Toshkent davlat stomataligiya instituti



Yüklə 4,55 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü4,55 Kb.
#156586
Taqdimot 7

Toshkent davlat stomataligiya instituti

Mannonov Abdulla 204 B Bs

Falsafiy Kategoriya va ularning tibbiyotda namoyoni

«Kategoriya» atamasi yunon tilida «aytmoq» degan ma‘noni bildiradi. Falsafaga uni Aristotel kiritgan edi. Unga qadar «Kategoriya» (lotincha «predikat») bo‗lib, u gapning mantiqiy egasi degan ma‘noni bildirgan va predmetning xossalarini ifodalashga xizmat qiladigan  tushuncha hisoblangan. Aristotel ta‘limotida kategoriya borliqning asosiy xususiyatlarini ifodalash uchun xizmat qiladigan tushunchalarga nisbatan qo‗llanadi, ya‘ni u fundamental  falsafiy tushuncha ma‘nosida ishlatiladi.

Yakkalik, xususiylik va umumiylik Bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va  hodisalarining dialektik birligini va ularning o‗rtasidagi tafovutni aks ettiradi. Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‗p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba‘zan oydek ravshan bo‗lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. 

Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo‗lishi mumkin: - Umringda hech qushni ko‗rganmisan? - Ha, ko‗rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi). - E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon ko‗rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko‗rgansan. Sog‗lom fikr kanareykada qushni ko‗rgan bola u hech qachon qushni ko‗rmaganini aytayotgan boladan ko‗proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxtini ko‗rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o‗z tajribamizda ko‗rganimiz hech qanday shubha uyg‗otmaydi

Umumiy tushunchalar amalda  obyektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg‗in munozaralarga sabab bo‗lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs O‗rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin.


Yüklə 4,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə