Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

yetmagan bolalar
huquqbuzarligini bartaraf etishga e`tibor qaratish 
o`rniga, ushbu tashkilot jinoyatlarga yo`l qo`ymaslik uchun sog`lom va baxtli 
bolalarga ega bo`lish ustida ishlamoqda. 
Hindiston 
Hindistonda ham voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan 
jinoyatlarni oldini olish davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda 


64 
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish huquqiy aktlar, hukumat 
dasturlari, amaliy tadbirlar bilan tartibga solib kelinadi
47

Hindistonda balog'atga etmagan shaxslar huquqbuzarliklarini oldini 
olishning eng samarali va birlamchi usuli sifatida ota-onalar, ularning o’rnini 
bosuvchi shaxslar yoki bolani vasiylikka olgan muassasalarga maslaxat berish, 
yo’l-yo’riq ko’rsatish ekanligi ko’rsatilgan. 
Shuningdek, mazkur davlatda jinoyatchilik dinamikasi ortishiga ta’sir 
etuvchi turli omillar, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha kompleks 
yondashuvlar ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir 
etishini oldini olish, ta’lim-tarbiya ishlari, ruhiy-psixologik davolash, oila 
a’zolariga maslaxatlar berish, ularni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish kabilarni 
nazarda tutadi
48

Hindistonda voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashish 
dasturlari ikkita turga bo’lingan bo’lib, ular: 
– individual dastur – bunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi 
kurashish ta’lim, maslaxat va psixoterapiya orqali amalga oshiriladi
– atrof-muhit dasturi - ekologiya dasturining maqsadi voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligi sonining ortishi bir daraja ular yashayotgan tabiiy muhit bilan 
bo’g’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra hukumat tomonidan mazkur 
yo’nalishda ishlab chiqiladigan dasturlar yoshlarning tabiatga nisbatan ijobiy 
munosabatini rag’batlantirishni nazarda tutadi. 
Ushbu ikki xil profilaktik yondashuv mavjud jinoyatchilikning oldini olish 
maqsadida qabul qilingan quyidagi strategiyalar bilan mazmunan bog’liq holda 
amal oshiriladi. 

klinik-psixiatrik dasturlar; 

ta'lim va amaliyot dasturlari; 

ruhiy gigiena;
47
International Centre for Prevention of Crime, Urban Crime Prevention and Youth at Risk: Compendium of 
promising strategies and programs from around the world, Montreal, 2005. 
www.wikipedia.org/Crime_prevention
  
48
National crime records Bureau. 
www.ncrb.gov.in/StatPublications//CII2016/Crime_in_India
 


65 

ota-ona ta'limi; 

dam olish dasturlari; 

oila atmosferasi kabi dasturlarni nazarda tutadi
49

Hindistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda 
barcha darajadagi davlat organlari, muassasalar, manfaatdor tomonlar mazkur 
sohadagi hamkorlik aloqalarini to’liq o’rnatishlari kerakligi, faoliyat natijalarini 
muntazam ravishda muvofiqlashtirib borishlari muhim ahamiyatga ega ekanligi 
aytilgan. Shuningdek, bolalar uchun dam olish dasturlarini to’g’ri tashkil 
qilish,ularning bo'sh vaqtini samarali faoliyatga yo’naltirishni nazarda tutadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə