Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Muhim iqtisodiy tadbirlarga quyidagilar kiradi



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Muhim iqtisodiy tadbirlarga quyidagilar kiradi
: sanoat va 
xizmat koʻrsatish korxonalarida yangi ish joylarini yaratish; ishlab 
chiqarishni kengaytirishga davlat tomonidan mablag‘ni koʻproq 
ajratish; xizmat koʻrsatishni yaxshilash va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq 
etish; yangi shirkat, ijara, xususiy va qoʻshma korxonalarni tashkil 
qilish; oʻtish iqtisodiyoti davrida qishloq xoʻjaligi va sanoat 
tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmalarini saqlash; 
kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlarni rivojlantirish; 
ijtimoiy ishlarni tashkil qilish va h.k.lar. 
Ular orasida qoʻshimcha ish joylarini yaratuvchi va eng kam 
sarmoya talab qiladigan kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish hamda 
ijtimoiy ishlarni tashkil qilish ishchi kuchiga talabni oshirshda muhim 
oʻrin tutadi. Kichik va oʻrta biznesning rivojlanishini mablag‘ bilan 
ta’millash manbayi boʻlib mahalliy budjet, Bandlikka koʻmaklashish 
jomg‘armasi va Biznss-fond mablag‘lari hamda xususiy tadbirkor-
larning sarmoyalari xizmat qiladi. Kichik va oʻrta biznes vakillariga 
foizsiz yoki kichik foizlar bilan imtiyozli kreditlar ajratish maqsadga 
muvofiq. 
Tadqiqotlar koʻrsatadiki, kichik va oʻrta biznesni xizmat 
koʻrsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida rivojlantirish zarur. Bu 
tarmoqlarda ish joylarning qiymati katta emas. Shuning uchun koʻplab 
yangi ish joylarini yaratish mumkin. Bu tadbirlarni amalga oshirishda 
birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlar xizmatidan foydalanish kerak. 
Har bir oʻziga xos tabiiy-ekologik, ijtimoiy-demografik va 
iqtisodiy rivojlangan xususiyatlari mavjudligini hisobga olib, 
«yuqoridan pastga» tamoyili boʻyicha xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish maqsadli kompleks dasturini tuzish zarur. Bunday dastur 


146 
aholi bandligini oshirish maqsadida tuzilib, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirshishni rag‘batlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻg‘ri 
amalga oshirishga imkon beradi. 
Mustaqil kichik va oʻrta biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni, shu jumladan, xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishni doimiy rag‘batlantirish zarur. Bunday investitsiyalar oqimi 
iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar ancha tezlashishi mumkin. Xususiy 
tadbirkorlarning rivojlanish istiqbollari amalda cheklan-magan. Bundan 
tashqari, respublikada oʻz koʻlamlari va sifati boʻyicha yetarlicha katta 
boʻlgan tadbirkorlar qatlami vujudga keldi. Ularning qonun va hukumat 
qarorlari doirasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi va himoya 
qilinishi xususiy tadbirkorlikni yanada samarali rivojlantirishga 
imkoniyat yaratadi. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi va koʻp bolali ayollar, oʻsmirlar, 
pensionerlar va nogironlarning faoliyatini turli xil iqtisodiy va ijtimoiy 
imtiyozlar va kvotalangan ish joylarini taqdim qilish yoʻli bilan 
rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish ishchi kuchiga talabni 
oʻstiruvchn iqtisodiy tadbirlarning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Bola tarbiyalash vaqtini (kelajakda bola yetti yoshga yetgunga 
qadar) va unga beriladigan nafaqa miqdorini doimiy oshirib borish 
mehnat bozoridan va iqtisodiyotning tarmoqlaridan yosh bolali 
ayollarni ixtiyoriy ravishda “tortib olishga” imkoniyat yaratadi. Ular 
oilaviy ishlar bilan koʻp shug‘ullanganliklari sababli ish joylarida 
yuqori ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydilar. Kichik yosh bolali 
ayollarning “sun’iy” ishsizligini kamaytirishning muhim usuli - ularni 
bolani tarbiyalash boʻyicha haqiqiy faoliyatini rag‘batlantirish va uni 
rasmiy tan olish. Buning uchun, bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi-
ning ishsizlik boʻyicha nafaqasiga sarflanuvchi mablag‘larini ijtimoiy 
sug‘urta jamg‘armasiga qayta taqsimlash va ularni ayollarga tegishli 
ijtimoiy toʻlovlar sifatida berish lozim. 
Koʻp bolali ayollar faoliyatini iqtisodiy ragbatlantirish qishloq 
xoʻjaligi 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlash 
va 
tayyorlash 
bilan 
shug‘ullanuvchi korxonalarda, ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilma 
tashkilotlarida, xususiy xoʻjaliklarda kvotalangan ish joylarini 
yaratishni koʻpaytirish va uyda mehnat qilish koʻlamlarini kengaytirish 
orqali amalga oshirilishi mumkin. 


147 
Yoshlar ishsizligi muammosini maktablarda oʻsmirlarni kasbga 
yoʻnaltirishni yaxshilash va daromadlar keltiradigan ishlarning turlarini 
koʻpaytirish yoʻllari bilan hal qilish mumkin.
Mehnatga qobiliyatli pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan 
ish joylarini tashkil qiluvchilarga imtiyozli kreditlar berish va ularning 
daromadlariga pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash kerak. 
Ishchi kuchi taklifini rag‘batlantiruvchi soliq stavkalari muhim 
iqtisodiy tadbirlar guruhiga kiradi. Daromad solig‘i stavkasining oʻsishi 
yollangan xodimlarning yangi ish joylariga taklif kamayishiga olib keladi. 
Shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislarning qoʻshimcha ishga 
qiziqishlari susayadi. Soliq stavkasi oshishi koʻpchilik aholining ish bilan 
bandligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun bunday tadbirlarni amalga 
oshirishdan avval uning oqibatlarini kompleks tahlil qilish kerak. 
Ishchi kuchi taklifi kamayishiga olib keluvchi 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə