Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Uchinchi bosqichda
(2011–2020-y.y.) quyidagi vazifalarni 
amalga oshirish koʻzda tutiladi: ishchi kuchiga talab oshishi va uning 
taklifi kamayishiga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni 
kuchaytirish; bandlik xizmati va bu xizmat infratuzilmasining qudratli 
va tez rivojlanuvchi tizimini yaratish; oqilona bandlikni shakllantirish; 
ishsizlikni yoʻl qoʻyiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band 
boʻlmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi
ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish; mehnat bozori, bandlik va 
ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy 
mexanizmlarini yaratish. 
Qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yoʻnaltirilgan mehnat 
bozorining samarali shakillanishiga olib keladi. 
Mazkur bozor rivojlanishining 
keyingi bosqichida
ishchi kuchi 
talab va taklifi oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishish mumkin. 
Bularning hammasi mehnat bozori samarali rivojlanishiga 
yoʻnaltirilgan ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi 
kamayishi boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tadbirlar majmuasini 
ishlab chiqish zarurligini taqozo etadi. 


145 
13.3. Mehnat bozorining samarali rivojlanish tadbirlari 
 
Ishchi kuchiga talab oshishi boʻyicha 
asosiy iqtisodiy tadbirlar
orasida yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining oshishiga yo‘naltirilgan 
chuqur iqtisodiy islohotlarni oʻtkazish yetakchi oʻrin egallaydi. YaIM 
hajmini koʻpaytirishning hal qiluvchi shartlaridan biri mehnat 
unumdorligini oshirish. Unga ish joylarini zamonaviy moddiy texnik va 
texnologik ta’minlash, ish vaqtidan oqilona foydalanish, xodimlar 
doimiy manfaatdorligini yaxshilash, oqilona moliya-soliq siyosatini 
olib borish kabi yoʻllar bilan erishish mumkin. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə