sonli bo’lishlariga qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni keltirib 
chiqarishlari..., ayniqsa soliqlar to‘lanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi»»[ Tillaboyev S. 
22 b.].
Podsho Rossiyasi ma’murlari kuch bilan qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha 
bostirdilar. Qo‘zg‘olonchilardan shunchalik darajada ko‘p qamoqqa olindiki, hatto 
ularni qamash uchun joy masalasi muammo bo‘lib qolgandi, qo‘zg‘olon rahbari 
Darvishxon 1886-yil 22-fevralda Samarqand viloyatining Sutxona qishlog‘i yaqinida 
qo‘lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida qochib qutulib ketadi[O’zbekistonning yangi 
tarixi… 208 b]. Darvishxon akasi Iskandarning bergan ma’lumotiga ko‘ra 1889-yili 
Afg‘onistonda vafot etgan. Darveshxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon garchand 



Yüklə 299,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə