Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


Alisher Navoiyning iqtisodiy t'limoti



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə17/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Alisher Navoiyning iqtisodiy t'limoti
Alisher Navoiy (1441-1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o‘z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg‘usini uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi o 'rniga katta e'tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog‘liqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlami, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlami mukammal bilsa, o‘zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo‘ladi, agar aksi bo‘lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo'ladi”, - deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilaming va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o‘tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish - dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko‘p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yemi kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo‘l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchi yo‘l bu - o‘z mehnati bilan boylik to‘plash, yig‘ish va o‘ziga to‘q yashash. Bunday boylikni u qo‘llab-quwatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo‘lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko‘pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko‘prik va boshqalami o‘z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo‘li bu - o‘g‘ri!ik, ta’magirlik va zo‘rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi.
Navoiy o‘zining «Mahbub-ul-qulub» (1500-y.) asarida mamlakatdagi ijtimoiy guruhlaming jamiyatda tutgan o‘mini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, himarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to‘g‘risida quyidagi fikrlami bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yemi yorish bilan rizqyo'lini ochuvchidir». Shu bilan birga, u dehqon mehnatini ulug‘lab, uning moddiy boylik yaratishdagi xatti-harakatini quyidagicha tasvirlab berdi:
Har ne qilsalar harakat,
Xalqqa hamyetar ovqat ham barakat.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə