|
![](/i/favi32.png) Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
338
Ekosferaning energetik, moddiylik xususiyati issiqlik muvozanati (olingan va
sarflangan energiya miqdori) va moddalarning katta aylanma harakatida (ma‘lum
davr ichida takrorlanib turuvchi moddalar almashinuvi jarayonlarida) aks etadi.
Quyosh – ekosferaning tizim sifatida ishlashi uchun zarur bo‗lgan eng asosiy
energiya manbaidir. Quyosh radiatsiyasi atmosfera hamda okeanlar sirkulyatsiyasi
(aylanishi), litosfera yuzasining nurashi va denudatsiyasi (jinslarning bir joydan
ikkinchi joyga ko‗chishi), moddalarning umumiy biogeokimyoviy aylanma
harakatlari, birlamchi biologik mahsulotlarning hosil bo‗lishi kabi eng asosiy
jarayonlarni energiya bilan ta‘minlaydi. Xususan, quyosh energiyasining quruqliklar
hamda okeanlar yuzasidan suvni bug‗latishga sarf etilishi ekosfera tizimining asosiy
mexanizmlaridan biri – umumiy gidrologik sikl yoki tabiatda suv aylanishiga sabab
bo‗ladi. Ekosfera energiyasining ikkinchi manbai – Yerning ichki energiyasi bo‗lib, u
Quyosh energiyasidan 20-30 ming marta kam bo‗lsada, litosfera jarayonlarida muhim
ahamiyat kasb etadi [2].
Ekosfera energetika muvozanati nuqtai nazaridan ochiq tizim, ya‘ni uning
chegaralari orqali erkin energiya almashinuvi sodir bo‗ladi va unda olingan va
sarflangan energiya miqdori yuqori darajada muvozanatlashadi. Agar ekosferadagi
issiqlik muvozanati davomli o‗zgarsa, asriy (ko‗p asrlik) global iqlim o‗zgarishlari
sodir bo‗ladi.
Yer yuzasining turli mintaqalarida Quyosh radiatsiyasining to‗planishi uning
sarflanishiga muvofiq kelmaydi, ya‘ni ijobiy yoki salbiy bo‗ladi. Yer yuzasining
issiqlik muvozanati atmosfera va okeanlardagi katta aylanma harakatlar tufayli
kengliklararo energiya almashinuvlari bilan ushlab turiladi. Agar issiqlik muvozanati
antropogen o‗zgarishga uchrasa, ayrim hududlarda atmosfera sirkulyatsiyasi iqlimga
ta‘sir etuvchi o‗zgarishlarni kelib chiqishi mumkin.
Ekosferadagi moddalar almashinuvi uning chegaralari orqali sodir bo‗ladi,
biroq uning jadalligi ekosferaning ichida kechadigan moddalar oqimi oldida hech gap
emas. Masalan, koinotdan Yer yuzasiga har yili o‗rtacha 40 mln. t meteorit moddasi
kelib tushadi, daryolar esa okeanlarga har yili 20 mlrd. t loyqa (balchiq) eltib
tashlaydi [2]. Demak, geoekologik nuqtai nazaridan Yer ekosferasini yopiq tizim
deyish mumkin. Ushbu yopiq tizimda moddalarning aylanma harakati sodir bo‗ladi.
Tog‗ jinslarining bir joydan iqqinchi joyga ko‗chib aylanishi, suvning katta aylanma
harakati, uglerod, azot, kislorod kabi kimyoviy elementlarning biogeokimyoviy
aylanma harakatlari, havo massalari va okeanlar suvining aylanishi kabi jarayonlar
moddalarning aylanma harakatlariga misol bo‗ladi.
Moddalarning har qanday katta aylanma harakati ularning zaxirasi (saqlanish
joyi) va oqimi ko‗rinishida sodir bo‗ladi. Odatda, zaxiralar oqimga nisbatan sezilarli
katta bo‗ladi, bu esa barqarorlikni ta‘minlab turadi. Masalan, Yerda organik
|
|
|