Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti janubiy osiyo tillari kafedrasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/5
tarix04.02.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#24225
1   2   3   4   5

Infikslar – o’zakning o’rtasiga qo’shiluvchi qo’shimchalar hisoblanib, ular malay tilshunosligida “sisipan” deb yuritiladi. Ushbu turdagi qo’shimchalarga malay tilidagi quyidagi qo’shimchalarni misol tariqasida keltirish mumkin: –er – berserabut, berkeretap –el – berselerak

Konfikslar – bir vaqtning o’zida o’zakning ham oldidan, ham oxiridan qo’shiluvchi qo’shimchalar bo’lib, malay tilshunosligida “apitan” deb ataladi. Ushbu turdagi qo’shimchalarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:

men– …– kan menterjemahkan (tarjima qilmoq), membesarkan (katta qilmoq)

men– …– i menduduki (bosib olmoq)

I bob bo’yicha xulosa

Malay tilidagi fe’llar quyidagi morfologik xususiyatlarga ega:



  1. O’timli va o’timsizlik xususiyatlariga ega;

  2. Boshqa so’z turkumlaridan yasalish xususiyatiga ega;

  3. Fe’llarning bo’lishsizlik hamda zamon shakllari leksik yo’l bilan yasaladi;

Malay tilidagi fe’llar gapda fe’l kesim vazifasini bajarib keladi(fe’llarning sintaktik xususiyati). Avstronez tillari, jumladan, malay tili ham agglutinativ tillar tipiga mansub bo’lib, yangi so’zlar asosan affiksatsiya usuli yordamida, ya’ni o’zakka qo’shimchalar qo’shish yordamida yasaladi. 1998-yilda Malayziya tilshunos olimlari tomonidan mazkur tilda mavjud so’zlarning 10.000 tasi ustidan lingvistik-miqdoriy tahlil o’tkazildi. Ushbu tahlil natijasida, olimlar hisob-kitobiga ko’ra, 10.000 ta so’zdan 2887tasi yoki 29 foizi affiksli ekanligi ma’lum bo’ldi. Boshqacha aytganda, gazeta va jurnallardagi har 100 ta so’zning 29 tasida affiks ishtirok etadi. Malay tilidagi yasama fe’llar ham asosan affiksatsiya usulida yasaladi. Ushbu tilida fe’l yasovchi affikslarning barcha turini, ya’ni prefiks, suffiks, konfiks va infikslarni ko’rishimiz mumkin. Ammo, qo’llanilish darajasi jihatidan eng yuqori ko’rsatkich prefikslarga tegishli bo’lsa, infikslar malay tilidagi eng kam ishlatiluvchi qo’shimchalar hisoblanadi.

II BOB. MALAY TILIDAGI FE’L YASOVCHI PREFIKSLAR

Prefikslar o’zakning boshiga, ya’ni oldingi qismiga qo’shiluvchi qo’shimchalar hisoblanadi.15 Ular malay tilida “awalan” (oldingi) deb ataladi.

Malay tilida quyidagi fe’l yasovchi old qo’shimchalar – prefikslar mavjud:



  1. meN-

  2. beR-

  3. teR-

  4. mempeR-



    1. meN- fe’l yasovchi prefiksining grammatik tahlili

meN- old qo’shimchasi aniq nisbatdagi o’timli va o’timsiz fe’llarni yasashga xizmat qiladi. Ushbu qo’shimcha o’zi qo’shilgan so’z qanday harf bilan boshlanishiga qarab o’z shaklini bir necha turga o’zgartiradi. Uning mem-, men-, meng-, meny- hamda me- shakllari mavjud.16

meN- qo’shimchasining me- shakli

meN- qo’shimchasining me- shakli m, n, ny, g, r, l, w va y harflari bilan boshlanuvchi so’zlarga qo’shilganda qo’llaniladi:


masak - memasak(pishirmoq)

nanti - menanti (kutmoq)

nyala - menyala (yoqmoq)

nganga - menganga (og’izni katta ochmoq)

rayu - merayu (murojaat qilmoq)

lawan - melawan (kurashmoq, bahslashmoq)

wangi - mewangi (hushbo’y hid taratmoq)

yakin - meyakinkan (ishontirmoq)

Ushbu holat meN- qo’shimchasi p, t, k va s harflari bilan boshlanuvchi o’zakka qo’shilish jarayonida ham kuzatiladi. Ammo ushbu holatda o’zaro moslashish natijasida o’zakning dastlabki harfi tushirib qoldiriladi yoki boshqa harf bilan almashtiriladi, misol uchun p harfi m ga, t harfi n ga, k harfi ng ga va s harfi ny ga almashtiriladi17. Masalan:

pesan - memesan (buyurmoq, amalga oshirmoq)

pukul - memukul (urmoq)

tetap - menetap (yashamoq, qo’nim topmoq)

tari - menari (raqs tushmoq)

karang - mengarang (yaratmoq, yozmoq, ijod qilmoq)

kaji - mengaji (Qur’on o’qimoq)

salin - menyalin (nusxa ko’chirmoq)

sinar - menyinar (nur sochmoq)18

Fe’llarning yasalishida kuzatiladigan ushbu hodisa reduplikatsiya jarayonida ham saqlanib qoladi:

pukul - memukul – mukul (urmoq)

tari - manari – nari (raqsga tushmoq)

salin - menyalin – nyalin (nusxa ko’chirmoq)

pesan - memesan – mesan (maslahat bermoq)

meN- qo’shimchasining mem- shakli

meN- qo’shimchasining mem- shakli b harfi bilan boshlanuvchi so’zlarga qo’shilganda qo’llaniladi:

beri - memberi (bermoq, topshirmoq)

bantu - membantu (ko’maklashmoq, yordam bermoq)

bilas - membilas (yuvmoq, tozalamoq)

Shuningdek, ushbu qo’shimcha boshqa tillardan o’zlashgan f, p va v harflari bilan boshlanuvchi so’zlar oldidan ham qo’llaniladi:

veto - memveto (ta’qiqlamoq)

fitnah - memfitnah (fitna uyushtirmoq)

fatwa - memfatwakan (fatvo chiqarmoq)

pamer - mempamerkan (ko’rsatmoq, namoyish qilmoq)

popular - mempopularkan (ommaviylashtirmoq)

proses - memproses (qayta ishlamoq)

plagiat - memplagiat (ko’chirmachilik qilmoq)

plaster - memplaster (plaster bilan qoplamoq)

blok - memblok (to’sqinlik qilmoq, halal bermoq)

brek - membrek (to’xtatmoq, tormoz bermoq)

Shu bilan birgalikda, mem- qo’shimchasini qabul qiluvchi bir necha p- harfi bilan boshlanuvchi tub malay so’zlari ham mavjud:

pelopor - mempelopor (dastlabki bo’lmoq, pioner bo’lmoq)

pelawa - mempelawa (taklif qilmoq)

percaya - mempercayai (ishontirmoq)

punya - mempunyai (ega bo’lmoq)

peduli - mempeduli (xavotir olmoq)19



meN- qo’shimchasining men- shakli

meN- qo’shimchasining men- shakli d, c, j, sy va z harflari bilan boshlanuvchi so’zlarga qo’shilganda qo’llaniladi:

deru - menderu (o’kirmoq)

dayung - mendayung (qayiqni boshqarmoq)

duga - menduga (kutmoq, faraz qilmoq)

cari - mencari (izlab topmoq)

cuci - mencuci (yuvmoq)

jemur - menjemur (oftobda toblanmoq)

jaja - menjaja (chakana savdo bilan shug’ullanmoq)

syarat - mensyaratkan (shart qo’ymoq)

syukur - mensyukuri (shukr qilmoq)

ziarah - menziarahi (ziyorat qilmoq)

zalim - menzalimi (zolimlik qilmoq)20

Shuningdek, ushbu qo’shimcha boshqa tillardan o’zlashgan t va s harflari bilan boshlanuvchi so’zlar oldidan ham qo’llaniladi:

tabligh - mentablighkan (yoymoq, yetkazmoq)

tadbir - mentadbirkan (boshqarmoq, nazorat qilmoq)

tafsir - mentafsir (tushuntirib bermoq)

takrif - mentakrifkan (izohlab bermoq)

terjemah - menterjemahkan (tarjima qilmoq)

transkripsi - mentranskripsi (yozib olmoq)

transformasi - mentransformasi (o’zgarmoq, aylanmoq)

sintesis - mensintesis (birlashtirmoq, sintez qilmoq)

swasta - menswastakan (xususiylashtirmoq)

stabil - menstabilkan (barqarorlashtirmoq)

skru - menskru (burama mix bilan mahkamlamoq)

Istisno tariqasida shuni ta’kidlab o’tish joizki, men- qo’shimchasini qabul qiluvchi t harfi bilan boshlanuvchi tub malay so’zlari ham mavjud bo’lib, ular faqatgina ikkitani tashkil etadi:

ternak - menternak (ko’paytirmoq, boqmoq)

tertawa - mentertawakan (kulmoq)



meN- qo’shimchasining meng- shakli

meN- qo’shimchasining meng- shakli g, gh, kh va h undosh harflari hamda a, e, i, o va u unli harflari bilan boshlanuvchi so’zlarga qo’shilganda qo’llaniladi21:

gali - menggali (qazimoq)

gulung - menggulung (aylantirmoq, o’ramoq)

hantar - menghantar (olib bormoq, yetkazmoq)

heret - mengheret (tortmoq)

ambil - mengambil (olmoq)

alir - mengalir (oqmoq)

embun - mengembun (parlanmoq, bug’lanmoq)

elak - mengelak (qochmoq, qutulmoq, halos bo’lmoq)

ikut - mengikut(ergashmoq)

ikat - mengikat (bog’lamoq)

olah - mengolah (aldamoq, qalloblik qilmoq)

ulang - mengulang (qaytarmoq, takrorlamoq)

ulit - mengulit (alla aytmoq)22

Shuningdek, ushbu qo’shimcha boshqa tillardan o’zlashgan k harfi bilan boshlanuvchi so’zlar oldidan ham qo’llaniladi:

kabul - mengkabulkan (bajarmoq)

kanun - mengkanunkan (qonuniylashtirmoq)

katalog - mengkatalogkan (jadval tuzmoq)

kategori - mengkategorikan (kategoriyaga ajratmoq)

kritik - mengkritik (tanqid qilmoq)

Istisno sifatida shuni ta’kidlab o’tish joizki, meng- qo’shimchasini qabul qiluvchi k harfi bilan boshlanuvchi faqatgina bitta tub malay so’zi mavjud23:

kaji - mengkaji (o’rganmoq, tadqiq qilmoq)

meN- qo’shimchasining meng- shakli orqali yasalgan “mengkaji” so’zi me- shakli orqali yasaluvchi “mengaji” so’zidan tubdan farq qiladi, ya’ni “mengkaji” so’zi o’rganmoq ma’nosini bersa, “mengaji” so’zi Qur’on o’qimoq degan ma’noni anglatadi.24

Ushbu qo’shimcha bir bo’g’inli o’zakka qo’shilganda menge- tarzida qo’llaniladi:

cat - mengecat (chizmoq)

bom - mengebom (portlatmoq)

sah - mengesahkan (tasdiqlamoq)

tin - mengetin (konserva bankaga joylamoq)

lap - mengelap (ishqalamoq, tozalamoq)

kod - mengekod (kodlamoq)

had - mengehad (cheklamoq)



meN- old qo’shimchasi ot, sifat, son hamda fe’l turkumidagi so’zlarga qo’shilgan holda yangi so’z yasaydi.

meN- qo’shimchasi ot turkumidagi so’zlarga qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:

meN- + darat (quruqlik,yer) = mendarat (qo’nmoq)

meN- + batu (tosh) = membatu (toshga aylantirmoq)

meN- + gunting (qaychi) = mengunting (kesmoq)

meN- + cerita (hikoya) = mencerita (hikoya qilmoq)25

meN- qo’shimchasi sifat turkumidagi so’zlarga qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi.

meN- + hijau (yashil) = menghijau (ko’kalamzorlashtirmoq)

meN- + tinggi (baland) = meninggi (yuqorilamoq,ko’tarilmoq)

meN- +rendah (past) = merendah (pasaymoq)

meN- +buruk (yomon) = memburuk (yomonlashmoq, aynimoq)

meN- +lebar (keng) = melebar (kengaymoq)

meN- qo’shimchasi son turkumidagi so’zlarga qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi. Masalan: meN- + satu (bir) = menyatu (birlashtirmoq)

meN- qo’shimchasi fe’l turkumidagi so’zlarga qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:

meN- +beri = memberi(bermoq)

meN- +jual = menjual(sotmoq)

meN- +pakai = memakai(kiymoq)

meN- +tangis = menangis(yig’lamoq)

meN- +naik = menaik (minmoq, chiqmoq)

meN- +turun = menurun (tushmoq)

meN- qo’shimchasi yordamida yasalgan fe’llarni shakl jihatidan 3 turga bo’lishimiz mumkin:

  1. Suffiks qabul qilmaydigan o’timli fe’llar - ushbu fe’llar faqatgina meN- qo’shimchasi yordamida yasaladi va bunda suffikslar ishtirok etmaydi. Fe’l o’zidan keyin to’diruvchini talab qiladi26.

membaca buku (kitob o’qimoq)

Adik sedang membaca buku di rumah. - Ukam hozir kitob o’qimoqda.

menggonggong tulang (suyak g’ajimoq)



Anjing itu menggonggong tulang. - It suyak g’ajiydi.

memakai baju (ko’ylakni kiymoq)



Murid-murid memakai baju seragam. - O’quvchilar maktab libosini kiyadilar.

membeli sayur (sabzavot sotib olmoq)



Ayah membeli sayur di pasar27. - Dadam bozordan sabzavotlar sotib oldi.

  1. Suffiks qabul qiluvchi o’timli fe’llar

menjalankan(amalga oshirmoq) - menjalani (bajarmoq)

mendekatkan (yaqinlashtirmoq) - mendekati (yaqinlashmoq)

menaikkan (ko’tarmoq) - menaiki (ko’tarilmoq)


  1. O’timsiz fe’llar

menanggis (yig’lamoq)

Anak kecil itu menangis. - Bolakay yig’lar edi.

menaik (ko’tarilmoq)



Suhu badannya makin menaik. - Uning harorati ko’tarildi.

memutih (oqarmoq)



Ombak memutih di pandai.28 - To’lqin ko’pirib sohil oq tusga kirdi.

meN- old qo’shimchasi o’zakka qo’shilib quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:

  1. biror ish-harakatni bajarmoq, masalan:

menggulai - qaylaga belamoq

Ibu menggulai ikan yang dibeli pagi tadi.

Onam baliqni qaylaga beladi.

Menggoreng - qovurmoq



Pak Mat sedang menggoreng pisang di warungnya.

Hozir Mat tog’a rastada banan qovurmoqda.

Menumis – yog’da qovurmoq



Kakak menumis sayur untuk makan tengah hari.

Opam tushlik uchun sabzavot qovurdi.

  1. ovoz chiqarmoq, masalan:

mengaum – o’kirmoq

Harimau itu mengaum ketika hendak menerkam mangsanya29.

Yo’lbars o’ljasiga tashlanayotib o’kirdi.

Mencicit - chiyillamoq



Tikus itu mencicit di sebalik almarin.

Javon ortidan sichqon chiyilladi

Mengiau - akillamoq



Kucing belang mengiau meminta makanan.

It ovqat so’rab akillardi.

  1. yo’nalish bo’ylab harakatlanmoq:

melaut - suzmoq

Penyu it melaut selepas bertelur pantai.

Pingving sohil bo’yida tuxum qo’ygach, dengiz bo’ylab suzib ketdi.

mendarat – qo’nmoq



Kapal terbang itu mendarat cemas di padang sekolah.

Samolyot maktab maydoniga ustalik bilan qo’ndi.

menepi – qir g’oq bo’ylab harakatlanmoq



Sampan itu menepi ke pangkalan untuk mengambil penumpang.

Qayiq yo’lovchini olish uchun qirg’oq bo’ylab suzdi.30

  1. kabi harakatlanmoq / …ga o’xshamoq

Mengekor - ergashmoq

Adiknya mengekor sahaja ke mana dia pergi31.

U qayerga bormasin, ukasi unga dum bo’lib ergashib yuradi.

  1. bo’lmoq, … kabi hayot kechirmoq:

menjanda – beva qolmoq, bevaga aylanmoq

Setelah menjanda dia kembali tinggal bersama-sama ibu-bapanya.

Beva qolgach, ota-onasi bilan yashash uchun qaytib keldi.

menduda - yolg’izoyoq qolmoq, xotinidan ayrilmoq



Sejak menduda Encik Ali menumpukan perhatian yang lebih banyak pada hobinya32. - Xotini vafot etgach, Ali tog’a o’zining sevimli mashg’ulotiga ko’proq e’tibor bera boshladi.

  1. biror shakl, tusga kirmoq, aylanmoq:

memucat – rangi o’chmoq, oqarmoq, oqarib ketmoq

Mukanya memucat apabila mendengar berita kemalangan itu.

Ushbu mash’um xabarni eshitgach, uning yuzi oqarib ketdi.

memutih - oqarmoq, oqarib ketmoq



Ombak memutih di pandai.

To’lqindan sohil oqarib ko’rinar edi.

    1. . beR- fe’l yasovchi prefiksining grammatik tahlili

beR- prefiksi ham fe’l yasovchi qo’shimchalardan biri hisoblanadi. Ushbu qo’shimchani o’zakka qo’shish natijasida o’timsiz fe’llar vujudga keladi. meN- prefiksidan farqli ravishda, mazkur qo’shimchaning faqatgina ber- shakli mavjud bo’lib, o’zi birikadigan so’zning qanday harf bilan boshlanishidan qat’iy o’z shaklini o’zgartirmaydi33.

Masalan:

angkat(ko’tarmoq) - berangkat(ketmoq, tashlab ketmoq)

ekor (dum) - berekor (ergashmoq, dum bo’lmoq)

baju (kiyim) - berbaju (kiyinmoq)

dayung (eshkak) - berdayung (eshkak eshmoq)

nyanyi (kuylamoq) - bernyanyi (qo’shiq aytmoq, kuylamoq)

fikir (o’y, fikr) - berfikir (o’ylamoq, fikrlamoq)

gelut (kurashmoq) - bergelut (jang qilmoq, kurashmoq)

jiran (qo’shni) - berjiran (qo’shni bo’lmoq)

rasa (ta’m, ma’za) - berasa (ta’mini bermoq)34

Istisno tariqasida shu narsani ta’kidlab o’tish joizki, ber- qo’shimchasi r harfi bilan boshlanuvchi o’zakka qo’shilganda, tovush moslashuvi tufayli ikkita r harfidan bittasi tushirib qoldiriladi35. Masalan:

ber + rasa = berasa (ta’mga ega bo’lmoq)

ber + renang = berenang (cho’milmoq)

ber + raja = beraja (sultonlik qilmoq)

ber + rendam = berendam (ivimoq)

Shuningdek, malay tilidagi bir necha so’zlar, ya’ni kerja, ajar hamda unjur so’zlariga qo’shilganda ham ber- prefiksidagi r harfi tushirib qoldiriladi:

ber + kerja = bekerja (ishlamoq)

ber + ajar = belajar (o’qimoq, o’rganmoq)

ber + unjur = belunjur (oyoqlarni cho’zmoq)

ber – old qo’shimchasi ot, sifat, son hamda fe’l turkumidagi so’zlarga qo’shilgan holda fe’l yasaydi.

ber- qo’shimchasi ot turkumidagi so’zlarga qo’shilib, fe’l turkumidagi so’zlarni yasaydi:

ber- + baju(kiyim,ko’ylak) = berbaju (kiyinmoq)

ber - + sekolah(maktab) = bersekolah (maktabda o’qimoq)

ber - + kerja (ish) = bekerja (ishlamoq)

ber - + isteri (ayol) = beristeri (uylanmoq)

ber - + suami (er, er kishi) = bersuami (turmushga chiqmoq)

ber - + jalan (yo’l) = berjalan (yurmoq,bormoq)

ber - + kata (so’z) = berkata (so’zlamoq,gapirmoq)

ber - + satu (bir,bitta) = bersatu (birlashmoq)

ber - + bunyi (ovoz) = berbunyi (ovoz chiqarmoq)

ber - + bunga (gul) = berbunga (gullamoq)

ber - + qo’shimchasi shuningdek fe’l turkumidagi so’zlarga qo’shilgan holda boshqa ma’noni beruvchi fe’llarni yasashda ham ishtirok etadi:

ber - + tolak (itarmoq,surmoq) = bertolak (jo’namoq,yo’lga tushmoq)

ber - + jual (sotmoq)= berjual (savdo-sotiq bilan shug’ullanmoq)

ber - + ada (bor)= berada (joylashmoq)

ber- prefiksi sifat turkumiga oid so’zlarga qo’shilgan holda fe’l turkumidagi so’zlarni yasashga xizmat qiladi:

ber - + susah(qiyin) = bersusah(qiyinlashmoq)

ber - + gembira(xursand) = bergembira(xursand bo’lmoq)

ber - + sedih(hafa, g’amgin) = bersedih(hafa bo’lmoq)

ber - + lapar(och) = berlapar(och qolmoq)

beR- qo’shimchasi yordamida yasalgan fe’llar o’timsiz ko’rinishga ega bo’lib, ular o’z navbatida ikki turga ajratiladi:



  1. to’ldiruvchi talab qilmaydigan o’timsiz fe’llar:

berjalan - piyoda yurmoq

Mereka sedang berjalan.

Ular hozir aylanib yurishibdi.

Berkereta - mashina haydamoq



Bapa tidak berkereta ke pejabat hari ini.

Bugun dadam ishga mashina haydab ketmadilar.

Bernyanyi - qo’shiq kuylamoq



Murid-murid sedang bernyanyi36.

O’quvchilar hozir qo’shiq kuylashmoqda.

bergurau - hazillashmoq



Hasnah suka berguaru.

Hasnah hazil qilishni juda ham yaxshi ko’radi.

bercukur - soqol olmoq



Azhar asyik bercukur.

Azhar soqol olishga shoshildi.

  1. to’ldiruvchi talab qiluvchi o’timsiz fe’llar:

beransur baik - ahvoli yaxshilanmoq, tuzalmoq

Pesakit itu sudah beransur baik.

Bemor allaqachon tuzalib ketgan.

berbuat jahat - yomonlik qilmoq

Banduan itu berbuat jahat lagi.

Ushbu jinoyatchi yana jinoyatga qo’l urdi.

berterima kasih - rahmat eshitmoq

Mereka berterima kasih kerana pertolongannya.

Ularga yordam uchun rahmat aytishdi.

beR- old qo’shimchasi o’zakka qo’shilib quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:

  1. fe’lga qo’shilgan holda:

  1. o’zakka bog’liq bo’lgan ish-harakatni bajarmoq:

tukar (o’zgartirmoq) - bertukar (almashtirmoq, ko’chmoq)

Pekerja itu sudah bertukar ke Ipoh37.

Ushbu ishchi ish joyini Ipohga ko’chirdi.

Lari (yugurmoq) - berlari (yugurmoq, quvlashmoq)



Kami suka berlari di tepi pantai.

Biz sohil bo’ylab yugurishni yaxshi ko’ramiz.

Kayuh (eshkak eshmoq) - berkayuh (qayiqda suzmoq)



Nelayan itu berkayuh ke tebing sungai.38

Baliqchi daryo qirgo’g’i bo’ylab qayiqda suzib borardi.

runding(ko’rib chiqmoq) – berunding (muhokama qilmoq)



Mereka berunding tentang projek raksasa itu.

Ular ulkan loyihani muhokama qilishayotgan edi.

Undur (ortga qaytmoq) - berundur (chekinmoq)



Musuh mula berundur dengan cepat.

Dushman tezlik bilan ortga chekina boshladi.

  1. o’zaro ish-harakatni amalga oshirmoq (birgalik nisbatda):

tumbuk (zarba bermoq) - bertumbuk(mushtlashmoq)

Semalam Ali bertumbuk dengan Ahmad.

Kecha Ali Ahmad bilan mushtlashib ketdi.

temu (uchratmoq) - bertemu (uchrashmoq)



Ahli-ahli kumpulan itu bertemu di dewan sekolah.

Ushbu guruh a’zolari maktab devonxonasida uchrashdilar.

Janji (va’da bermoq) - berjanji (va’dalashmoq)



Mereka berjanji akan berusaha seterusnya.

Ular shu tarzda harakat qilishga va’dalashib oldilar.

kelahi(janjal qilmoq) - berkelahi (janjallashib qolmoq)



Kedua-dua belah pihak mula berkelahi.

Ikki tomon o’rtasida janjal boshlanib ketdi.

laga (kurashmoq) - berlaga (jang qilmoq, urushmoq)

Ayam jantan itu suka berlaga.

Bu xo’rozlar urush qilishni judayam yaxshi ko’rishadi.



  1. tayyor bo’lmoq. Ushbu holatda beR- qo’shimchasi majhul nisbat qo’shimchasi bo’lgan di- qo’shimchasi funksiyasini bajaradi. Ushbu holatda fe’ldan oldin albatta belum(hali emas – not yet), sudah/telah(allaqachon) ko’makchilari qo’llanilishi zarur39:

hidang(taomni suzmoq ) - berhidang (suzib qo’ymoq)

Makanan yang lazat sudah berhidang.

Mazali taom hali suzilgani yo’q.

jawab (javob) - berjawab (javob bermoq)



Surat-surat yang saya kepadanya belum berjawab.

Men unga jo’natgan xatlarga hozircha javob kelgani yo’q.

tulis (yozmoq) - bertulis (yozib bo’lmoq)



Laporan itu belum bertulis lagi.

Ushbu maqola hali tayyor bo’lgani yo’q.

Susun(to’plamoq) - bersusun (tartiblamoq, taxlamoq)



Pakaiannya sudah bersusun rapi di dalam almari.

Uning kiyimlari allaqachon javon ichiga tartib bilan taxlab qo’yilgan.

Jahit (tikmoq) - berjahit (tikib bo’lmoq)



Baju sekolah anaknya sudah berjahit.

Uning farzandining maktab kiyimi allaqachon tikib, tayyor qilingan.

  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə