|
![](/i/favi32.png) Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
337
10) ekosferaga geografik zonallik, ya‘ni ekvatordan qutblar sari geografik
tarkibiy qismlar yoki geoekotizimlarning qonuniy o‗zgarishi xos bo‗lib, Quyoshdan
keladigan issiqlik miqdori Yer sayyorasi sharsimonligi tufayli turli kengliklarda har
xilligi bilan shartlanadi;
11) ekosferaga balandlik mintaqalanishi, ya‘ni tog‗lar etagidan cho‗qqisiga
qadar geografik tarkibiy qismlar yoki geoekotizimlar qonuniy o‗zgarishi xos bo‗lib,
balandlik sari iqlim o‗zgarishlarining sodir bo‗lishi bilan shartlanadi;
12) Yer geosferasi – makoniy ochiq tizim, uning evolyutsiyasi va rejimi
issiqlik muvozanati, moddalarning (kislorod, azot, uglerod va sh.k.) katta aylanma
harakati bilan aniqlanadi.
Eng muhimi, Yer sayyora sifatida quyidagi bir qator geoekologik oqibatlarni
keltirib chiqargan:
1) Yer – nisbatan kichik sayyora (umumiy maydoni 510 mln. km2, shundan
jami quruqlik – 149 mln. km2) bo‗lib, jahon aholisi va uning ehtiyojlari o‗sib borishi
sharoitida bu makon va undagi resurslarning cheklanganligi, ertami-kechmi, global
ekologik falokat sodir bo‗lishiga olib kelishi mumkin;
2) Quyosh – ekosfera faoliyati uchun zarur bo‗ladigan eng asosiy energiya
manbaidir. Yer boshqa sayyoralarga nisbatan Quyoshga eng maqbul, ya‘ni
ekosferada kechadigan jarayonlar uchun zarur bo‗lgan energiya miqdorini olish
uchun yetarlicha yaqin, ya‘ni 150 mln. km uzoqlikdagi masofada joylashgan, shu
bilan birga, ortiqcha energiya olishi (to‗plashi) uchun u qadar yaqin bo‗lmagan
masofada joylashgan;
3) Yerning o‗z atrofida aylanish o‗qi uning Quyosh atrofida aylanish
(ekliptika) tekisligi bilan 66033‘ burchak hosil qiladi. Bu holat Yer o‗qining og‗ish
burchagi deyiladi. Bu burchak Yerning Quyosh atrofida yil davomida aylanishi
tufayli quyosh radiatsiyasining yer yuzasi bo‗ylab notekis (o‗zgarchan) taqsimoti va
yil fasllari almashinuvini keltirib chiqaradi, ya‘ni Quyosh nurlari sharsimon Yer
yuzasining turli kengliklariga turlicha burchak ostida tushadi; bu burchaklar qutblarga
tomon qisqarib boradi va shunga bog‗liq holda yer yuzasining isitilish (yoritilish)
sur‘ati ham pasayib boradi. Bu jarayon ekosferaning issiqlik taqsimoti va iqlimida o‗z
aksini topadi: tabiat mintaqalari va ular egallagan maydonlar (tropik mintaqalar – 50
%, mo‗tadil mintaqalar – 37 %, qutbiy mintaqalar – 13 %) hamda landshaftlarning
xilma-xilligi vujudga keladi;
4) Yerning o‗z o‗qi atrofida sutkalik aylanishi (24 soat) kun bilan tun
almashinuvini keltirib chiqaradi, natijada ekosferada (landshaftlarda) kechadigan
hayotiy jarayonlarda sutkalik ritmlar vujudga keladi, shuningdek bu aylanishning
buruvchi kuchi (shimoliy yarim sharda – o‗ngga, janubiy yarim sharda – chapga)
havo massalari, okean oqimlari hamda daryolar yo‗nalishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi
va sh.k.
|
|
|