Mavzu: burchoqdoshlar oilasi reja burchoqdoshlar oilasining tavsifi Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar


Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar



Yüklə 13,38 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü13,38 Kb.
#180986
1   2
BURCHOQDOSHLAR

Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar
Sezalpinlar kenja oilasi. Bu kenja oila vakillarining guli noto’g’ri, gulqo’rg’oni 5 a’zoli, changchisi 10 ta bo’lib, erkin holda. Oila tarkibida 100 dan ortiq turkum bor.
Gledichiya (Gleditshia) turkumi. Bargi qo’shpatsimon murakkab. Gullari bir jinsli, aktinomorf, mayda, ko’kish, barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqsimon to’pgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi ma’lum.
Tikanli gledichiya (Gleditsia triacanthos L.) bo’yi 25- 30 m ga, diametri 0, 7 m ga yetadigan katta daraxt. II. 1. 1-rasm. Gledichiya may oyida gullaydi. Gullari kichik shingilsimon to’pgul hosil qiladi. Ular mayda, tukli, gulqo’rg’oni yashil rangda, xushbo’y, nektarli bo’ladi. Ikki jinsli, ba’zan bir jinsli bo’ladi. Dukkagining bo’yi50 sm, ga, eni 3-4 sm ga yetadi, yetilish oldidan to’q jigarrangga kiradi. Mevasining eti mazali, tarkibida fitonsid moddasi bor. Dukkagining ichida loviyasimon uruglari bo’ladi. Urug’i endospermasiz. Po’sti juda qalin va qattiq bo’lib, urug’ning tez unib chiqishiga to’sqinlik qiladi.
Astragal (Astragalus)–burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Astragal oʻt, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turibor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon toʻpgulda joylashgan. Mevasi –dukkak. Oʻrta Osiyoda 592 va Oʻzbekistonda 250 turi oʻsadi. Talayginasi (noʻxatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Kopetdogʻ va Turkmanistonda oʻsadigan astragaldan (Astargal piletocladus, Astragal turcmenorum) tibbiyotda, qandolat sanoatida va texnikada qoʻllaniladigan, suvda erimay, faqat boʻkadigan tragakant yelimi olinadi.
No‘xat–burchoqdoshlaroilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda no‘xatning 11 navi yetishtiriladi. Noʻxat (Cicer)—burchoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dukkakli don ekini. 30 dan ortiq, asosan, koʻp yillik turlari Yevrosiyo, Shimoliy va Sharqiy Afrikada uchraydi. Juda qadimdan bir yillik madaniy turi (Cicer arietinum) Hindiston, Italiya, Ukraina janubi, Zakavkazye, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Turkiya va Eronda ekiladi. Madaniy no‘xatning ildizi —oʻq ildiz (100—150 sm).
No‘xat bugʻdoy va gʻoʻza uchun yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xatildizlari 50–70 kg sofmodda hisobida azot toʻplaydi. No‘xat Oʻzbekistonning lalmi yerlarida 6—8 s/ga, sugʻoriladigan yerlarda 2232 s/ga hosil beradi. Oʻzbekistonda Zimistoniy, Lazzat, Oʻzbekiston32, Yudduz navlari ekiladi.Loviya (Phaseolus)—burchoqdoshlaroilasiga mansub biryillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Jahon dehqonchiligida Loviyaning oddiy Loviyaning (P. vulgaris) turi (vatani —Markaziy va Janubiy Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli loviya, lima loviyasi, ingichka bargli loviya, osiyo loviyasi, adzuki loviya, guruchsimon loviya va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida loviya ekiladigan maydonlar 22 mln.ga (1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi.
Oʻzbekistonda qadimdan oddiy loviya ekiladi. Ildizi —oʻq ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5–2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi oʻtsimon, shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3–4 m gacha yetadi. Bargi murakkab, toq, patsimon, uch boʻlakli. Guli ikki jinsli, barg qoʻltiqlarida bittadan yoki shingil toʻplam hosil qilib joylashadi. Mevasi dukkak, rangi och pushti yoki toʻq jigarrang , kora.
O‘zbekistonda yer yong‘oq sug‘oriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20-40 s/ga. Mevasi tarkibida 48-66% yog‘, 23-38% oqsil va 22% gacha uglevodlar bor. Urug‘i va yog‘i qandolatchilikda ishlatiladi. Yog‘i qurimaydigan yog‘larga kiradi, sifati jihatidan zaytun yog‘iga tenglashadi. Poyasi, bargi chorva va hayvonlari uchun yaxshi oziqa. Yer yong‘oq tuproqda biologik azot to‘plab, tuproq unumdorligini oshiradi. 2-3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda (aprel oxirida) tuproq harorati 14-15° ga ko‘tarilganda ekiladi. Fosforli va azotli o‘g‘itlarga talabchan. Gektariga 70-100 kg urug‘lik sarflanadi. O‘sish davrida 4-6 marotaba sug‘oriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, o‘suv davrida 2-3 marta chopiq qilinadi, ildiz bo‘g‘zi tuproq bilan ko‘milsa,hosildorlik ancha oshadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda yer yong‘oqning 4 navi yetishtiriladi. Soʻya (Glycine)—burchoqdoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Jan. Sharqiy Osiyoning nam tropik va subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq Sharqda uchraydi. Vatani —Xitoy. Soya juda qadimdan ekiladigan ekin. Mil. av. 5ming yillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, RF, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha Soya ekin mayd. 73,6 mln. ga, oʻrtacha don hosildorligi 22,1 s/ ga (2000): Oʻzbekistonda 20-a. ning 60y. laridan keng tarqala boshladi. Oddiy Soya (Glycine max) turining ildizi yaxshi rivojlangan, oʻq ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi).
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 13,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə