Mavzu: burchoqdoshlar oilasi reja burchoqdoshlar oilasining tavsifi Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar

Yüklə 13,38 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü13,38 Kb.
#180986
  1   2
BURCHOQDOSHLAR

MAVZU: BURCHOQDOSHLAR OILASI
REJA
1. Burchoqdoshlar oilasining tavsifi
2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar
3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning xalq
xo’jaligidagi ahamiyati
4 O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan burchoqdoshlar oilasining solishtirma tahlili
1 Burchoqdoshlar oilasining tavsifi.
Burchoqdoshlar qabilasi (G’abales) Dukkakdoshlar oilasi (leguminossa jabauae). Bu qabila vakillari daraxt, buta, chalabuta, liana va bir yillik, ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib yer yuzida keng tarqalgan qabila faqat bittagina kapalakguldoshlar yoki burchoqdoshlar oilasiga ega bo’lib 650 turkum, 18000 turga ega va u uchta оilachaga bo’linadi:
1. Sezalpindoshlar (Caesalpinioideae)
2. Mimozadoshlar (Minosoideae)
3. Kapalakguldoshlar, ( Burchoqdoshlar) (Papilionoideae)
Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) – Fabaceae (Leguminosae) oilasiga tavsif. Bu oilaga kiradigan o’simliklar o’tlar, yarim bo’talar, goho daraxtlar holida bo’lib, yonbargli patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba’zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil ba’zan boshqa, soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi.
Gultojning 5 ta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta bo’lib ajralib turadi, uning yuqori qismi (qayirmasi) bandchasiga nisbatan deyarli to’gri burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki yonbargini yopib turadi: bu barglar asimmetrik to’zilgan. Qanotlar, o’z navbatida ikkita pastki bargni qoplab turadi, bu barglar ham asimmetrik to’zilgan bo’lib, bandchasi bor, ular boshdan – oyoq yeki faqat yuqori qisimdan bir-biriga qo’shilib o’sadi va qayiqcha deb ataladigan bir to’zilma hosil qiladi. Gulning otaligi 10 ta, gulida otaligi 9 ta yoki 5 ta bo’ladigan dukkvkdoshlar oilasi kamdan- kam istisno tariqasidagina uchraydi. Ko’pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir-biri bilan qo’shilib, to’tashmas naycha hosil qiladi, qo’shilib o’smay, erkin turadigan 10 otalikning birmuncha keng tortgan, ipi o’sha naychaning tirqishini yopib turadi.

Burchoqdoshlar oilasi orasida ovqat bo’ladigan o’simliklardan qo’yidagilar ayniqsa muhimdir. No’xat (Pisum sativum). Juft patsimon barglar chiqaradigan o’tsimon o’simlikdir, barglari yirik yonbargli bo’ladi va uchidan shoxlangan jingalaklar chiqaradi, gullari oq, chuki urug’’lari oqsillarga boyligi jihatidan go’shtga yaqin turadi. (Lekin dukkaklilarning oqsillari hayvon oqsillariga nisbatan kamroq xazm bo’ladi) bundan tashqari talaygina kraxmali bo’ladi. Ba’zi navlarining mevalari shakarga boy bo’ladi va bu yetilmagan holida ovqatga ishlatiladi.
No’xatning asosiy mahsuloti-urug’idan tashqari yer ustki vegetativ qismlaridan ham (ekiladi, uning gullari odatda olachipor bo’lib, binafsha yoki qizil yelkan chiqaradi, urug’’lari hatto kul rang qong’or yoki qora bo’ladi) foydalaniladi, ular oqsilga boy bo’lganidan qimmatli yem-xashak o’rnini bosadi. No’xat ko’p azot to’playdigan o’simlik bo’lgani uchun keyin ekiladigan o’simliklarning hosiliga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Jaydari no’xatdan tashqari ba’zan (pelyushka) P. arvense turi ham ekiladi, uning gullari odatda olachipor bo’lib, binafsha yoki qizil yelkan chiqaradi, urug’lari kul rang qong’ir bo’ladi (P. Sativumning oq, sariq yoki yashil urug’’lari o’xshamasdan). Bu no’xat ovqatda ishlatilishidan ko’ra ko’prroq yem-xashak qilib mollarga beriladi. Ovqatda ishlatiladigan qimmatli o’simliklarning biri yasmiq ya’ni (Ervum Lens)dir. Loviya (phaseolus vulgaris) ning bir qancha navlari bor, ular urug’’larining katta-kichikligi, tezpisharligi bilan ham ayralib turadi va quruqlikka chidamliligi, shakli va rangi bilan ham. Loviya ko’pincha janubiy rayonlarda ekiladi shimolda havoning nam va salqin bo’lishi loviyaning o’sishiga to’sqinlik qiladi.
Burchoqdoshlar oilasining ba'zi bir turkum vakillarini aniqlashda changchilarning tuzilishi muhim ahamiyatga ega, Sofora, afsonak turkum vakillarida barcha 10 ta changchi erkin. Boshqa turkum vakillarida esa hamma 10 changchilar, chang ipi qo’shilib, naycha hosil qiladi (Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida).
Oilachaning ko’pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo’shilib, naycha hosil qiladi, bittasi erkin holda bo’ladi (no’xat, beda, sebarga va boshqalar).

Yüklə 13,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə