Toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə9/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

1.7- rasm. p-n o’tishning volt- amper xarakteristikasi


1.7-rasmda tashqi manba kuchlanishiga qarab diffuziya tokining o’zgarish grafigi tasvirlangan. Uni p-n o’tishning volt-amper xarakteristikasi deb ataladi (Unda tok o’qining darajalanishi bir xil emas. Teskari tok o’qining darajalanish qiymati bir necha marta kattalashtirilgan. Chunki to’g’ri tok mA da, teskari tok esa, μA da o’lchanadi). Demak, p-n-o’tish tokni bir tomonga afzal o’tkazish -ventil xususiyatga ega.

II BOB. YARIM O’TKAZGICH MATERIALLARINING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK XUSUSIYATLARI

Yarim o’tkazgichlar o’zida kristall ko’rinishni namoyon etib, bu kristallni ko’p qaytariladigan bir xil turli elementar yacheykalarga ajratish mumkin. Yarim o’tkazgich materiallaridan qurilmalar yasashda, faqatgina monokristallardan foydalaniladi (ideal regulyar panjaraga ega bo’lgan), bu maqsadda polikristallar to’g’ri kelmaydi.


Kremniy moddasining (Si) kristall panjarasi tetraedrik yoki olmos shaklidagi panjara deb nomlanadi. Bu turdagi kristall panjara germaniy (Ge) va barcha 4 valentli elementlar uchun xarakterli hisoblanadi. Bunday kristall panjaraning asosida fazoviy ko’rinishga ega bo’lgan – tetraedr joylashgan bo’ladi, va uning markazi va burchaklarida atomlar joylashgan bo’ladi (2.1-rasm).



2.1.a- rasm. Kremniy materialining kristall panjaraning ko’rinishi

Tetraedr tizimning xarakterli tomoni shundan iborat bo’ladiki, markazda joylashgan atom 4 ta burchaklarda joylashgan atomlardan bir xil masofada joylashgan bo’ladi. Har bir burchakda joylashgan atom o’z navbatida qolgan 4 ta burchakdagi atom uchun markaziy atom bo’lib xizmat qiladi. Bir nechta tetraedrlarning yig’indisi kubik shakldagi elementar yacheykani hosil qiladi (2.1, b-rasm), va uning tomonining o’lchami taxminan 0,5 nm ga (panjaraning doimiysi) teng bo’ladi.





2.1.b- rasm. Kremniy materialining kristall panjaraning ko’rinishi

Ko’rilayotgan kristall panjarada atomlarning bir biri bilan bog’lanishi spesifik almashinish kuchlarning mavjudligi bilan o’rnatiladi, va ular valent elektronlarining juftlik ko’rinishida birlashganligi natijasida hosil bo’ladilar. Bu kuchlar 2.2-rasmda bir biriga qaratilgan o’qlar bilan ko’rsatilgan.






Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə