Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
223 
urush-janjalga aylanib ketadigan bo‗lsa, hokimiyat vakillari bu namoyishlarni 
to‗xtatishga haqlari bor. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida ―O‗zbekiston 
Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat 
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. 
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, 
hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi 
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin 
emas‖ deb yozib qo‗yilgan. Bu shundan dalolat beradiki, 18 yoshga to‗lgan 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy partiyalarga, kasaba uyushmalariga a‘zo 
bo‗lishlari mumkin. Bundan tashqari 18 yoshga to‗lgan fuqarolarimiz Prezidentlik va 
deputatlik saylovlarida ishtirok etib, saylash huquqiga ega bo‗lishlari mumkin. 25 
yoshga to‗lgan fuqarolarimiz deputatlikka, 36 yoshga to‗lgan fuqarolarimiz 
Prezidentlikka saylanish huquqiga ham ega bo‗lishlari mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs 
bevosita o‗zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, 
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish 
huquqiga egaligi aytilgan. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan 
tartibda va muddatlarda ko‗rib chiqilishi shart. Bundan shu narsa ayonki, 
fuqarolarimiz shikoyat va arizalar bilan tegishli davlat organlariga murojat qilish 
huquqiga egaligi Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‗yilgan. 
Fuqarolarimizni siyosiy huquqlariga: 

Saylash 

Saylanish 

Miting va namoyishlarda ishtirok etish 

Siyosiy partiyalar va kasaba uyushlalariga a`z o bo‗lish 

Tegishli davlat organlariga ariza va shikoyatlar bila murojat etish kabi 
huquqlar kirar ekan. 
Shuni alohida takidlab o‗tmochimanki bunday siyosiy huquqlarga faqat 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari ega, chet el fuqarolari bunday huquqlardan 
mustasnodirlar.
Konstitutsiyamizni IX bobi ―Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar‖deb nomlanib, 36, 
37, 38, 39, 40, 41, 42-moddalarni o‗z ichiga oladi. O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 36-moddasida ―Har bir shaxs mulkdor bo‗lishga haqli. Bankka 
qo‗yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi‖ deb 
yozilgan. Bobolarimiz, buvilarimiz bilishadi mustaqillikka erishishdan oldin, 
kommunistik davrda mulkka egalik qilish hissi tushunchasi bo‗lmagan faqat shaxsiy 
va davlat mulklari bo‗lgan xalos. Chiroyli ko‗p qavatli uylar qurish, o‗zi yoqtirgan 
mashinasini olib minish shu davr mafkurasiga zid bo‗lgan. Mustaqillik bizlarga keng 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə